Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
111
durust bo‘lur.
Uchinchi farz ulkim, yemak va ichmak va yo mundin o‘zga tariqa birla kursoqiga (ya’ni,
qorniga) hech nimarsa doxil qilmag‘ay. Ammo hijomat qilmoq (qon oldirmoq) va surma
tortmoq va qulog‘iga mil solmoq va yaraga paxta qo‘ymoq - ro‘zaga nuqs qilmas. Va agar
beqasd bir nimarsa yutulsa, chunonchi chivin va yo g‘ubor va yo mazmaza qilg‘onda (og‘iz
chayqaganda) suv xalqumiga yetsa nuqs qilmas. Magarkim, mazmazani mubolag‘a birla
qilib, suv halqumga (tomoqqa, bo‘g‘izga) yetsa, ro‘za fosid bo‘lur. Va agar iftor bo‘ldi deb,
iftor bo‘lmas vaqtda iftor qilsa va yo kecha o‘xshash deb, subhda saharlik yesa, qazosini
tutar, kaforat lozim bo‘lmas.
To‘rtinchi farz ulki, ramazon kunlarida xotun birla kunduzi mubosharat qilmag‘ay. Va
agar er-xotun orasida shu ish kunduzi voqe’ bo‘lsa, ro‘zasi botil (buzilgan) bo‘lur. Va agar
kechasi jimo’ qilib, subxdin keyin g‘usl qilsa, ro‘zaga (nuqs qilmas.
Beshinchi farz ulki, hech vajh birla inzol (shahvat suvining oqishi) bo‘lg‘udek ishni
qilmagay. Va agar o‘zidan emin bo‘lmasa, xotunini bo‘sa qilmoq va yo bag‘al qilmoq
(quchoqlash) birla inzoli mani bo‘lsa, ro‘zasi botil bo‘lur.
Oltinchi farz ulki, qasd birla qayt qilmog‘i durust emas. Va agar beixtiyor qayt qilsa,
(qusib yuborsa) ro‘zasi botil bo‘lmas. Agar zikom (og‘izdan suv kelishi) sababidyn va yo
o‘zga sababdin dimog‘dagi suv xalqumiga kelsa, ro‘zaga daxl (zarar) qilmas. Vaqtiki,
dimog‘din (burundin) tomog‘iga kelgan suvni yutsa, ro‘zasi botil bo‘lur (ochilur).
Ammo ro‘zaning sunnatlari ham oltitadur: Chunonchi, iftorni ta’jil birla qilmoq (kun
botdimi, og‘iz ochishga shoshiling) va saharlikni hurmat va shukrona birla yemak
va iftorni xurmo birla va suv birla ochmoq va missoq (og‘izni va tishlarni maxsus
cho‘p bilan) toza qilmoq, sadaqa va taom birla saxovat qilmoq va Qur’on tilovat
qilmoq va masjidda e’tikof (doimiy ibodat qilish uchun) o‘lturmoq, alalxusus, oxirgi
o‘n kunligida e’tikof o‘ltirmoqkim, shabi qadr (qadr kechasi) oxirgi o‘nidadur.
Hazrati rasuli akram s.a.v. bu o‘n kunni ichida makoni xobga (uxlash joylariga) bormas
erdilar. Va ahli baytlar (xonadondagilar) ham ibodatdin o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmas
erdilar.
Bas,qadr kechasi yigirma biri va yo yigirma uchi va yo yigirma beshi va yo yigirma
yettisi bo‘lg‘usidur. Bu mumkinroqdur. Avlosi (yaxshisi) bukim, bu o‘n kunda
e’tikofga o‘lturgan bo‘lg‘aykim, e’tikof o‘lturg‘uvchi qazoyi hojatga tahorat
olmoqdin ziyoda ta’xir (band, ovora) bo‘lmagay. Agar namozi janozaga borsa va yo
kasal ko‘rgali borsa va yo guvohlik bergali borsa, e’tikofi botil bo‘lmas
(buzulmas). Va e’tikof o‘lturguvchiga masjidda uxlamoq va taom yemak va qo‘lini
yuvmoqning boki (zarari) yo‘qdur.
Dostları ilə paylaş: