Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
101
oxirig‘a qo‘shilsa, aslining ta’yinida zakot vojibdur.
Uchinchi shart - zakot
beruvchi odam boy, davlatmand bo‘lishi kerak. (Kambag‘aldan zakot olinmaydi).
Agar mol-mulki yo‘qolib ketgan bo‘lsa, va yo zolim tortib olsa, zakot berilmas.
Magarkim, ul zolim (zo‘rlab, tortib Oltan) moldan egasi avvalgi yili foyda Oltan
bo‘lsa, u o‘tgan yilning zakotini berishi zarur. Birovning nisobg‘a yetguncha molini
boshqa odam boqayotgan bo‘lsa, bu odam - cho‘pon
uchun zakot vojib emasdur,
darhaqiqat darvish uldur.
To‘rtinchi shart - moli to nisobg‘a yetmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Mulkdorning
tuyasi beshta bo‘lmaguncha hech nima lozim bo‘lmas. Vaqtii, tuyasi beshta bo‘lsa, bir
qo‘y bermak vojibdur. To o‘nta tuya bo‘lguncha yilda bir qo‘y bermak vojibdur. Vaqtiki,
o‘nta tuyasi bo‘lsa, ikki dona qo‘y bermak vojibdur. Ushbu tariqa birla o‘n besh tuyadan
uch qo‘y va yigirma tuyadan to‘rt qo‘y zakot bermak vojibdur. To yigirma beshta
bo‘lguncha shunday. Bu qo‘ylar bir yoshni tamom qilg‘on bo‘lg‘ay.
Vaqtiki, tuya yigirma beshta bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on, ikki yoshga qadam
qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To o‘ttuz besh bo‘lguncha bu tariqa berib
turilar. Vaqtiki, o‘ttiz olti tuya bo‘lsa, ikki
yoshni tamom qilib, uch yoshqa qadam
qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To qirq besh bo‘lmag‘uncha yilda bu tariqa
berib turilar. Qirq olti bo‘lsa,
uch yoshni tamom qilib, to‘rt yoshga qadam qo‘yg‘on
bir moda tuya bermak vojibdur. To oltmish bo‘lg‘uncha. Vaqtiki, oltmish bir tuya
bo‘lsa, to‘rt yoshni tamom qilib, besh yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak
vojibdur. Vaqtiki, yetmish olti bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya
bermak vojibdur. Vaqtiki to‘qson bir bo‘lsa uch yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya
bermak vojibdur. To yuz yigirma bo‘lguncha ushbu tariqada berib turar.
Vaqtiki,
tuyalari yuz yigirmadan ziyoda, masalan yuz yigirma besh bo‘lsa, uch
yoshni tamom qilg‘on ikki tuya birla bir qo‘y berur. Ushbu tariqa birla har gal besh tuya
ko‘paysa bir qo‘y ziyoda qo‘shub bermak vojibdur, to yuz qirq besh bo‘lg‘uncha.
Vaqtiki, yuz qirq besh bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on ikki tuya,
bir yoshni tamom
qilg‘on bir tuya bermak vojibdur. Vaqtiki, yuz ellik bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on
uch tuya bermak vojibdur. Bas, bu mas’alani tafsili o‘zga masoil kitoblarida
mazkurdur.
Ammo sigir o‘ttiz bo‘lmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Vaqtiki, sigir o‘ttiz bo‘lsa,
bir yoshni tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Qirq bo‘lg‘onda ikki yoshni
tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmish bo‘lsa, bir yoshni tamom
qilg‘on ikki sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmishdan ziyoda bo‘lsa, hisoblab,
har o‘ttuzdan bir yashar sigir va har qirqdan ikki yashar bir sigir vojibdur. Bas,
sigirning zakotida erkak va urg‘ochisining farqi yo‘qdur. Ammo tuyadan urg‘ochisini
bermak lozimdur.
Ammo qo‘yning nisobi qirqdur. Vaqtiki, qo‘y qirqqa yetsa bir qo‘y zakot bermak
vojibdur. Yuz yigirma qo‘ydin ikki qo‘y berur. Ikki yuz bir qo‘ydin uch qo‘y berur, to to‘rt
yuz bo‘lguncha. Vaqtiki, to‘rt yuz bo‘lsa, har yuziga bir qo‘y bermak vojibdurki, zakotg‘a
bir yoshni tamom qilg‘on qo‘y bermak vojibdur. Ammo ikki kishi (tasarruf) qilg‘on
bo‘lsa, vaqtiki, qirqqa yetsa, ikkisi yarimtadan bir qo‘y bermagi vojibdur.
Agar yuz
yigirma bo‘lsa, har biri bir qo‘y bermagi vojibdur.
Dostları ilə paylaş: