Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
109
Haq taolo lutfu marhamat ilgi (qo‘li) birla ul sadaqani parvarish qilur, andog‘kim, Sizlar
chahorpoylaringni parvarish qilg‘onga o‘xshash. Toki bir xurmo chog‘lik sadaqa Uhud
tog‘idin necha barobar bo‘lg‘uncha.
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Qiyomat kuni har kishi o‘zining qilg‘on sadaqasi
soyasida o‘ltirur. Jannatiy jannatga va do‘zaxiy do‘zaxga hukm bo‘lg‘uncha. Rasul
alayhissalom aytibdurlar: «Sadaqa azobu uqubat eshiklaridin yetmish eshikni bog‘lar».
Sahobalar arz qildiki, «Yo rasulalloh, qaysi sadaqa fozilroqdur?» Rasuli sallallohu alayhi va
sallam aytdilar: «Tani sihatlikda, tiriklikdin umidi bor vaqtda bergaysen. Ul vaqtda sadaqa
ermasturkim jon xalqumga yetgan vaqtda, «bu -
faloniyga» degaysenkim, agir andog‘
demasang ham ularg‘a qolg‘usidir». Iso alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim soyilni
(gadoni) sadaqa bermasdan kYettizsa, yetti kun ul yerga farishta yo‘lamas».
Va rasul alayhissalom ikki ishni
qech bir kishiga qildurmay, o‘zlari qilur erdilar: biri
ulkim, sadaqani miskinlarga o‘z qo‘llari birla berur erdilar. Ikkinchisi - tahorat suvini
kechalikda o‘zlari quyub, sarpo‘shini yopib qo‘yar erdilar.
Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Kishikim, bir musulmonga kiyim kiydirsa, ul kiyimdin
pora qolg‘uncha (eskib tamom bo‘lg‘uncha) Haq taoloning hifzi himoyatiba bo‘lur».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu ayturlarkim, «Bir kishi yetmish
yil ibodat qilsa, ul kishidan
gunohi azim voqe’ bo‘lub, yetmish yilliq toat va ibodati habata bo‘ldi. Bu kishi soyilg‘a bir
girda non (kulcha non) berdi. Haq taolo Ani gunohini mag‘firat qilib,
yetmish yilliq
ibodatini qabul qildi».
Va Luqmon o‘g‘lig‘a aytur erdikim, «Har gunohe sendin voqe’ bo‘lsa, albatta sadaqa
bergaysen». Va Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bisyor shukr sadaqa berdi. Aytur
erdikim,
Haq tablo biladurkim, shukrni do‘st tutarmen. Haq taolo aytur:
«Lan tanolul birra hatta tunfiquu mimmo tuhibbuuna».
(Oli Imron, 92).
Oyatning tafsiri: hargiz yetmassizlar yaxshilik va najotga, to do‘st tutqon
molinglardin sadaqa bermaguncha.
Va Sha’biy ayturkim, (Alloh taolo rozi bo‘lsin ul zotdin) o‘zini sadaqaning savobiga
darvesh sadaqaga muhtoj bo‘lg‘ondin ziyodaroq
muhtoj tutmasa, sadaqasi qabul bo‘lmas.
Dostları ilə paylaş: