Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
145
alayhim ajma’iyn xotinsiz bo‘lmoqni karohiyat bilur edilar. Hazrati Maoz roziyallohu
anhuni ikki xotinlari bor edi. Toun (vabo kasali)dan har ikki xotinlari vafot bo‘ldi.
Aytdi, menga darqol xotin olib beringlarkim, xotinsiz o‘lmagimni xoxlamasmen.
Ikkinchi savob ulki, hazrati rasuli akram s.a.v.ning sunnatlariga mutobiat qilg‘on
bo‘lur, tokim ummatning ko‘p bo‘lg‘onig‘a mubohat qilurlar. Ushbu sababdan tug‘mas
xotindan qaytaribdurlar. Mundan ma’lum bo‘ldiki, xotin olmoqdaf’i shahvat
uchun
emasdur.
Uchinchi savob ulki, ota, ona farzandlar duosidan bahoamand bo‘lur. Xabarda
kelibdurki, savobi munqate’ bo‘lmas - to‘xtamaydigan xayrli ishlarning biri farzand
ko‘rishdandir, duosi hamisha otasining ruhiga yetib turar. Xabarda kelibdurki, duoni nurli
tabaklarda ko‘tarib farishtalar murdag‘a olib kelib berurlar. Aning sababidan
chandon osoyishlar
ko‘rurlar.
To‘rtinchi savob ulki, agar farzand otasidan ilgari o‘lsa, qiyomat kuni anga
shafoatchi bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Norasidaga farmon
bo‘lurkim, jannatga kirgil. Norasidalar faryod qilib ayturlarkim, ota-onamiz bihishtga
kirmaguncha bizlar hargiz kirmasmiz». Hazrati rasuli akram s.a.v. bir kishining
jomasidin tortib turib aytdilarki, «Men seni tortgan misillik
norasidalar ota-onasini
tortib, jannatga olib kirarlar». Xabarda kelibdurkim, norasidalar jannatning
eshigida jam’ bo‘lib, ota-onasi talabida nola va zor yig‘lab turarlarkim, to Haq taolo
ularga farmon qilur, hammasi xashrgohga kirib, har biri o‘z ota-onasini qo‘lidan tutib
jannatga elturlar.
Buzurglardan biri xotin
olmoqdan parhez qilur edi, bir kecha tush ko‘rdiki, qiyomat
bo‘lubdur. Hamma xaloyiq tashnalik ranjidan azobda qolibdurlar. Guruhe norasidalarni
ko‘rdiki, qo‘llarida oltin va kumush qadahdarda suv ko‘tarib borur. Alardan suv tiladi,
norasidalar dedilarkim, «Sen bizni ota-onamiz emassen. Bu suvni o‘z ota-onamizga
berurmiz». Bas, uyqudan uyg‘ondi, darhol xotin oldi.
Va xotin olmoqning ikkinchi foydasi ulki, xotin birla o‘z dini va millatini himoyasiga Oltan
bo‘lur. Shahvatkim, shaytonning harbasidur o‘zidan yiroq qilg‘on bo‘lur. Ushbu ma’nodan
Hazrati rasul
alayhissalom aytibdurlarki, «Kim xotin olibdur, nisfi (yarim) dinini salomat
qo‘rg‘onida saqlabdur va kim xotin olmabdur, agarchi zino va zalolatdan o‘zini to‘xtatsa
ham g‘olib ulki, ko‘zini nazardan va dilini vasvasdan saqlayolmas».
Va lekin xotin olmoqda farzand topmoq niyatini qilg‘aykim, Haq subhonahu va
taoloning mahbubi vujudig‘a harakat qilg‘on bo‘lur va daf’i shahvat niyatin
qilg‘aykim, shahvatni farzand vujudiga muqtaziy (taqozo) bo‘lmoq uchun ofarida
qilibdurlar. Va aningda chandon hikmatlar bordur.
Bas, er-xotin suhbatida lazzati tamom va rohatilo kalom (so‘zsiz) ato qilibdur.
Tokim oxirat rohatidan nishona va jannat lazzatidan namuna bo‘lg‘ay.
Chunonchi bu
dunyo otashi do‘zax o‘tining bir ko‘rinishidir. Ammo mubosharat lazzati va otash
kulfatini, jannat rohati va do‘zax azobiga nisbat qilmoq o‘rinlidir.
Hazrati Haq taoloning har maxluqida chandon hikmatlar bordurki, ulamoyi izom
(katta olimlar) voqifdurlar. Qazrati rasul alayhissalom aytibdurlarki, xotin birla
shayton hamroxdurki, kim ko‘chada xushro‘y xoting‘a yo‘liqsa, uyiga borib o‘z xotini
birla suhbat qilg‘aykim, shayton vasvasasi daf’ bo‘lur. Uchinchi foydasi ulki, ahli xonasi
birla ulfatlashmoq va aning birla hazillashmoq ibodat rag‘batini toza qilur va beg‘araz
hazil malolat g‘uborini aritmoq birla ibodatg‘a zavq toza bo‘lur.
Xazrati Ali karramallohu vajhu aytibdurlar: Dilni rohat va osoyishdan to‘xtatmagilki,
(to‘xtatsang) dil nobino (xira, ko‘rmas) bo‘lur. Hazrati rasuli akram s.a.v.ga voridoti
g‘aybiy va mukoshafoti qalbiy (payg‘ambarlar dilida oshkor bo‘ladigan g‘ayb sirlari)
mushohadasidan
azim holat yuz berur ediki, qolibi zohiriy ul holatga toqat