Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
119
lafzini qog‘ozga bitmak birla hech zarar bo‘lmas. Chunonchi xar badanning ruhi 
bordur. Bas, Kalomullohning huruflari badanga o‘xshashdur. Bas, har badanning 
sharofati ruhning sababidandur. Va oyati Qur’onning huruf va kalimati va sharofati 
ham ma’noiyi qadimiy, ya’ni Ruhdur. Bilgilki, Kalomullohning hamma haqiqatini 
bu kitobda zikr , qilmoq mumkin ermas. 
Ikkinchi odob ulki, Qur’on o‘qimoqdin ilgari Haq taoloning jalolati va azimatini 
ko‘ngilda hozir tutg‘aykim, •. Qur’on Haq taoloning kalomidur. Va bilgaykim, kimning 
so‘zini o‘qiydur. Qo‘rquv va adab birla o‘turg‘ay. Haq taolo kalomi majidda xabar 
berur: 
«Lo yamassuhu illa-l-mutahharuna». 
Mazmuni: Uni faqat tahoratli pok kishilargina ushlarlar. (Voqea, 79). 
Chunonchi (zohiri) ilm shulki, Mushafni (Qur’onni) betahorat odam ushlashi durust emas. 
Bas, Qur’onning matni haqiqati andoq ko‘ngilda barqaror bo‘lurki, axloqi zamima (yomon 
xulqlar) najosatidan pok bo‘lg‘ay. Ta’zimu tavqir (izzatu viqor) nuri birla orasta 
bo‘lg‘ay. Va Ikrima roziyallohu anhu vaqtiki Mushafni qo‘lga olsalar, tamom badaniga 
larza tushar edi va aytur edi: 
- Huva kalomi robbiy, ya’ni, ul parvardigorimning kalomidur. 
Va hech kishi Qur’onning azimatini to‘lig‘icha bilmas. Qur’on ma’nolarini bilmaguncha, to 
Alloh taoloning sifot va af’ollaridan andesha qilmaguncha Haq taoloning azimatini 
dilda hosil qilmas. Chunonchi, Arsh, Kursi, yetti qavat osmonu, yetti qavat zamin, bular 
ichida hamma mavjudotlar, farishtalar, odamlar, jinlar va hayvonot va qashorot va 
jamod (jonsiz tabiat - tosh, ma’dan kabilar) va nabotot (barcha o‘simliklar, giyohlar) va 
asnofi xaloyiqni (turli xilqatlarni) ko‘ngliga kelturib, bilgaykim, Qur’on Ul z<1 gi vojibul 
vujudning kalomidur, bu hamma maxluqotlar aning qudrati qabzasidadur... Va kamoli 
qudratiga hech nuqson bo‘lmas va hammani ofarida qilg‘uvchi, yaratguvchi uldur. Bas, bu 
tariqada andesha qilsa, Haqtaoloning azimatidin ogoxlik bir qadar dilida qozir bo‘lur. 
Uchinchi odob ulki, Qur’on tilovat qilurda dilini toza qilg‘ay. Va g‘aflatga yo‘l bermagay. 
Tilida Qur’on o‘qub, ko‘nglida bo‘lak narsani xayol qilmagay. G’aflat birla o‘qig‘onni 
o‘qimagan qatorida bilgay. Yana qayta o‘qig‘ay. 
G’aflat birla o‘qig‘an anga o‘xsharkim. birov bog‘ tomoshasiga borgay. tag‘oful 
(beparvo, g‘ofillik.) birla aning ajoyiblarini ko‘rmay chiqqay. Qur’on mo‘minlarning 
tomoshagohidir. Aningda ajoyib hikmatlar bordurkim, aning ajoyib hikmatlarig‘a 
taammul (fikr, andesha) qilsa, andin o‘zga hech nimarsaga nazar qilmas. Agar kishi 
Qur’onning ma’nolarini bilmasa, qar ikki dunyodan bexabardir. Va lekin bo‘lg‘aykim, 
Qur’onning ulug‘ligini dilida hozir tutg‘ay. Parokanda birla andesha qilmag‘ay (Xayoli 
xar yoqqa sochilmagay). 
To‘rtinchi odob ulki, har oyatki o‘qiydur, taammul birla ma’nosini fahm qilib o‘qig‘ay. Va 
betaammulni ioda (qayta-'qayta) chuqur mulohaza bilan o‘qig‘aykim, ko‘p o‘qig‘ondin 
bu yaxshirog‘dur. 
Abu Zar G’iforiy roziyallohu anhu ayturkim, Rasul alayhissalom bir kecha tong 
otquncha namozda turdilar, bu bir oyatni ioda qilib o‘qidilar: 
«In tuazzibhum fa innahum iboduka». 
Oyatning mazmuni: «Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandalaringdir (Alouddin Mansur 
tarjimasi). (Moida, 118). 
To yigirma marotaba ioda (qayta) o‘qidilar. Va Sa’ad ibn Jubayr roziyallohu anhu bir 
kecha bu oyatni qiroat qilib, namoz o‘qidi: 
«Vamtozul yavma ayyuhal mujrimuna». 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin