www.ziyouz.com кутубхонаси
156
dedikim,
«Diyonat birla tijorat qilg‘uvchi fozildurkim, shayton birla g‘azot qilur. Shayton olurda og‘ir
olib, soturda yengil sotmoqqa qasd qilur. Tojir (savdogar) aning xilofida ish qilur».
Ahmad Hanbal rahmatullohi alayxdan so‘radilar: «Nima dersan ul kishi haqidaki, masjidda
o‘tirur, Haq taolog‘a ibodat ' qilur. Ayturkim, ro‘zonamni Xudoi taolo yetkuradur». Ahmad Hanbal
dedikim: «Ul kishi johildur. Shariatni bilmas». Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo
azza va jalla mening ro‘zonamni (kundalik rizq) bandalarni salohga kelturmakka vobasta
qilibdur, ya’ni shaytonni izza qilmoqqa vobasta qilibdur». Bir kishi Ibrohim Adhamni
ko‘rdikim, o‘tun yulib (ko‘tarib) bozorg‘a ketib boradur. Aydikim: «Toki bu mashaqqatni
lozim tutarsen?» Ibroqim Adham dedikim, «So‘zlamagil!» Xabarda kelibdur, kim halol
talabida o‘zig‘a xorliqni lozim tutsa, ul kishig‘a jannat vojibdur. Hazrati rasul
alayhissalomdan:
«Mo uhiya ilayya an ijmail mola va kun minat-tojiriyna va lokin uhiya an sabbih bihamdi
rabbika va kun minas - sojidiyna va’bud rabbaka hatta ya’atiya kal yaqin».
Ya’ni, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Menga aytmadilarki, mol jam qilg‘il, tojirlar
jumlasidan bo‘lg‘il, balki dedilarki, tasbih aytg‘il, sojidlar zumrasidan bo‘lg‘il va Haq taolog‘a
ibodat qilg‘il, to oxir umringg‘acha». Bas, bu hadis dalolat qilurki, ibodat qilmoq kasb va
tijorat qilmoqdan ortiqrokdur.
Ammo kishi o‘zi va ahli ayolining hojatig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyosi bo‘lsa,
aniqki, ul kishig‘a ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmokdan ortiqroqdur. Va kishi
hojatidan ziyoda dunyo topmoq talabida bo‘lsa, ul kishida hech fazilat yo‘qtur.
Ziyonkordur, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lagan bo‘lur. Ul ,kishikim, dunyosi bo‘lmasa
va lekin hojatiga kifoyat qilg‘uncha moli vaqfdan yetib tursa, bu nav’ kishig‘a
ham, kasb va tijorat qilmaslik yaxshiroqdur. Bas, bu tariqa kishilar bo‘lg‘ayki, ilm va
shariat o‘rganmakg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay, tokim haloyiqg‘a oxirat ishini bayon qilib, manfaat
yetkurgay va yo ilmi tib o‘rgangaykim, xalqg‘a sihhati badan ishida manfaat yetkurgay va
yo kishi qoziliq ishig‘a mutasaddi bo‘lib, xalq maslahatig‘a mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi
safoyi botin (ko‘ngil ravshanligi) hosil qilib, so‘fiylarning zikr va fikr ta’limiga mashg‘ul
bo‘lsa va yo kishi ibodatda avrodga - duolarga mashg‘ul bo‘lsa, bularning rizqi xonaqodan va
vaqfdan va yo xalqning nazr sadaqasidan hosil bo‘lib, kishidan bir nimarsa tilamakka hojati
bo‘lmasa, bularga kasb va tijorat qilmokdan ibodat qilmoq yaxshiroqdur.
Buzurglardin ba’zilar bor ediki, uch yuz oltmish do‘sti bor edi. Har kuni bir do‘stining
uyida hamisha mehmon bo‘lib, toat va' ibodatga mashg‘ul bo‘lur edi va ba’zilari bor ediki,
o‘ttiz do‘sti bor erdi, har do‘stining uyida oyda bir kun mehmon bo‘lib, hamisha toat va
ibodatg‘a mashg‘ul edilar. Ammo birovdan bir narsani talab qilib, o‘zig‘a xorliq yetkurmas
edilar. Agarda maishati hosil bo‘lmasa, kishidan bir narsa tilamak gunoh jumlasidan
bo‘lgani uchun kasb va tijorat qilmog‘i yaxshirokdur. Ammo ro‘zg‘ori but bo‘lib, yetarli
bo‘lsa, kasb va tijoratdan ko‘ra ibodat qilmog‘i avlodur. Ammo boshqa iloj topmasa, zarurat
tufayli halol bo‘lur. Agar kishi martaba va darajasi baland bo‘lib, xaloyiqg‘a ilmidan
manfaati ko‘p yetsa, kishidan bir narsa tilamak birla xorliq yetmasa, ul kishiga kasb va
tijorat qilmay, ilm qilmoq yaxshirokdur. Ammo kishi ibodati zohiriyga mashg‘ul bo‘lsa, ul
kishig‘a kasb qilmoq yaxshidurki, hamma ibodatning haqiqati Haq taologa zikr
aytmoqdur. Kasb va tijorat qilmoqda ko‘nglini Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul tutqali bo‘lur.
Tijorat shariatga muvofiq bo‘lg‘ay. Bilgilki, bu bob bisyor uzun erdi, hammasini «Kitobi
fiqh»da bayon qildim. Ammo bu kitobda aksari ko‘pchilik muhtoj bo‘ladurg‘on mas’alani bayon
qilurmen. Andog‘kim, hamma bu mas’alalarni bilg‘ay. Agar mushkuli bo‘lsa, kishidan so‘rab
bilgay. Agar bu mae’alalarni bilmasa haromxo‘r va riboxo‘r (sudxo‘r) bo‘lg‘usidur.
Bilgilki, kasb va tijorat olti muomala birla bo‘lg‘usidur: bay’, ribo, salm (bay’ona), arz
va shirkat. Bas, bu akdlar (oldi-berdilar)ning jumla shartlarini bayon qilg‘umdur.