Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
107
Ya’ni, taomlaringizni parhezkorlarga beringlar. Sabab ulki, bularga sadaqa
bergan odam
darveshga Haq taologa toat-ibodat qilmog‘iga yordam berurki, qilgan ibodatlariga sherik
bo‘lur. Va ulug‘ boylardan biri sadaqani so‘fiylarga berayotib, aytur edi: bu darveshning ko‘ngli
Haq taolodan o‘zgaga taalluq topmas. Haq taologa mashg‘ul bo‘lgan ko‘ngilni
xush qilmoq
boshqa yuz ko‘ngilni xush qilmokdan a’lodur. Bu so‘zni shayx Junaydga hikoya qildilar. Junayd
dediki: «Bu so‘z Haq taolo valiylaridan birining so‘zidur».
Ersa ul vaqtda o‘sha boy baqqol edi. Darvesh undan har nima olsa bahosini (pulini)
olmas edi. Oqibat boy muflis (kambag‘al) bo‘ldi».
Junayd unga bir muncha mol yubordi. Aytdiki: «Bu mol birla tijorat qilsin. Ul sobiq
boy aytdiki, javonmardlarga tijorat ziyon qilguvsidur».
Ikkinchi sifat ulki, zakot Oltuvchi ahli ilmdan bo‘lsa yaxshi. Sadaqa ahli ilmga
berilsa, alar farog‘at birla ilm hosil qilurlar. Ul sadaqa berguvchi ilmning savobiga sherik
bo‘lur.
Uchinchi
sifat ulki, ba’zi darveshlar muhtojligini boylarga izhor qilmagaylar.
Darveshlikni
pinhon tutib, o‘zini behojatmand ko‘rsatgaylar. Qavluxu taolo:
«Lil-fuqaroillaziyna uhsiru fi sabilillahi lo yastatiuna zarban fil-arzi yahsabuhumul-
johilu ag‘niyoa min at-taaffufi ta’rifuhum bi-siymaahum lo yas’alunan-nosa ilhofan va mo
tunfiqu min-xayrin». (Baqara, 273).
Oyatning tafsiri ulki, johillar (bilmaydiganlar) ularni g‘aniylardan deb gumon qilurlar, ular
o‘zlarini porso va behojat ko‘rsatgan jihatidan. Bas, bu qavm o‘zlarini zakot tilamakdan
tahammul (sabr) pardasida saqlarlar.
Yana bir shart shuki, bebok (Xudodan qo‘rqmaydigan) darveshlarga sadaqa
bermagaylar.
To‘rtinchi sifat ulki, sadaqa oluvchi ayolmand, uylangan, qiz farzandlari qo‘p bo‘lg‘ay va yo
kasalmand bo‘lg‘ay. Ularning ranju hojatlari ne chog‘li ko‘proq chiqarilsa,
savobi ham
shunchalik ko‘proq bo‘lg‘uvsidur.
Beshinchi sifat ulki, sadaqa oluvchi sadaqa berguvchining tug‘ishgan xeshlaridan bo‘lg‘ay.
Bunda ham siylai rahim (qarindoshlarga mehr-muruvvat) hosil bo‘lg‘ay. Ham sadaqa bo‘lur.
Agar oxirat do‘stligi uchun bo‘lsa ham, qarindosh urug‘larga muruvvat hukmida bo‘lur.
(Zakot va yo sadaqa) agar bu sifatdagi muhtojlarga berilsa, afzalrokdur. Bular duosining
barakotidan sahovatli odam Haq taoloning amonligida bo‘lg‘uvsidur. Musulmon zakotni sayyidlar
va kofirlarga bermag‘ayki, sayyidlar zakot molig‘a behojatdurlar.
Va kofirlarga zakot
moli darig‘dur.
Zakot odobiga ko‘ra, zakot oluvchi besh vazifani o‘ziga lozim tutgay. Avvalgi vazifa ulki,
bilg‘ayki, Haq taolo bandalarini mol-dunyoga muhtoj qilib yaratibdur. Ushbu sababdan,
Haq taolo aksar bandalarga bisyor mol-dunyo ato qilibdur. Va lekin guruh bandalarini
kamoli lutfi va inoyatidan, dunyoning ranju mashaqqatidan saqlabdurki bular darveshlardur.
Ammo dunyoning ranju mashaqqatini boylarga qo‘yibdur. Va
Haq taolo boylarga farmon
qilibdurki, bandai aziz darveshlarning hojatini chiqargaylar. Toki ul azizlar dunyoning
mashaqqatidan uzilib, hamma himmatlarini Haq taoloning toati va ibodatiga qo‘ygaylar.
Toki bu azizlarning duosi boylarga kaforat (poklovchi) bo‘lg‘ay. Darveshlar sadaqa Oltanida
bu niyatni qilg‘ayki, o‘z hojatiga sarf qilib, farog‘at birla toat, ibodat qilgay. Go‘yo bir
podshoh
xos g‘ulomlarini o‘zining xos xizmatiga ta’yin qilganday.
Bu xos xizmatiga
yaramaydurgon rustoyi (qishlokda yashovchi) ekinchi va bozorchi kosiblarni xos
g‘ulomlariga tobe’ qilibdur-Xos g‘ulomlar bulardan jiz’ya va xiroj olib, ibodat hojatlariga sarf
qilgaylar. Munga o‘xshash, hazrati Malikul (Xaq taolo)ning xohishi ulki, xamma xalq ibodatni