Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
103
Ikkinchi - miskinlardur, (xarajati kirimiga qaraganda) ziyoda bo‘lsa,
garchi uy-joyi,
egni but bo‘lsa, va lekin bir yilga yetarli ozig‘i bo‘lmasa miskindur. Ammo hojatidan ziyoda
nimarsasi bo‘lsa miskin emasdur.
Uchinchi - ul toifaki, zakot molini g‘aniylardan olib jam’ qilib, darveshlarga berurlar.
Bas, bu toifaning ajrini g‘aniylarning zakot molidan olib bermoq vojibdur.
To‘rtinchi - muallifatul-qulub. Islomiyat boshlarida musulmon bo‘lganlarga zakot
molidan olib berur edilar, toki qOltanlar islomga rog‘ib va moyil bo‘lib, dini
islomga
kirgaylar.
Beshinchi - makotibdur. Masalan, qulning hojasi desaki, ikki yuz tanga pul topib
bergil,
seni ozod qilurman, desa, ul odamni makotib derlar.
Oltinchi - qarzdorlardurki (zakot puliga muhtojdurlar).
Yettinchi - g‘oziylardurki, fi sabililloh g‘azot qilgaylar.
Sakkizinchi - musofirdurki; zodi rohi (yo‘l ozig‘i) va ulov kirasi bo‘lmagay. Agar
kishi men darvesh va miskin desa, yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lmasa, so‘ziga e’timod
qilib, ishonib zakot bermak durustdir. Musofir, g‘oziy safarva g‘azotdan to‘xtasa, miskin
kishi bo‘lmasa, ularga zakot berish durust emasdur.
Izoh: Muallifatul-qulub - ilk islom davrida Qur’on hukmi bilan kofir kambag‘allarga
ham zakot berilgan edi. Keyin bu oyat mansux - bekor bo‘lib,
zakot faqat
musulmonlarga berilgan. (Shamsiddin Somibek, Qomusul-a’lom.)
Dostları ilə paylaş: