Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
106
taolo boylarga vojib qilibdurki, darveshlar hojatini ravo qilgaylar. Bas, boylar bu 
jahonda darveshlarning tobe’idurlar. Va oxiratda 500 yil intizorlik birla 
darveshlardan keyin behishtga kirolmay turarlar. 
Boylar birovlarga bergan zakotiga minnat qilmagayki, minnatning asli jaholat va 
nodonlikdandur. Boy sadaqa bermak birla gumon qilurki, endi darveshlar shu sadaqa 
tufayli mening qo‘l ostimda bo‘lg‘aylar, deb. Keyin umid tutarkim, darveshlar anga 
xizmat qilgay va avval salom bergay. Va hamma ishda aning izzatini qilgay. Vaqtiki, 
darveshlardan xato o‘tsa, chandon taajjub qilurki, muncha yaxshilik qilsam, 
xizmatimda taqsir qilur deb. Bas, bu kamoli jaholat va xamoqatdur. 
Darhaqiqat, darveshning kamoli do‘stligi va shafqatidurki, sadaqani qabul qilib, boyni 
do‘zax otashidan xalos aylab, baxillik najosatidan pok qilur. Masalan, bemor qon 
oldirsa, bemor badanidagi harom qonni chiqargon sababidan tabibdan minnatdor 
bo‘lur. Bu kasalning sog‘ayishiga sabab bo‘lur. Bas, darveshki, zakot olib, boydan baloni 
daf’ qilmoq birla uni. baxillik najosatidan pok aylab, gardanidagi farzdan xalos Qildi, 
bundan boy ming chandon minnatdor bo‘lsin edi. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Berilgan sadaqa avval Haq taoloning lutf qo‘liga kirar, 
andin keyin darveshlar qo‘liga kirar. Bas, boy odam sadaqani Xudoi taologa bergan bo‘lur. 
Va darvesh sadaqani qabul qilmoqda Haq taoloning noibidur. Bo‘lg‘ayki, boy darveshdan 
minnatdor bo‘lsun va minnat qilmasin. 
Kishikim, zakot sirlaridan uch sirini bilsa, bilurki, minnat qilmoq kamoli jaholatdandur. 
Ushbu vajhdan avvalgilar minnatdan o‘zini ehtiyot qilmoqda sa’y-harakat qilibdurlar. Bu 
tariqa birlaki, darveshlar oldida qo‘l qovushtirib, sadaqani tavoze’ birla alar oldiga qo‘yib, 
aytur erdilarki, bu sadaqani mendan marhamat aylab, qabul qilsangiz. Aksar darveshlar 
qabul qilmabdurlarki, zakotni Oltuncha boyning qo‘li darveshning qo‘lidan yuqori bo‘lmog‘ini 
o‘zlariga nuqson debdurlar. 
Hadisi sharifda kelibdurki: «Yadul ul’yo xayrun min yadissufla», ya’ni, yuqoridagi qo‘l tubangi 
qo‘ldan yaxshirokdur. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroqdir. 
Hazrati Oyisha va Ummu Saloma r.a. darveshga xayr chiqarsalar, aytur erdilarki, 
«Ey, cho‘ri, darveshning duosini yod olg‘il, ul duo birla biz ham darveshni duo 
qilgaymiz. Toki, sadaqani xolis va tama’siz qilgan bo‘lgaymiz. Bu andisha birlaki, 
darveshning duo qilgani ehson qilgani bo‘lgay. Bas, ehson qilguvchi darveshdurki, 
sadaqani qabul qilmoq birla boyning gardanidagi farzni ado qilur. 
Oltinchi daqiqa ulki, molingdan yaxshirog‘ini va halolrog‘ini sadaqa qilgil. Shubhalik 
nimarsa sadaqaga yaramaski, Haq taolo pokdur, nopok nimarsani qabul qilmas. Bas, 
aynigan, chirigan, nuqsonli narsalarni sadaqa qilish pastkashlikdir va bunday yaroqsiz 
narsalar sadaqaga yaramas. Har sadaqaki, rag‘bat va shodlik birla qilinmasa, qabul 
bo‘lmasligi g‘olibroqdur. Rasul (a.s.) aytibdurlarki, bir dirham sadaqa ming dirham 
sadaqadan fozilroqdur. Ya’ni, xushdillik ila berilgan bir dirham sadaqa og‘rinish ila berilgan 
ming dirham sadaqadan yaxshiroqdir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin