www.ziyouz.com кутубхонаси
99
aimman...».
Bu duoni har doim o‘qib yursa kutmagan yerlardan rizqu nasiba yetgay. Va
nomardga muhtoj bo‘lmagay. Va olti rakaat namoz o‘tag‘ayki, sunnatdur.
O’ninchi odob - namozi asrgacha o‘tirgay. Agar masjidda o‘tira olmasa uyida tanho
o‘tirib Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lmag‘ay, jum’a kunining savoblaridan o‘zini
mahrum qilmag‘ay.
FASL Jum’a kunining fazilati bayonida Hamma musulmonlarga lozimdurkim, yetti fazilatni jum’a kuni talab qilg‘ay.
Avvalo buki, bomdod namozidan forig‘ bo‘lib, ulamolar suhbatiga hozir bo‘lg‘ay. Va
qissaxonlar suhbatidan yiroq bo‘lg‘ay. Va ul kishining majlisida hozir bo‘lg‘aykim,
dunyoning rag‘batini kam qilg‘ay. Va oxiratg‘a undagay. Ul so‘zlarkim, bu xosiyatni
bermas, ulamo majlisi emasdir. Xabarda kelibdurki, agar kishi bu soatda ulamo
majlisiga hozir bo‘libdur, ming rakaat namoz o‘tagandin behrokdur.
Ikkinchi fazilat: bu kunda bir soat bordurki, aziz va sharifdur. Xabarda kelibdur, har
kishi ushbu soatda har nav’ hojat tilasa, ijobat bo‘lur va xilof muningdadurkim, bu soat
qaysi vaqtdadur? Oftob chiqqan vaqtdamu yo namozi digar vaqtdamu va yo kun botgan
vaqtdamu. Bas, bu soat qadr kechasida maxfiy bo‘lg‘onga o‘xshash odina kuni ichida
masturdir (bekitilgan). Xullas, banda bu kunning ichida zikr ibodatdin xoli bo‘lmag‘ay.
Uchinchi fazilat: hazrati rasuli akram s.a.v.ga durudni (maqgov, duo, salom) to‘la
aytgay. Va rasuli akram alayhissalom aytdilar, kishikim Odina kuni manga sakson
martaba durud aytsa, Alloh uning sakson yillik gunohini mag‘firat qilg‘ay. So‘radilar,
Yo rasulalloh, qazratingga qaysi durudni yuborurmiz? Rasul alayhissalom aytdilar: «Bu
durudni aytingizlar: «Allohumma sallialo Muhammadin va ala oli Muhammad, kamo
sallayta ala Ibrohim va ala oli Ibrohim, innaka hamidum majid». Va shu durudni yana
«borak ala» so‘zi birla aytg‘aysiz».
Aytibdurlar: «har kishi yetti jum’a kuni bu durudni yetti marotabadan aytsa, rasuli akram
s.a.v.ning shafoatlarini albatta topg‘usidur. «Allohumma salli alo Muhammadin va ala oli
Muhammad», desa ham kifoyat qilur».
To‘rtinchi fazilat - bu kunlarda qur’onni ko‘p tilovat qilgay. Va surai Kahfni
o‘qig‘ayki, aning fazilati xabarda ko‘p vorid bo‘libdur. Sahoba va tobe’in obidlari jum’a
kunida ming marotaba durud va ming marotaba ixlos (qul xuval-lohu ahad) surasini,
ming marotaba subhonallohni to oxirigacha o‘qimoqni odat qilibdurlar.
Beshinchi fazilat - bu kunlarda navofilni (Alloh taoloni bandalariga buyurgan besh vaqt
namozdan tashqari o‘qiladigan qo‘shimcha namoz, hadya namozining birligi nafl,
ko‘pligi navofil) to‘laroq o‘tagay. Xabarda kelibdur, kishi masjidi jome’ga borib,
to‘rt rakaat namoz o‘qisa, har rakaatiga «Qul xuval-lohu ahad»ni ellik marotaba o‘qisa,
bu olamdan bormas, to jannatda joyini ko‘rmaguncha mustahabdur. Odina kuni to‘rt
rakaat namoz o‘tamak surai «An’om» va surai «Qahf» va surai «Toho» va «Yosin» birla.
Agar bu tariqa birla o‘ta olmasa, surai «Yosin» va «Luqmon» va surai «Duxon» va
surai «Mulk» birla o‘tagay.
Va Ibn Abbos raziyallohu anhu namozi tasbih ushbu debdurlar va hech jum’ani tark
qilmabdurlar. Bu namoz mashhur va ma’rufdur. Avvalo ulki, to zavol vaqtig‘acha namoz
o‘tagay. Andin keyin namozi jum’adan forig‘ bo‘lib, namozi digargacha ulamo majlisida
bo‘lg‘ay. Andin to namoz shomg‘acha tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay.
Oltinchi fazilat - jum’a kunlari sadaqa bermoqdan xoli bo‘lmag‘ay. Agar bir burda non
bo‘lsa ham bu kunda berilgan sadaqaning fazilati ziyodadur. Va imom xutba o‘qigan vak^da