Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
112
Ammo xoslar ro‘zasiki, hamma noshoyista ishlardan o‘zini to‘xtatmoqdur.
Bilgilki, ro‘za olti holat birla tugal bo‘lur: Avval o‘zini Haq taolo yodidan o‘zga
mashg‘ulotlardan saklag‘ay, alal xusus nafsning xohishi paydo bo‘lur nimarsalardai
yiroq bo‘lg‘ay.
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki: «Ko‘zning nazari iblisning paykon
(o‘q)laridan bir o‘qdurki, zahar birla sug‘orilgan kishi Haq taolodan qo‘rqib, bu
nav’i
ishlardan hazar qilsa, Haq taolo uning diliga iymon xil’atin (libosin) kiydirur».
Anas ibn Molik raziyyallohu anhu rasuli akram s.a.v.dan rivoyat qilur:
«Besh nimarsa
ro‘zani sindirur: g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamoq, suxanchinlik qimyuq (gap taishmoq),
yolg‘on ont ichmoq va shahvat nazari birla nomahramga qaramoq».
Ikkinchi
holat ulki, tilni bexuda so‘zlardan asramoq va Qur’on o‘qimoqg‘a
mashg‘ul bo‘lg‘ay. Ortiqcha munozara xam behuda ishlar jumlasidandurki,
ziyonkordur. Ammo g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamak. ba’zi ulamolar nazdida
avomning ro‘zasini botil qilur. Xabarda kelibdurkim. ikki xotin ro‘za tutub erdi, tashna
va ochlikdin xalok bo‘lurga yetdilar. Rasuli akram s.a.v.din ijozat tiladilarki, ro‘zalarin
sindurg‘aylar.
Rasulloh s.a.v.
bir kosa berdilar, buyurdilarkim, xar ikkisi muni ichiga qayt qilsun.
Xotunlar kosaga qayt qildilar, ularning og‘zilaridan bir pora ivigan qon tushdi.
Xaloyiq taajjubga qoldi. Rasuli akram s.a.v. aytdilarki, ikki xotun Haq taolo halol
qilg‘on nimarsalardan o‘zlarini to‘xtatib, ro‘za tuttilar. Harom qilg‘on
nimarsa bilan
og‘iz ochtilar, g‘iybatga mashg‘ul bo‘ldilar. Og‘izlaridan tushgan qon, xalqning
go‘shtidur (g‘iybatdir).
Uchinchi holat quloqni noshoyista so‘zlardin saqlamoq. Har so‘zkim demakka
xo‘b ermas, eshitmakka ham yaramas.
Bas, ma’siyat (gunoh) g‘iybat, yolg‘on, mundan o‘zga ham, eshitguvchi va
deguvchi gunohda sherikdur.
To‘rtinchi holat ulki, qo‘l va oyoq hamma a’zolarini noshoyista ishlardam tiymasa,
ul bemorning xoliga o‘xsharki, suvdan parxez qilg‘ay va zahar ichgayki, gunoh-
zahardur.
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, aksar ro‘zador bo‘lurkim. tashnalik va
ochlikdin o‘zga ularga hech nasiba bo‘lmas.
Beshinchi holat ulki, iftorda harom va shubhalik taom yemagay. Va halol, xolisni
xam ko‘p yemagay. Vaqtiki, kunduz qilur amallaridan bo‘shasa,
kechaning tadorikini
qilg‘ayki, ro‘zadan maqsad shahvat nafsoniyni kam qilmoqdur.
Ko‘p yemak birla shaxvat ziyoda bo‘lur. Alalxusus, alvon turluk taom jam’
qilmag‘ay. To me’da xoli bo‘lmaguncha, dil sof bo‘lmas. Balki sunnat uldurki,
kunduzi ko‘p uxlamagay, toki ochlikka ta’siri bo‘lmagay. Va kechalikda to‘la
yemagay. Va namozi tarovihni o‘tamay, uxlamagay.
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki,
Xudo taoloning nazdida haloldan bo‘lsa ham
to‘ygan (qappaygan) qorindan ortiq dushmanroq hech dushman yo‘qdir. Bas,
haromdan to‘lgan qorin egalarining holi nechuk bo‘lg‘usidir?
Oltinchi holat ulki, iftordan keyin tutgan ro‘zasining maqbulligini talab qilgay.
Va mardudliqdin (rad etilishidan) xavf va andisha qilgay.
Hasan Basriy rahmatullohi alayhiyd (xayit) kuni qavmni ko‘rdiki. o‘yin
va kulgiga
mashg‘ul edilar. Shayx Hasan aytdiki, Xudo taolo mohi ramazondin maydon yasabdur,
tokim bandalar maydonda qilg‘on amallarin o‘tkargaylar. Bas, ba’zilar amallarin
o‘tkaribdur va ba’zilar keyin qolibdur. Taajjub qilurman ul kishilarga ishlarining haqiqati
ma’lum bo‘lmay (turib) kulgaylar. Qasam Xudogaki, agar qilgan ishlarimiz yuzasyadan
pardani ko‘tarsalar, amali maqbul bo‘lg‘onlar shodliqga mashg‘ul bo‘lur erdi. Va mardudlar anda