Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
102
Vaqtiki, meva rang olsa, va arpa, bug‘doy don gutsa, ehtiyot qilg‘ayki, darveshlarning
nasibasini ayirib qo‘ymaguncha, o‘zi tasarruf qilmag‘ay.
Uchinchi nav’ - oltin va kumushning zakotidur. Bas, kumushning nisobi ikki yuz dirhamdur.
Birovning ikki yuz dirham kumushi bo‘lsa, besh dirham kumush zakot bermagi vojibdur.
O’n dirhami yetti misqoldur. Bu hisob birla zakot bermak vojibdur. Ammo oltinning nisobi
yigirma misqoldur. Vaqtiki, yigirma misqol xolis oltini bo‘lsa, yarim misqol oltin zakot
bermagi vojibdur. Yigirma misqoldan yarim misqol ushrning hisobida va ushrning to‘rt
hissasining bir hissasi bo‘lur. To yigirma to‘rt misqol bo‘lg‘uncha yarim misqol oltin zakot
berur.
Vaqtiki, yigirma to‘rt misqol oltini bo‘lsa, yarim misqol va uch nuhud oltin zakot berur.
Ushbu qiyos birla har to‘rt misqolda ziyoda hisob qilinar. Ammo kumushda ham ikki yuz
dirhamdin ziyoda bo‘lsa, ushrning rub’i (to‘rtdan biri) hisobida hisoblab, zakotini berur.
Oltin, kumushdin qiling‘on qilich, o‘q, tilla uzuk, tilla tamg‘a, va ayol yasanmog‘i
uchun foydalanayotgan oltin-kumushdan zakot bermak vojibdur.
To‘rtinchi nav’ - tijorat zakoti bermoq bayonida. Vaqtiki, yigirma misqol oltin va yo ikki
yuz misqol kumush pulig‘a bir nimarsa olsa, bir yil tamom bo‘lg‘onda zakotini bermak
vojibdurkim, bu yil ichida bo‘lgan foydasini hisoblab, sarmoyasining zakotini bergay. Xoh
sarmoyasi oltin va kumush bo‘lsin, xoh o‘zga mollardan bo‘lsin, zakot vojibdur.
Beshinchi nav’ zakot - fitr, ya’ni sadaqai fitr bayonida. Bilgilki, sadaqai fitr vojibdur - ul
musulmong‘aki, ozod bo‘lsa va hovlisida uy asbobi va egni va oti va salohi va bandasi
(quli)dan bo‘lak nisobg‘a yetguncha molg‘a ega bo‘lsa, o‘zi uchun va kichik bolalari uchun va
bandasi uchun bug‘doydan kishi boshiga yarim so’, arpadan bir so’ vojibdur. Bilgilki, sadaqai
fitr, ro‘za iydi (hayit) kunining subhi sodiq vaqtida vojib bo‘lur. Sadaqai fitrni iyd namozi
o‘taguncha bermak mustahabdur. Namozdan keyin bermakni ham joiz debdurlar. Ahkomi
zakot munchalik bayon qilindi. qOltan mas’alalarni (o‘z sohasidagi) kitoblarda ko‘rgaysan.
Dostları ilə paylaş: