www.ziyouz.com кутубхонаси
122
orasida tirilganlarga o‘xshashdur. Va quruq giyohlar orasida sabzag‘a o‘xshashdur. Va g‘azotdan qochganlar orasidan qaytib turub g‘azot qilg‘on yigitga o‘xshashdur». Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytur: «Qiyomat kuni ahli jannat hech nimarsaga
hasrat tortmaslar. Magar bir soatkim bu olamda Haq taolog‘a zikr etmay o‘tubdur,
aning uchun hasrat tortarlar».
Haqiqatan zikrning darajalari bordur.
Avvalgi daraja ulki, zikr faqat tilda aytilur. G’ofil bo‘lib, dilga asari za’if bo‘lur va
lekin asardin xoli ham bo‘lmas. Bas, Haqtaoloning zikri ila mashg‘ul bo‘lgan tilning
darajasi behuda so‘zga mashg‘ul bo‘lgan va sukutdagi, ya’ni xomush turgan tildan
ziyodadur.
Ikkinchi daraja ulkim, zikr dilda ham aytilur va lekin dilda mutammakkin (muqim) va
barqaror bo‘lmas. Ammo takalluf birla dilni zikrg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur. Toki jaxd va
takalluf qilmag‘uncha dil g‘aflat va nafs xayoliga mashg‘ul bo‘lg‘usidir.
Uchinchi daraja ulki, zikr dilda barqaror va mustavliy (sobit) bo‘lur, andog‘kim,
takalluf birla dilni yana bir ishg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur.
To‘rtinchi daraja ulki, Haq taolo dilg‘a doimiy barqaror va mutammakkin bo‘lur.
Zikrg‘a o‘rin qolmas. Va mazkuri Haq subhonahu va taolodur.
Bas, Mazkurni (zikr etiluvchi Haqtaoloni) do‘st tutish bilan zikrni do‘st tutish orasida
chandon tafovut bordir. Balki kamol uldurki, Mazkurga mashg‘ul bo‘lmoq birla zikr
ko‘ngildan tamoman bartaraf bo‘lg‘ay.
Zikr arabiy yo forsiy bo‘lur. Har ikkisi xayoli nafsidan xoli bo‘lmas. Va asli zikr uldurki,
dil forsiy va arabiydan, balki hamma nimarsadan xoli bo‘lg‘ay Mazkur va matlubdin
o‘zga hech nimarsa dilga sig‘magaykim, muhabbati mufrit (juda jo‘shqin ishq)ning
natijasi ushbudur, Ani ishq atalur. Va oshiqi sodiq ma’shug‘idan o‘zga hamma
nimarsani, balki ma’shuqining ismini ham unutar. Chunonchi, amir Navoiy shu
mazmunni bu baytda ado qilibdurlar (tarjimon izohi): Chu bo‘ldum ishq aro foniy hadisin so‘rmangiz mendan, Ki qolmas zikri zokir, bo‘lsa mazkurida mustahlak. («Navodur-ush
shabob»dan.)
Vaqtiki, oshiq bu tariqa mustag‘raq (g‘arq) bo‘lib, Haq taolodan o‘zgani unutsa,
tasavvuf (so‘fiylik) yo‘lining avvalig‘a yetganidur. Bu holatni so‘fiylar tasavvuf avvali atarlar
va martabai fano derlar. Ya’ni, solik bu martabada o‘zini va Haq taoloning zikrini unutar.
Chunonchi, Haq taoloning chandon olami bordurki, bizlar aningdan hech xabarimiz
yo‘qtur.
Abadiy olamni ba’zilar «yo‘q» demagining sababi bor, charoki ular ul olamdan ogoh
emaslar. O’zlari bilgan olamni bilurlar. Bas, odam Haq taolodan o‘zga xamma
nimarsani, balki o‘zini ham unutsa, osmonu zamin, har nimag‘a qarag‘anda Haq
taolodan o‘zga hech narsani ko‘rmas. Bu vaqti ayturki, Hamma Udir, ya’ni Haq
taolodan o‘zga hech ma’bud yo‘qtur. Vaqtiki bu martabaga yetsa, Haq taolo bilan
solikning orasidagi ikkilik ketar va yagonalik hosil bo‘lur. Va bu martaba tavhid olamidur.
Vaxdoniyatning avvalidur. Ya’ni ikkilik oradan ketar. Haqtaolodan yiroq va yaqinliqdan
ogoh bo‘lmas. Judolikni ul kishi bilurkim. ikkilik orada bo‘lsa. Foniy esa o‘zidan
xabarsizdur. Va Xdq taolodan o‘zga hech nimani tanimas. Bas, judolikni na bilgusidir?
Vaqtiki, inson bu darajaga yetsa, malakut (farishtalar) olami anga kashf bo‘lur.
Payg‘ambarlar arvohlari va farishtalar yaxshi suratlar birla anga ko‘rinurlar. Va hazrati
Ilohiyatga yaqinlik paydo bo‘lur. Ahvoli aziym paydo bo‘lurki, hech bir iboratg‘a (so‘zg‘a)
sig‘mas. Vaqtiki, bu inson o‘ziga kelib, olam ishlaridin ogohbo‘lsa, ul holatning shavqi
g‘olib bo‘lib, dunyo ichidagi hamma narsa va xaloyiqning qilur ishlari anga noxush
ko‘rinur. Dunyo ishlarig‘a mashg‘ul bo‘lg‘ondin taajjub qilur va xaloyiq bu davlatdan
maqrum qolg‘oniga marhamat nazari birla qarar.