Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
150
qilg‘il, agarchi bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham. Va kim qo‘y topolmasa do‘stlar huzurig‘a
boricha taom kelturg‘ayki, ul ham valimadur. Hazrati rasul alayhissalom Safiyag‘a nikoh
qilindilar.
Yigirmata arfa
(arpa) nonu birmuncha xurmo valima qildilar. Bas, qudrati yetgancha to‘y qilg‘aykim,
nikohning ta’zimi (hurmati)dur. Bo‘lg‘aykim, valimani uch kundin o‘tkarmagay,
harchand ta’sir bo‘lsa, haftadan keyin qolmag‘ay. Va daf (childirma) chalmoq va
izhori shodlik qilmoq azizlarning faqat to‘ylarda, nikohlarda odatlaridurkim, to‘yda daf
chalmoq sunnatdur. Robia’ bint Mas’ud roziyallohu anhodin rivoyatdurki, aytur:
«Vaqtiki mani to‘y qildilar, kanizaklar
daf chalib, naqshu surud (ashula) aytur
erdilar, ikkinchi kuni rasul alayhissalom kirib keldilar. Kanizaklar hazrati Rasul
alayhissalomni ko‘rib, on hazratni na’t va sanolari birla she’r aytib, daf chalib, surud
(ashula) og‘oz qildilar. Hazrati rasul alayhissalom ilgarigi aytqonlaringni aytinglar, deb
o‘zlarining na’tlarida daf chalib, boziy o‘ynamoqni pisand ko‘rmadilar. Ammo daf
(doira) chalmoq va surud aytmoqdan ham man’ qilmadilar.
Ikkinchi odob ulki, xotinig‘a xushfe’llik birla sozish (yaxshi muomala) qilg‘ay.
Xushfe’llikning ma’nosi ulki, xotiniga ranj va ozor yetkurmagay. Balki ayol
yetkazayotgan ranj va alamga sabr va bardosh qilg‘ay. Va ularning bema’ni so‘zlari va
nopisand, nosiposlig‘iga sabr qilg‘ay.
Xabarda kelibdurki, xotinlarni za’iflig‘idan avrat berkituvchi qilibdur. Za’ifliqning dorusi
xomushliqdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishikim xotinining bad fe’liga sabr
qilsa, Ayyub alayhissalomga kelg‘on baloga sabr qilg‘onning savobini va ajrini berurlar. Va har
xotinki, erining bad fe’liga
sabr qilsa, Fir’avnning xotini Osiyog‘a beriladigan ajr, savobini
olurlar.
Hazrati rasul alayhissalomning vafotlari vaqtida oxirgi hadislari ushbu uch so‘z erdiki,
sahobalarga dedilar: «Namozni barpo tutinglar va Haq taoloning bandalarig‘a yaxshilik
qiling, valloh, vallohki, xotinlar sizlarni Qo‘linglardagi asiringlardur. Ularga xo‘bliq va
yaxshiliq birla muomala qilinglar». Hazrati rasul alayhissalom azvoji mutahharotni
(pokdoman xotinlar) xashm (achchiq) va g‘azablarig‘a sabr va tahammul qilur erdilar.
Bir kuni hazrati Umar roziyallohu anhuning xotinlari javob qaytardi.
Hazrati Umar
darg‘azab bo‘ldilar. Xotinlari dedikim, sendan hazrati Rasul alayhissalom chandon
behroqdirlarki, azvoji mutahharot javob qilsa, sabr va tahammul qilurlar. Hazrati Umar
aytdilar, «Agar andog‘ bo‘lsa, vodarig‘kim, Hafsa yer birla yakson bo‘lubdur». Ersa o‘shal
vaqtida Hafsa roziyallohu anho kirib keldilar. Hazrati Umar aytdilark.im, «Ey farzandim,
zinhor onhazrat alayhissalomga (rad) javob qilmag‘il. Abu Bakrning qizidek (Oyshadek)
mag‘rur bo‘lmagil. Onhazrat alayhissalomning muhabbatlari anga g‘olibdur.
Anga sabr
qilg‘on birla sanga sabr qilmaslar». (Xafsa hazrati Umar roziyallohning qizlari). Hazrati
rasul alayhissalom aytibdurlarkim:
«Xayrukum, xayrukum liahlihi va ana xayrikum li ahli».
Ya’ni, «Sizlarning xo‘broq va yaxshirog‘inglar xotinlariga yaxshilik qilg‘uvchirog‘dur. Men
xotinimga yaxshiliq qilmokda sizlardan yaxshirokgurmen».
Uchinchi odob ulki, xotini birla hazil, sho‘xlik va o‘yin qilishgay va ani malol
olmagay. Bilgilki, xotini birla hazil qilmokda hech kishi onhazrat alayhissalomg‘a
o‘xshash bo‘lmag‘ay.
Chunonchi, hazrati Rasul alayhissalom Oysha Siddiqa roziyallohu
anho birla yugurishdilar, avvalgi navbatda hazrati rasuli alayhissalom o‘ttilar, ikkinchi
navbat yugurishtilar, Oysha roziyallohu anho o‘ttilar.
Rasul alayhissalom aytdilar, birga
bir, ya’ni barobar bo‘ldik. Va bir kuni zangilarning bozingarlaridan (o‘yinchilar) ovoz
eshitildiki, raqsu simo’ qilurlar. Hazrati Rasul alayhissalom Oysha roziyallohu anhodan
so‘radilarki: «Oysha, ko‘rarsanmu?» Hazrati Oysha ko‘rmakni ixtiyor qildilar,
hazrati rasul alayhissalom yaqin borib, xotinini muborak qo‘llarida ko‘tarib