www.ziyouz.com кутубхонаси
140
qilmag‘aysan va ahli ayoling nasibasin o‘zig‘a qo‘yg‘aysan».
Fuzayl Iyoz rahmatullohi alayh aytur: «Xaloyiq takalluf (o‘zini yaxshi ko‘rsatish) vajhidan bir-
birlaridan ayrilishurlar. Agar oradan takalluf bartaraf bo‘lsa, bir jon va bir tan bo‘lurlar.
Buzurglardan biri do‘stining ziyoratig‘a bordi. Ul do‘st takalluf qilmoqni lozim tutdi. Ul buzurg
dedikim, «Sen tanho bu taomdin yemassan va men ham tanho bu taomdin yemasman. Vaqtiki
men kelsam takallufni lozim tutarsan. Yo takallufni oradan ko‘tar va yo men seni uyingga
kelmagayman».
Salmon roziayyalohu anhu aytur: «Bizlarga hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, takalluf
qilmasman va hozir (uydagi bor) taomni ham darig‘ tutmasman». Sahobai rizvonullohi taolo
alayhim ajma’iyn non porani va xurmoi xushkni (quritilgan xurmoni) bir-birlarig‘a olib
chiqar erdilar va aytur erdilarkim, bilmasmizki, bu ikki toifaning qaysi gunohkorroq
ekanki, uyidagi hozir taomni mehmonlarig‘a olib chiqmoqni haqir (past, e’tiborsiz) ko‘rgay va
yo sohibixona kelturgan taomni haqir ko‘rgay.
Yunus payg‘ambar alayhissalom qavmlari oldig‘a non porani bir andak tarra bilan
chiqarib qo‘ydilar: «Va garna Xudo taolo takalluf qilg‘uvchilarg‘a la’nat erdi, sizlar uchun
takalluf qilur erdim». Bir qavm orasida xusumat bo‘lib,Zakariyo alayhissalomni izlab
bordilar, toki ul xusumatni bular orasidan daf’ qilg‘ay. Uyida topmadilar. Xotinini
ko‘rdilarkim, bisyor sohibjamol erdi. Qavmlari taajjub qilib dedilarkim, payg‘ambar
bo‘laturib, bu tariqa sohibjamol xotin birla ayshu ishrat qilg‘aylar. Zakariyo
alayhissalomni izlab toptilarki, bir kishig‘a mardikorchilik qilur edilar. Taom yeb
o‘tiribdurlar. Qavmlari so‘zlarini arz qildilar, qavmni taomga taklif qilmadilar. Bu ishg‘a
ham taajjub qildilar. Zakariyo alayhissalom o‘rinlaridin turdilar, ko‘rdilarkim yalang
ayog‘ erdilar. Yana ham taajjublari ziyoda bo‘ldi. Bu uch ish kayfiyatidan savol qildilar.
Zakariyo alayhissalom aytdilarkim, «Ul sohibjamol xotinni shuning uchun
sak^larmanki, to dinimni saqlagay. Ko‘nglum va ko‘zimni yana birovga yubormagay.
Va sizlarni taomg‘a ani uchun taklif qilmadimki, bu taomni uy egasi ish haqimga berib
erdi, bu taomni yeb aning ishini bitkargaymen. Agar sizlarni taklif qilib, taomni
kam yesam, qilur ishimda kamchilik bo‘lur. Yalang ayog‘ yurmagimni boisi ulki, bu yer
egasi birla adovatimiz bordur, agar kafsh kiysam, ehtimoli borkim, bu yerning tufroqi
kafshim birla yana bir yerg‘a borg‘ay, bu muruvvat emasdur. Bas, ma’lum bo‘ldiki,
sidqu rostliq gullari takalluf tikanidin musaffo va diyonat sunbullari riyo va ru’unat
(kaltafahmlik) taboridin (yukidin) mubarro (pok)dur.
Uchinchi odob ulki, sohibi xonaga og‘ir kelgudek ishni qilmag‘ay. Agar soqibi xona
mehmonni ikki ish orasida muxayyar (ixtiyorli) qilsa, osonrog‘ini ixtiyor qilg‘ayki,
hazrati rasul alayhissalom hamma ishlarida ushbu tariqa qilur edilar. Bir kishi Salmon
roziyallohu anhug‘a mehmon bo‘ldi. Salmon roziyallohu bir bo‘lak arfa nonni tuz birla
olib chiqib qo‘ydi. Mehmon dediki, tuz birla sa’tar (shifobaxsh ko‘kat, non birla qo‘shib
yeyilar ekan) bo‘lsa. yaxshi bo‘lur edi. Salmon roziyallohu anhu hech nimarsa
topmadi. Tahorat oladigan oftobasini garovga qo‘yib, sa’tar kelturdi, ersa mehmon
yeb bo‘lg‘ondan keyin bu duoni o‘qidi:
«Hamdlar bo‘lsin Xudogaki, qanoat berdi bizlarga, bergan rizqva nasibasiga». Salmon
roziyalloxu anhu aytdilarkim, «Agar senda qanoat bo‘lsa edi, mening oftobam garovga
qo‘yilmas edi».
Ammo ul joyekim, dushvor bo‘lmasa va sohibi xonaning ko‘ngli xush bo‘lurini bilsa
aytmog‘i ravodur.
Hazrati Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh Bag‘dodda bir za’faronfurush uyida bir necha
kun turdilar. Har kunda alvon turluk nozu ne’matlar tayyor qilur edi. Bir kun hazrat
Imom bir qism taom qilmoqning tartibini o‘z xatlarida bitib, za’faronfurushning
kanizig‘a berdilar. Za’faronfurush bu xatni ko‘rib, bisyor shod bo‘lib, shukronasiga ul