www.ziyouz.com кутубхонаси
141
kanizakni ozod qildi.
To‘rtinchi odob ulki, mehmondan sohibi xona qaysi taomni xohish qilursiz deb
so‘ragay va mehmon xohish va orzusini ravo qilmoqning savobi ziyodadur.
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir odam mo‘‘min birodarining orzusini
ravo qilsa, ming hasanot (yaxshiliklarni) aning nomai a’moliga biturlar va ming
gunoxlarni yo‘q qilurlar va (uning martabasini) ming daraja baland qilurlar. Va uch
jannatdan sarafroz qilurkim, Firdavs va Adan va Huld. Ammo qaysi taomni olib chiqay
deb so‘ramoq mazmum va makruhdur. Balki uyidagi bor taomni olib chiqqay.
FASL Mehmonni ziyofat qilmoq bayonida Bilgilki, onchakim mazkur bo‘ldi, chaqirilmagan va ziyorat uchun o‘zi kelgan
mehmonning borasida edi.
Ammo chaqirilgan mehmonning hukmi bo‘lakdur. Aytibdurlar, vaqtiki mehmon
kelsa ortiqcha takalluf qilmag‘il. Ammo mehmon chaqirsang, hech nimarsani
kamaytmag‘il. Qudrating yetguncha qilg‘ilki, ziyofatning fazilati bisyordur. Arablarning
odatlari uldurki, agar uy egasi safarda bo‘lsa ham bir-birini mehmon qilurlar. Hazrati
rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi mehmon charlamabdur, hech xayroti
(yaxshiliklari) yo‘qtur». Yana aytibdurlar: «Mehmondorlikda takalluf qilg‘on jihatdan
mehmonni dushman tutmangiz. Kishikim, mehmonni dushman tutsa, Xudo taoloni
dushman tutqonidur».
Ammo g‘arib mehmon kelsa, anga takalluf qilmoq ravodur. Ammo do‘stlar bir-birini
ziyoratiga takalluf qilmag‘aykim, yiroqlig‘ga sabab bo‘lg‘usidur. Abu-Rofe’ Mavloiy
r.a. aytur:
«Rasul alayhissalom menga farmon qildilarki, falon juhudnikidan un olib kel,
tokim rajab oyida kelgan mehmonlarga ziyofat qilg‘aymiz». Ul juhud qoshiga bordim.
Juhud dedikim, «To garov bermaguncha un bermasman». Juhudning so‘zini rasul
alayhissalomga arz qildim. Rasul alayhissalom aytdilarkim, vallohkim, men osmon
va zaminda amindurmen, albatta qarzini berur erdim, deb zirhli ko‘ylaklarini
berdilar, garovga qo‘yib, un olib keldim».
Ibrohim alayhissalom mehmon talabida bir mil, ikki milliq yerga borur edilar. To
mehmon tobmag‘uncha taom yemas edilar. Ular (mehmonlar)ni sidqlaridan mazori
muboraklarida ziyofat qilmoq sunnat qolibdur. To bu vaqtg‘acha xech kecha mehmon holi
emasdur va gohi bo‘lurkim, ikki yuz mehmon kelur. Mehmonlar uchun chandon dehalar
(qishloklar) va yerlarni vaqf qilibdurlar.
Bas, bilgilki, mehmon chorlamoqtsa sunnat uldurki, axli saloh, sofdil odamlardan o‘zga
kishini chaqirmagay. Ahli fosiqga (buzuq kishilarga) taom bergan yomon ish
qiluvchilarga quvvat bergan bo‘lur. Bas, faqirlarni chaqirg‘ay, boylarni chaqirmagay.
Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Eng yomon, badtarin taom shulki, to‘y qilib, kambag‘al va darveshlarni chaqirmay, ularni taomdan mahrum qilib, faqat boylarni chaqirurlar». Mehmondorlikda o‘zining qarindosh urug‘lari va do‘stu yoronlari esdan
chiqmag‘aykim, muforaqat (uzoklashuv) bo‘lg‘usidur.
Mehmon qilmoqdin faho nozish va lofu gazofni (maqganish, g‘ururlanishni)
qasd qilmag‘ay. Balki sunnatni bajo keltirmak va darveshlarga rohat yetkazmoqni
niyat qilg‘ay. Kishiki, mehmon bo‘lmoqni xohlamasa, ani chaqirmag‘ay, agar taomni
karohiyat birla yesa, gunohga sabab bo‘lg‘ay. Ammo mehmon bo‘lmoqning odobi uldurki, kambag‘al va boyni farq qilmaslig‘i, uyida kambag‘al odam mehmon bo‘lganidan or qilmasligi kerak.