www.ziyouz.com кутубхонаси
139
FASL Do‘stlar birla taom yemak odoblari Bilgilki, do‘stlarni mehmon qilmoq bisyor sadaqadan fozilroqdur. Xabarda kelibdurki: uch
nimarsadin qiyomat kuni hisob olmaslar: iftorda yegan va do‘stlar birla yegan va saharda
yegan taomdan hisob olmaslar. Ja’far ibn Muhammad aytur: «Vaqtiki, do‘stlar birla taom
yemakka o‘tirsang, shitob qilmag‘il. Ma’lum muddat yemay o‘tirg‘ilki, bu muddat ichida
o‘tgan umrdan ham hisob olmaslar».
Hasan Basriy rahmatullohi alayhaytur: «Banda o‘zig‘a va ota-onasiga nafaqa qilg‘on
nimarsadin hisob olurlar, magar do‘stlar oldig‘a olib chiqqan taomdan hisob
olmaslar».
Buzruklardan ba’zilarining odati bu erdiki, do‘stlar oldig‘a taomni olib chiqur erdilar va
aytur erdilarkim: «Xabarda kelibdur, do‘stlar yeb, qolg‘on taomdin hisob olmaslar.
Xohlarmankim, sizlarni oldingizlardan qolg‘on taomni yegayman».
Amiral mo‘‘minin Ali roziyallohu anhu ayturki, «Birodar mo‘minlar oldig‘a to‘yg‘uncha
taom olib chiqmoqni qul ozod qilmokdan afzalroq ko‘rarman». Xabarda kelibdur:
Xudo taolo qiyomat kuni aytur: «Ey, baniy odam! Ul olamda men gurusna (och)
bo‘ldum, menga taom bermadinglar. Bandalar aytur, Parvardigoro sen hamma olamning
Xudovandisan, senga nechuk taom bergaymiz?!» Xudo taolo aytur: «Mo‘‘min
birodarlaring och erdi, anga taom bersanglar, menga taom bergandek bo‘lur erdinglar».
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, «Birodari mo‘‘minga to‘yg‘uncha taom bersa,
Haq subhonahu va taolo do‘zaxdan yetti xandaq (to‘siq) yiroq qilur. Har xandaqning orasi
besh yuz yillik yo‘ldur». Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Xayrukum man at’amat taoma».
Ya’ni, sizlarning xo‘broq va fozilrog‘inglar (muhtojlarga va do‘stlarga) taomni
ko‘proq berganinglardur.
Bilgilki, bu suratda to‘rt odobni rioya qilg‘aysan: Avvalg‘i odob ulki, taom yemak
niyatida birovning uyiga bormag‘ay. Xabarda kelibdur, kishi taom yemak qasdida
kishining uyig‘a borsa fosiqdur va taom yemoqda haromxo‘r va mezbon uyidan chiqishda
g‘oratgardur (talonchi). Ammo taom yeb o‘tirg‘on vaqtida iggifoqo kirib borsa, ijozat
bermaguncha taom yemagay. Agar taom vaqtida kirgan kishiga ko‘pchilik kelgani
ma’lum bo‘lsa, ijozat bersa ham yemagay, faqat uzr bilan kifoyalansin.
Ammo agar e’timodlik do‘sti bo‘lsa taom yemak qasdida borsa ravodur. Balki do‘stlar
orasida sunnatdurki, hazrati rasul alayhissalom hazrati Abu Bakr Siddiq va hazrati Umar
roziyallohu anxumo, Abu Ayub Ansoriy va Abul Hoshim ibn an-Nabbahlarning uylarig‘a
borib, «Taom kelturgil» der edilar. Bas, bu mezbong‘a ishonchi xayrdur. Va buzruglardan
birlarining uch yuz do‘sti bor edi. Har kecha birlarinikida toat va ibodat qilur edi. Ular ham
bu ishni saodat deb bilur edilar. Agar do‘st oxiratiy bo‘lsa, uyida hozir bo‘lmasa ham taomini
yemak joizdur.
Hazrati rasul s.a.v. Burayda roziyallohu anhuning uyida taom yedilar vaholanki, Burayda
uyida yo‘qerdi. Buzurglardan nechandlari buni ko‘rub shod bo‘ldilar. Va bir guruh do‘stlar
Sufyon Savriy rahmatullohi alayhning uylarida ushbu tariqa qildilar. Sufyon Savriy aytdi,
«Xo‘b qildingizlarkim, salaf rahmatullohi alayhning odatlarini yodimg‘a
kelturdingizlar».
Ikkinchi odob ulki, agar do‘sti kelsa, hozir (bor bo‘lgan) taomni olib chiqg‘ay,
takalluf qilmagay. Agar taomi bo‘lmasa qarz olmag‘ay. Agar ahli ayoli nafaqasidan
ziyoda bo‘lmasa, taom hozirlab qo‘ymag‘ay. Bir odam hazrati amiral mo‘‘minin Ali
roziyallohu anhuni mehmon qilmoqg‘a taklif qildi. Hazrati Ali aytdilarkim: «Uch shart
birla borg‘umdir. Bozordan hech nimarsa kelturmagaysan va uyingda borini darig‘