www.ziyouz.com кутубхонаси
135
birla yotg‘ay. Va tavba qilg‘aykim, min ba’d (bundan keyin) gunoh qilmag‘ay. Va
vasiyatnoma bitib, taqyasi (yostig‘i) tagiga qo‘yib yotg‘ay. Va takalluf (hashamat,
bezak) birla uxlamagay. Qalin va yumshoq ko‘rpalar ustida yotmag‘aykim, uyqu
umrni zoye’ qilg‘uvchidur. Shunday bo‘lg‘ayki, bir kecha-kunduz sakkiz soatdan
ziyoda uxlamag‘ay, yigirma to‘rt soatning uch hissasidin bir hissasini bu tariqa lozim
tutgan kishi oltmish yil umr qo‘rsa, yigirma yillik umri uyquda zoye’ bo‘lur. Uxlar
vaqtda tahorat suvi birla misvokni boshida qo‘yib yotgay, vaqtiki yotar oldida bu
duoni o‘qigay:
Parvardigoro, sening ismi sharifingni yod qilmoq birla boshimni yerga qo‘ydim.
Va sening ismi sharifing birla (boshimni) ko‘targaymen.
Yuqorida mazkur bo‘lg‘on duoni o‘qig‘ay. «Oyatal Kursi», «Omanar rasul» va ikki
«Qul ‘auzu» va surai «Taborak»ni o‘qig‘ay. Kishikim, bu tariqa zikr va tahorat birla
uyquga borsa, to bedor bo‘lg‘uncha namoz o‘taganning savobini nomai a’moliga
biturlar. Va ruhini Arshg‘a yetkururlar.
Ammo uchunchi vird - tahajjuddurki, kechaning yarmi oxirida uyqudan bedor
bo‘lib, ikki rakaat va ba’zi rivoyatda o‘n ikki rakaat namoz o‘tagay, hamma
navofillardin (nafllardin) ortiqroqdur. Va bu vaqtda dil sof bo‘lur. Dunyo ishlaridan
forig‘ bo‘lur.
Va shabhezlik (tunda uyg‘onish) fazilatida xabarlar juda ko‘pdurki, kitobi «Ihyo-
ul ulum»da kelturdim. Hosili kalom ulki, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir
amalg‘a ta’yin qilg‘ay. Va hech vaqtni zoye’ o‘tkarmagay. Hamma kechani ushbu
tariqa birla o‘tkargay.
Vaqtiki, bu tariqa amal qilmoqdan o‘zini ranjur va malol ko‘rsa, bilgaykim,
odamiy bu olamda safardadur. Asli vatan oxiratdurki, safardagi kishi malomatdan xoli
bo‘lmas. Va lekin o‘zig‘a tasalli bergaykim, tez va yaqin fursatda asli vatanida rohat
va shodmon bo‘lg‘usidur. Bas, bu olamdagi umr oxiratdagi umri jovidong‘a nisbatan
nochiz va nobuddur. Kishikim, o‘n yillik rohati uchun bir yil mehnat tortsa ajab
ermas. Bas, yuz ming yil va balki rohati jovidona (abadiy rohat) uchun yuz yil
ranj chekmak ne ajab.