TO’QQIZINCHI ASL
Zikr aytmoq bayonida
Bilgilki. hamma ibodatning mag‘zi Haq taoloni zikr etmoqdur. Chunonchi, aytibdurlar:
«Musulmonchiliqning ustuni namozdur». Namozdan maksud Haq taoloni zikr etmoqdur.
'
«Innas-salota tanho anil fahshoi val munkari vala- « zikrullohi akbar».
Oyatning ma’nosi shulki, «Haqiqatan namoz gunoh va zalolatdan
to‘xtatquvchidir. Har holda Olloh taoloni zikr ' etmoqning savobi hammadan
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
121
ulug‘roqdir». (Ankabut, 45).
Bas, Qur’on o‘qimoq hamma ibodatning fozilrog‘idur. Bu sababdanki, Haq
taoloning kalomidur. Har oyatki,Qur’onda bor, Haq taoloning zikrini toza qilmoq
uchundir, bas, ro‘za tutmoqdan maqsad shahvati nafsoniyni sindurmoq va zahmati
shahvoniydan xalos bo‘lmoqkim, dil sof bo‘lib, Haqtaoloning zikrig‘a qarorgoh bo‘lg‘ay.
Va hajdan maqsad Xudo taoloning uyini ziyorat qilmoq va uy egasini zikr etmoqdur.
Bas, hamma ibodatning sar mag‘zi zikr etmoq, balki musulmonchiliqning hamma
mas’alalarining asli kalimasi «Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh»durkim, bu
kalima ayni zikrdir. Va o‘zga ibodatlar bu zikrning ta’kididur.
Bas, zikr qilg‘uvchining samari-natijasi Haq taoloni zikr qilmog‘idur. Kalomi
majidda xabar berur:
«Fazkuruniy, azkurukum».
Ya’ni, mani yod qilinglar, men ham sizlarni yod qilgumdir. (Baqara, 152).
Bas, aksar ahvolda, ko‘proq zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, Haq taoloni ko‘proq
zikr etguvchilar azizlardur, Qavluhu taolo:
«Vazkurulloha kasiran laallakum tuflihun»
Oyat tafsiri ulki, agar najotliq umidin tutsanglar, Alloh taoloni ko‘p eslanglar. Shoyadki
najot topursiz. (Anfol, 45).
Bas, najotliq topmoqning kalidi zikrdurkim, ko‘p holda zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay.
Qavluhu taolo:
«Allaziyna yazkurunalloha qiyoman va quudan va ala junubihim».
Oyatning tafsiri ulki: «Ul toifalarki Alloh taoloni tik turgan holda va o‘tirganda ham,
yotgan vaqtda ham eslaydilar». (Oli Imron, 191).
Har bir holatda ham Allohdan g‘ofil bo‘lmaydilar. Va yana Haq taolo xabar
berurki:
«Vazkur rabbaka fi nafsika tazarru’an va xiyfatan. Va duunal bahri minal qavli
bilg‘uduvvi val osoli va lo takun minal g‘ofiliyn».
Oyatning tafsiri ulki, parvardigoringlarni yod qilinglar, zoriy va qo‘rqinch birla erta va
oqshom, hech g‘ofillardin bo‘lmanglar. (A’rof, 205).
Rasuli akram s.a.v.dan so‘radilarki, qaysi ish xo‘broqdur? Rasul alayhissalom aytdilar:
«Umringning oxiri nafasida bo‘lsa ham zaboning Haq taoloning zikri birla xo‘b bo‘lg‘ay».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ogoh qilay sizlarni hamma amallaringizning
yaxshirog‘i va maqbulrog‘idan. Podshohi alal itloq jalla jaloluhu nazarida hamma
darajalarning balandrog‘i, oltin-kumush sadaqa qilg‘ondan xo‘brog‘i va kofirlar birla
g‘azot qilg‘ondan afzalrog‘i bo‘lgan amaldan».
Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasululloh! Ul qaysi amaldur?» Hazrati rasululloh
aytdilar: «Haq taoloni zikr etmokdur. Inson Alloh deb, boshqa so‘z qo‘shmay, duo
va tilaklarga fursat topmasa ham, ul kishig‘a Haq taoloning atosi duo va talab
qilg‘on kishidan ziyodadur».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’ofillar orasida Haq taologa zikr aytg‘uvchi, o‘liklar
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |