Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
143
FASL
Mehmonlar odobi bayonida 
Ammo mehmondorliqqa hozir bo‘lmoqning adabi uldurki sohibi xonani ko‘p intizor 
qilmag‘ay va juda oldin ham bormag‘ay. Vaqtiki borsa, sohibi xona ishorat qilg‘an yerda 
o‘ltirgay. Agar yana bir mehmon o‘zidan yuqoriga taklif qilsa, tavoze’ tariqin qo‘ldan 
bermagay. Va ayollar o‘ltirgan uyning ro‘parasida o‘ltirmagay. Va taom pishiradurg‘on 
yerga ko‘p qaramag‘ay. Va yonida o‘ltirg‘onlar bilan izzat-ikrom birla hol-ahvol 
so‘rashgay. Va agarul majlisda shariatdan tashqari ish bo‘lsa, ul yerdan chiqib ketgay. 
Ahmad Hanbal rahmatullohi alayh aytur: «Agar kumush surmadon bo‘lsa, ul 
majlisda o‘ltirmoqxo‘b emasdur». Vaqtiki, kechqurun bo‘lsa sohibi xonaga adab 
ulki, qiblani, xalo joyni mehmonga ko‘rsatg‘ay. 
Ammo taom qo‘ymoqning odobi uldurki, mehmonga tortiladigan taomni 
kechiktirmay, shoshilib, tezda bergayki, bu ham mehmonninghurmati jumlasidaidur. 
Vaqtiki, chaqirilgan mehmonlarning qo‘pchiligi kelgan bo‘lsayu, yana keladiganlari 
bo‘lsa, hozirlarning nasibasini bermak yaxshirokdur. (Ammo keladigan darvesh
kambag‘al bo‘lsa, uning hurmati uchun taom tortishni biroz kechiktirish 
xo‘broqdir). Hotam Asam rahmatullohi alayh aytur: «Shitob qilmoq 
shaytoniydur. 
Magar besh ishda shitob qshshoq rahmoniydur. Mehmong‘a taom bermoq va o‘likni dafn 
qilmoq va ojizani kuyovga bermoq, qarzni ado qilmoq va gunohdan tavba qilmoq». To‘y 
qilmoqda ham shoishlish sunnatdur, Ikkinchi odob ulki, mevani ilgari qo‘yg‘ay. 
Dasturxonni tarra (non bilan yeyiladigan ko‘kat)dan xoli qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, 
dasturxonda tarra bo‘lsa, farishtalar hozir bo‘lur. Kerakki, shirin va laziz taomni ilgari 
qo‘ygay, toki mehmonlar laziz taomni yeb qorin to‘yg‘azg‘aylar. (Ba’zilar mehmonlarni 
avval mazasiz taom bilan to‘ydirib qo‘yadi.) Taomni mexmon oldidan tez olmag‘ay. 
Uchinchi odob ulki, oz taomni mehmonni oldiga olib chiqmagayki, bemuruvvatlik 
bo‘lur. Va ko‘p ham olib chiqmag‘ayki, takabburlik va isrof bo‘lur. Agar bu niyat birla 
olib chiqsaki, mehmonning oldidan qaytgan taomning qiyomat kuni hisobi bo‘lmas, 
joizdur. Hazrati Ibrohim Adham raqmatullohi alayh taomni ko‘p olib chikdilar. Sufyon 
Suriy rahmatullohi alayh aytdilar: «Isrofdan qo‘rqmasmusan?» Ibroxim Adham 
aytdikim: «Taomda isrof yo‘kdur». Va bo‘lg‘aykim, avval kichik bolalar nasibasini 
keltirgay. Va mehmon ketayotganida dasturxondan zalla (ya’ni, biror taomni) o‘zi 
birla olib ketmog‘i ravo ermas. Bu, ba’zilar odatidur. Magar sohibi xona aniq ruxsat 
etsa, joizdur. Va yo aniq bilsaki, zalla (mehmondorchilik dasturxonidan taom) 
Oltandan sohibi xona xush bo‘lsa, bu suratda ham ravodur. Basharti olsa, kosadagi 
taomning hammasini olmagayki, haromdur. Agar zalla olish soxibi xonaga malol 
kelsa, haromdurki, o‘g‘irlab Oltondan muning farqi yo‘qdur. 
Ammo mehmondorlikaan ketmoq odobi-to sohibi xonadan ijozat tilamaguncha 
ketmagay. Mehmon uyidan chiqsa, sohibi xona yaxshi so‘zluk va ochiq chehralik 
birla uzatgay. Agar mehmondan biror kamchilik sodir bo‘lsa, bildirmagayki, yaxshi 
qiliq va yaxshi xo‘y chandon amallardan fozilroqdur. 
Hikoyatda kelibdurki, Junayd rahmatullohi alayhni bir go‘dak mehmondorlikka taklif 
qildi, go‘dakning otasining xabari yo‘q edi. Vaqtiki, go‘dak uyiga kirib ketdi
mehmonni esdan chiqardi. Fursate turib, Junayd rahmatullohi alayh uyga qaytdilar. 
Go‘dak uni yana chaqirtirdi. Ushbu tariqa to‘rt marotaba keltirib, to‘rt marotaba qaytardi. 
Va Junayd bu go‘dakning raddu qabulidan Haq taolo raddu qabulini mushohada qilur 
edilar. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin