Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
117
hasana bitilur: Agar betahorat o‘qisa, o‘n hasana bitilur. Kechalikda namozda turub o‘qimoq 
fozilrokdur. Kechalikda dil forig‘ (hamma yomon xayollardin musaffo) bo‘lur». 
Ikkinchi odob ulki, ohista o‘qig‘ay. Taammulu tadbir qilg‘ay. Va tezda o‘qib tamom qilmoq 
qasdida bo‘lmag‘ay. Va ba’zilar tez shoshilib tilovat qilib, xdr kunda bir xatm qilibdur. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Kishi, Qur’onni uch kundan kamda xatm qilsa
Qur’onning lazzatini topmabdur». Ibn Abbos roziyallohu anhu ayturlarki, «Surai az-Zilzilat 
birla surai «al-Qori’atun»ni taammul va tadbir birla o‘qisam, surai «Baqara» birla, surai 
«Ol-i imron»ni shitob birla o‘qig‘ondan do‘stroq tutarman. 
Qazrati Oysha roziyallohu anho birovni ko‘rdikim, shitob birla o‘qiydur. Aytdilarkim, 
«Bu Kur’on o‘qigan emas va sukutda, ya’ni, xomush o‘lturg‘on ham emas. Va agar ajamiy 
bo‘lsa (arab bo‘lmasa) Qur’onning ma’nisini bilmasa, ohista o‘qimoq yaxshiroqdurkim, 
adabga rioya qilgan bo‘lur. 
Uchinchi odob yig‘lamoqliqdur. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, «Qur’on 
o‘qinglar va yig‘langlar. Agar yig‘lag‘unglar kelmasa takalluf birla yig‘langlar». Ibn Abbos 
roziyallohu anx.u ayturlarkim, «Oyati sajdaga yetsa, sajda qilmoqg‘a shitob qilg‘ay 
va yig‘lagay. Agar oshkor yig‘lay olmasanglar, ko‘nglinglarda yig‘langlar». Rasuli 
akram s.a.v. aytibdurlar: «Kur’on oxiratning g‘amu anduhini tortmoq uchun nozil bo‘lubdir. 
Vaqtiki Qur’on o‘qisanglar, o‘zing‘larni anduxdin keyingi kayfiyatda qilinglar. Kishikim, 
Qur’onning va’da va vaid (qo‘rqitish, tahdid etish)larini va farmonlarini taammul qilsalar. 
nochor g‘amgin bo‘lur. Magarkim, g‘aflat g‘olib bo‘lsa ham. 
To‘rtinchi odob ulki, har oyatning haqqini ado qilg‘ay. Rasuli akram s.a.v. (Qur’on 
o‘qisalar,) oyati azobg‘a yetsalar, (Allohdin) panoh tilar edilar. Va oyati rahmatga 
yetsalar, Duo talab qilur edilar. Va oyati tanzihaga (poklanish)ga yetsalar, tasbix 
aytur edilar. Va tilovati avvalida «A’uzu billohi minash-shaytonir rajiym» der edilar. 
Tilovatidan forig‘ bo‘lg‘onda bu duoni o‘qur erdilar: ; 
«Aiohummarhamniy bilqur’oni vaj’alahu li imoman va nuran va hudan va rahmatan. 
Ollohumma zakkirniy minhu mo nasiytu va allimniy minhu mo jahiltu varzuqniy 
tilovatahu ana-al-layli va atrofan-nahori vaj’alhu hujjatan li rabbil-olamiyn». 
Bu duoning ma’nisi ulkim, «Ey, bor Xudoyo! Raxm qilg‘il menga Kur’onning hurmati 
birla va imom qilg‘il ul Kur’onni menga va nuri rohi rostg‘a boshlag‘uvchi va rahmat 
qilg‘uchi. Ey, bor Xudoyo! Yodimga keltirgil Kur’on(dan) unutqonlarimni. bildirgil ul 
Kur’ondan bilmaganlarimni va ro‘ziy qilg‘il menga kecha va kunduzlarda tilovat 
qilchoqni va qilg‘il menga Qur’onni dalil va hujjat, yo rabbil olamiyn». (Oltinxon To‘ra 
tarjimasi). 
Vaqtiki, oyati sajdaga yetsa, avval takbir aytgay, andin sajda qilg‘ay. Namozdagi 
tariqa birla takbir va sajda kifoyat qilg‘ay. Tashahhud lozim emas. 
Beshinchi odob ulkim, agar o‘qig‘uchi ko‘ngliga riyo aralashuvi ehtimoli bo‘lsa va yo 
namozda turgan kishiga xalal berish ehtimoli bo‘lsa. ohista tilovat qilg‘ay. Xabarda 
kelibdurkim, Qur’onni ohista o‘qimoqning savobi jahr o‘qimoqdan ziyoda va fazlli, 
maxfiy sadaqani oshkoro sadaqadan ziyodaligiga o‘xshashdur. Agar riyodan emin 
bo‘lsa avlosi (yaxshisi) ulki, ovoz birla o‘qig‘ay, toki o‘zgalar ham nasiba olg‘aylar va 
savob topg‘aylar. Va Qur’ong‘a qarab o‘qimoqning xosiyati xo‘bdur. Aytibdurlar 
«Qur’onga boqib, bir tamom qilg‘on, Yetti marotaba yod o‘qub tamom qilg‘on birla 
barobardur». 
Misrning faqihlaridan biri (bir kuni) hazrati Imom Shofiyning qoshlarig‘a kelib 
ko‘rdiki, Imom Shofiy oldida Mushaf (Qur’on) qo‘yug‘luq va o‘zlari sajdada 
turubdurlar. 
Aytdilarki, «Yo, imom! Mas’alaga mashg‘ulluq qilmoq Qur’on o‘qimoqg‘a moni’ 
bo‘lmasmi?» Imom aytdiki, «Namozi xuftanni ado qilib, Qur’onni qo‘limg‘a olurman. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin