www.ziyouz.com кутубхонаси
147
aytadurki: Bu kishi shum kishidur. Ikkinchisi dediki: «Oriy». Uchinchisi dediki:
«Bu ul shum kishi ermas». To‘rtinchisi dediki: «Oriy». Ersa bular xaybatidan bisyor
qo‘rqti. Bulardan keyin kelgandan so‘radikim: «Bu o‘tkanlar shum deb kimni ayturlar?
Ul dediki: «Seni ayturlarkim, mundan ilgari otingni obidlar jumlasidan bitib, osmonga
eltur erdilar. Endi bir xafta bo‘ldiki, otingni obid va mujohidlar jumlasidan o‘chirdilar.
Bilmasmenki, na ish qilding». Bas, bu uyqudan uyg‘ondi, darxol xotin oldi, tokim
mujohidlar jumlasiga doxil bo‘ldi. Nikohning foydasi ushbudurkim, mazkur bo‘ldi.
Nikoh ofatlari Nikohning ofati uchdur. Avvalgi ofat ulki, ilm talab qilmoqdan ojiz bo‘lg‘ay. Alalxusus, bu
zamonadaki (ko‘pchilik) axli ayoliga xaromdan nafaqa qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, bir
banda bo‘lurki, amali solihdan nomai a’moli to‘la va ko‘p sajda qilgandan jabxasi
(peshonasi) juda nurli bo‘lur.
So‘rarlarkim, «Ayollarg‘a nima nafaqa qilding?» Ma’lum bo‘lurkim, hamma haromdan
nafaqa qilg‘on ermish va aning hamma hasanotlarini tortib olurlar. Va munodiy
qilurlarkim, bu ul kishidurki, hammai amallarini farzandlari nafaqasiga sotgan va
o‘zini ahli shaqovat zumrasig‘a qotgan (ya’ni, qo‘shgan).
Xabarda kelibdurkim, qiyomatda farzandlar otaga da’vogar bo‘lurlar va ayturlar:
«Ey, bor Xudoyo, otamiz bizlarni harom taom bila boqibdurlar, bizlar bilmabdurmiz
va ilmi shariat o‘rgatmabdur va tirik johil qolibdurmiz». Va bu ishlarning muvohazasi
(jazosi) otasiga bo‘lur. Bas, ul kishiki, moli, merosi bo‘lmasa va yo kasb qilmoqg‘a qodir
bo‘lmasa, xotin olmag‘ay. Agar zino qilmog‘i yaqin bo‘lsa, xotin olg‘ay.
Ikkinchi ofat ulki, ahli ayol haqini bajo kelturmak barchaga muyassar bo‘lmas, magar
yaxshi xulq birla va ularni mehnat va mashaqqatig‘a sabr, tahammul qilmoq birla va
havoyijlari (ehtiyojlar) qiyomiga tadbir ko‘rguzmak birla bo‘lur. Bu ishlarni har kishi bajo
keltira olmas. Ahli ayolig‘a ranj, mashaqqat yetkursa, gunohkor bo‘lur va yo ulardan yuz
o‘girmak birla (toatlarini) zoye’ qilur.
Xabarda kelibdurki, kishi ahli ayolidin qochsa, xo‘jasidin qochgan qulg‘a
o‘xshashdurki, to farzandlari qoshig‘a kelmaguncha, namozi va ro‘zasi qabul bo‘lmas.
Hosili kalom ulki, har kishida bir nafs bordur. Kishikim o‘z nafsi uhdasidan
chiqolmasa, yana birovning uhdasidin chiqmoqg‘a jur’at qilmag‘ay.
Bir buzurgdan so‘radilarki: «Nima uchun xotin olmassen?» Ul buzurg aytdi: «Bu oyatdan
qo‘rqarmen, qavluhu taolo:
«Va lahunna mislul-laziy alayhinna bil-ma’ruf». (Baqara, 228). Ya’ni, erlarning xotinlari ustida haqlari bo‘lg‘onga o‘xshash, xotinlarning ham erlari ustida
haklari bordir. Alarga yaxshiliq va xush muomala bilan umr kechirishlari lozimdur.
Hikoyatda Ibrohim Adham dedikim, «Nechuk xotin olg‘aymenkim, bir xotinni o‘zimg‘a
g‘olib qilmoqg‘a hojatim yo‘qtur».
Uchinchi ofat ulki, dil ayol ahli nafaqasi va ehtiyoji andishasida g‘arq bo‘lur, Haq taologa
zikr aytmoq(qa), oxirat va qiyomatning zodi rohini qilmoqg‘a mone’ bo‘lur va har
nimarsaiki seni haq taoloning zikridan g‘ofil qilur, halokingga sabab o‘sha narsadur.
Ushbu ma’noda Haq subhonahu va taolo kalomi majidida xabar berur. Qavluhu taolo:
«Yo, ayyuhallaziyna omanuu, lo tulhikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh va man yaf’al zolika fa uvloikahumul hasirina». (Munofiqun, 9). Oyatning tafsiri: «Ey, iymon kelturganlar, na mol-dunyolaringiz, na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan beparvo qoldirmasin va beparvolar zarar ko‘ruvchilardir».