www.ziyouz.com кутубхонаси
132
yo zuljaloli val-ikrom». Andin keyin duoyi ma’suralarni (Qur’on va hadisdagi duolarni) o‘qigaykim,
du’vot kitoblarida mazkurdir. Vaqtiki duodan forig‘ bo‘lsa, tasbeq va tahlilga mashg‘ul
bo‘lg‘ay. Har birini yuz marotaba aytgay. Va o‘n zikrki, fazilati xabarda sanoqsiz,
kelibdur. Isnodini (roviylarini) zikr qilmoq uzoqg‘a tortadur. Avvalg‘i zikr: «Lo iloha
illallohu vaxdahu lo sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va huva
hayyun lo yamut bi yadihil-hayru va huva ala kulli shay’in qodir va ilayhil masiyr.
Ikkinchi zikr: «Lo iloha illallohu al-malikul haqqul-mubiyn».
Uchinchi zikr: «Subhonalloqi valhamdu lillahi va lo iloha illallohu vallohu Akbar, lo havla
va lo quvvata illo-billohil a’liyil-aziym».
To‘rtinchi zikr: «Subhonallohi va bihamdihi, subhonallohil-aziym ».
Beshinchi zikr: «Subbuhun quddusun, rabbuno va robbul-maloikati var-ruh».
Oltinchi zikr: «Astag‘firullohal-aziym, allaziy lo iloha illa xuva l-hayyul-qayyum va
atubi ilayh».
Yettinchi zikr: «Yo Hayyu, yo Qayyum, bi-rahmatika astag‘iysu va lo li kulli ila nafsi
tazqi’iyn va aslahu Soni’i kull».
Sakkizinchi zikr: «Ollohumma lo mone’a li mo a’tayta va lo mu’tiyali mo min’ata va lo
yanfau val-jaddi minkal-jad».
To‘qqizinchi zikr: «Ollohumma salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad».
O’ninchi zikr: «Bismillohillazi lo yazirru maa ismiqi shay’un fil-arzi va fis-samoi va xuva
as-Sami’ul-aliym».
Bu o‘n kalimaning har birini aqalli o‘n marotaba yo qudrati yetguncha o‘qigay. Har
birini fazilati va xosiyati o‘zga darajadur. Va har birida o‘zgacha uns va lazzati bordur.
Shundan keyin Qur’on o‘qimoqga mashg‘ul bo‘lg‘ay.
To‘liq Qur’onni yod bilmasa, «Oyatal Kursi» va «Omanar-rasul» va «Shahidallohu»,
«Quli llohumma molikul-mulk» va surai «Sabbaha» («Hadid»)ning avvalg‘i oyatlarini va
surai «Hashr»ning oxirgi oyatlarini o‘qigay. Va agar Qur’on, duo va zikrg‘a doir
nimarsalarni o‘qishni xoxlasa, hazrati Xizr alayhissalom hazrati Ibrohim Tamimiyga
ta’lim bergan duoni o‘qig‘aykim, fazilati bisyor va xosiyati beshumordur. Bu duolarni
isti’onati ashara (o‘n quvvat) va musabba’oti ashara (o‘n yettilik) atarlar: O’n duoki, har
birini yetti marotabadin o‘qig‘ay. Chunonchi, Surai Fotiha va «Qul a’uzu birabbil falaq» va
«Qul a’uzu birabin-nosi» va surai «Ixlos» («Qul huvallohu ahad»), surai «Qul yo ayyuhal
kofiruna» va «Oyatal Kursi» (bu oltisi Qur’ondadur). Va - to‘rttasi zikrdur.Chunonchi
«Subhonallohi valhamdulillohi va lo iloha illallohu vallohu akbar» va yana «Allohummag‘firliy
vali-volidayya val ustoziyya val-muslimiyna val-muslimot, val-mo‘miniyna val-mo‘‘minot al
axyai min hum val amvot innaka mujiybud da’avot, va rof’iu-d-darajot va munzilul
barakot -va qoziyul-hojot, birahmatika yo arhamar-rohimiyn».
Bu avrodning fazilati, martabasi hikoyati uzundurki, kitobi «Ihyo-ul ulum»da keltirdim.
Vaqtiki obid, bulardan forig‘ bo‘lsa, tafakkurg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, tafakkurning odobi
va tariqini kitob oxirida bayon qilg‘umdur. Ammo onchakim tafakkur qilmoq har kuni
lozim bo‘ladur. Ushbudurki, inson har kuni o‘limni yod qilg‘ay. Ajalni ancha yaqin bilg‘ayki,
intihosi kundin ziyoda umr ko‘rmakni tasavvur qilmag‘ay. Bu nav’i tafakkurning xosiyati
benihoyat ziyodadur.
Bas, xaloyiq tuli amal (orzu havas) birla dunyog‘a yuz keltirubdurlar. Va agar aniq
bilsalar erdiki, bir oy yo bir yil ichida vafot etgaylar, albatta dunyo ashg‘olidan yuz
o‘gurib, oxirat ishig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar. Bas, bir kunlik umrlari ma’lum emas, ammo
o‘n yilda vuqu’ga kelur ishlarini qilurlar. Chunonchi Haq subhonaxu va taolo xabar berur:
«Avalam yanzuru fi malakutis-samovoti val arzi va mo xalaqal-lohu min shay’in va an ‘asa an yakuna qod iqtaraba ajaluhum». (A’rof, 185).