www.ziyouz.com кутубхонаси
129
Vaqtiki odamning g‘azabi kelsa bu duoni o‘qigay:
«Ollohummag‘firliy zunubiy va azhib g‘ayza qalbiy va ajirniy min ash shaytonir-rajiym». Ya’ni, Ey bor Xudoyo! Mag‘firat qilg‘il mani gunohimni va chiqarg‘il ko‘ngildan g‘azabni va
xalos qilqil mani shayton rajiym sharridan.
Vaqtiki qo‘rqinch vaqtda bu duoni o‘qig‘ay:
«Ollohumma ana auzubika min fujurihim va auzubika min sharrihim». Ey, bori Xudoyo! Sig‘inurman, sening lutfu karamingga ularning tabohi (buzuq) va
yolg‘on ishlaridan va panoh tilayman sening rahmating birla ularning yomonliklaridan.
Vaqtiki bir uzni (a’zosi) og‘risa, qo‘lini ul og‘rigan yerga qo‘yib, uch marotaba bismilloh
degay va yetti marta bu duoni o‘qig‘ay:
«Auzu billohi va qudrata min sharri mo ajada va mo ijozi». Ya’ni, Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman lutf va qudrating panohini menga yetgan ranj va
alam jarohati va sitamidan.
Vaqtiki kishiga g‘am-anduh yetsa bu duoni o‘qig‘ay:
«Lo iloha illallohul-o’liyul-aziym, lo iloha illallohu rabbul-arshil-aziym, lo iloha illallohu rabbis- samovotis-sab’i va rabbul-arshil-karim». Yo‘qdur, Xudodan boshqa hech (topinishga) sazovor zot, faqat Alloh taolo hammadan
baland va ulug‘dur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa sig‘inishga sazovor zot, faqat Alloh taolo,
Arshning parvardigoridur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa ibodatga sazovor, faqat Alloh taoloki,
yetti osmon Arshi, buyuklik va yuksaklik podshohidur.
Vaqtiki bir tashvishga giriftor bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:
«Ey, bor Xudoyo! Man bandangdurman. Otam va onam sening bandangdur. Ixtiyorim
jilovi qudrating qo‘l ostidadur. Hukm va farmoningni tutquvchi, qazo va irodatingga
bo‘yunsinguvchidurman. Talab qilurman sendan hamma ismlaring hurmati birla, atabsan ul
ismlar birla o‘z nafsingni va nozil qilibsan ul ismlarni bandalaringg‘a yo ul ismni
g‘aybingda o‘zing bilursan. O’zgalar xabardor emasdur. Qur’onni ko‘nglumning bahori va
badanimning shifosi qilg‘aysan va siynamni nur maskani qilgaysan va mehnatim zangiga,
ham-anduhu kulfatimning g‘uborig‘a sayqal bergaysan». (Oltinxon to‘ra tafsiri). Vaqtiki uxlamoq uchun yotsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Parvardigoro, Sening isming birla
yonimni yerga qo‘ydim. Va Sening isming birla boshimni ko‘targayman. Bu nafsimni tamom
qilg‘uvchi va kamolig‘a yetkuruvchi sendirsan. O’ldirmoq va tirguzmak faqat seng‘a xosdur.
Bu olamda o‘zing hidoyat yo‘liga boshlagin va agar vafot qilsam, oxirat olamida mag‘firat
qilg‘il, ishni solih bandalaring qatorida ya’ni, imon birla, saqlagil».
Vaqtiki uyqudan bedor bo‘lsa, bu duoni o‘qigay: «Hamdu sano ul Xudogaki, bizlarni
o‘ldirgandan keyin tirgizuvchi va qiyomat kuni hamma mavjudotni tiriltirib jannat va
do‘zaxg‘a yuborg‘uvchi Haq subhonahu va taolodur. Va hamma mulk Alloh taolonikidur.
Ulug‘liq, podshohliq, izzat va qudrat Haq taoloning‘ xossasidur. Uyg‘oq bo‘ldim men
subh vaqtida islom birla va kalimai ixlos birla va hazrati Muhammad alayhissalomning
dini va hazrati Ibrohim halilulloh millati birla. Haqga moyilliq holatidaman va shirk
keltirguvchilardan emasman».