Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
164
oxiratning sarmoyasi exson qilmoqdadur. Bas, oqil ul kishidurki, oxiratning sudu 
manfaatini qo‘lidan yubormagay va muomalada ehson uldurki, o‘zini manfaatini andek 
kechikib yetkizmakdur (ya’ni, birinchi navbatda o‘zini foydasini ko‘zlamaslikdir). 
Bas, ehson darajasini olti vajh birla hosil qilg‘ali bo‘lur. 
Avvalg‘i vajh ulki, mato’ning qiymatidan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmagay. 
Agarchi xaridor hojati bo‘lg‘on jihatdan rozi bo‘lsa ham. 
Sariy Saqatiy rahmatulloqi alayh do‘konda o‘tirur edi, o‘n dirhamlik molda yarim 
dirhamdan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmas edi. 
Bir daf’a oltmish dinorga bodom olib qo‘ydi. Necha vaqtdan keyin bodomning bahosi 
baland bo‘ldi. Baqqol bodom olmoqg‘a kelib so‘radiki, necha dinorg‘a berursen? Sariy 
Saqatiy dedikim, oltmish uch dinorga olg‘il. Olg‘uvchi dedikim, bu kunda bodomning 
bahosi ziyodadur. To‘qson dinorg‘a bersang olayin. Sariy Saqatiy dediki, o‘n dinorda 
yarim dinordan ziyoda olmasmen deb niyat qilib edim. Bu niyatimni sindurmoqni ravo 
ko‘rmasman». Na baqqol kam bahog‘a va na Sariy Saqatiy ziyoda bahog‘a sotmoqqa rozi 
bo‘lmadi. Buzurglardan Muhammad ibn Munkadir rahmatullohi alayh do‘kondor 
edi. Kiyim-joma sotar edi. Bir kuni o‘zi do‘konda yo‘q edi, shogirdi bir a’robiyga bir 
jomani o‘n dinorg‘a sotti. Kelib voqeani anglatdi. Xojasi faryod qilib aytdiki, «Besh dinorliq 
kiyimni nima uchun o‘n dinorg‘a sotursen?» deb, to kechgacha izlab, ul a’robiyni 
topdilar. Muhammad ibn Munkadir dediki, «Ey a’robiy, bu kiyim besh dinordan ortiqg‘a 
arzimas». A’robiy dedikim, «Har nechuk bo‘lsa o‘zimga hisob, olg‘anim, olg‘on». 
Muhammad dediki, «Men o‘zimga ravo ko‘rmagan ishni yana birovga ravo 
ko‘rmasmen. Yo savdoni buzib, mendin pulingni qaytarib Oltil yo bo‘lmasa o‘n 
dinorliq kiyim olg‘il, yo‘qsa mendan besh dinor pulni qaytarib Oltil». A’robiy besh 
dinorni qaytarib oldi. So‘radiki, bu kimdur? 
Aytdilarkim, Muhammad ibn Munkadirdur. A’robiy aytdikim, «Subhonalloh, 
Subhonalloh! Bu kishidurkim, bir bodiyyada yomg‘ur talabida chiqqanimizda 
muning nomini aytsak, yomg‘ur yoqqan edi. Bu tariqa kishi ham bo‘lur ekan. Men 
bodiyaga borib, bilmaydurg‘on xalqg‘a bu kishini otini aytib berurman,» deb ketdi. 
Salaf rahmatullohi alayhning odatlari savdoni ko‘p qilib, foydani oz ko‘rmakni 
muborak bilur edilar. Hazrati Ali karramalloqu vajha Kufaning bozorida qichqirib 
yurur edilar, «Ey musulmonlar! Oz foyda ko‘rmakni rad qilmanglarki, 
oxiratni bisyor foydasidan mahrum qolursizlar!» Abdurahmon ibn Avf r.a.dan 
so‘radi, «Muncha (boylik) va dunyodorliq nima jihatdandur?» Aytdikim, «Oz 
foydani rad qilmag‘onimda, izhordurki, har kuni ming tuya sotdim. Bir ming tizbog‘i 
foyda tegdikim, har birini bir dirhamdin olur edi. Bas, ming tuyada ming dirham 
foyda qildim». 
Ikkinchi vajh ulki, darveshning mato’ini (kambag‘alning molini) qimmatbahog‘a 
olg‘ayki, to ularga ko‘proq foyda bo‘lg‘ay. Bvva xotinlar va yupun norasidalarning 
qo‘lidagi mollarini qimmatbahoga sotib olg‘aykim, sadaqa bergandan yaxshiroqdur. 
Kishi shu tariqada ish tutsa, hazrati rasuli akram s.a.v.ning duolari anga yetar: 
Qola nabiyi alayhissalom: «Rahimal lohum-amran sahlal-bay’i vash-shifo». Ya’ni, 
rahm qilg‘ay Alloh taolo ul kishig‘aki, oson va yengil qilibdur olmoq va sotmoqni. 
Ammo boylardin bir nima olmokda va sotmoqda, arzon olib, arzon sotilsa, 
oluvchilarga ancha manfaatli bo‘lur. Hazrati imom Hasan va imom Husayn r.a. 
bozordan har nimarsa olur bo‘lsalar, arzon olmoqg‘a harakat qilur edilar. Bir kishi 
savol qildiki, «Yo imom, har kuni necha ming dirham xaloyiqg‘a ato qilursiz, 
savdo ishida esa arzon olmoqg‘a haddan ziyoda sa’iy ko‘rguzursiz, buning sababi 
nimadur?» Hazrati imom javob berdilarki: «Xalqg‘a berganni Xudo uchun berurmen. 
Xudo uchun berur narsa harchand ko‘p bo‘lsa ham ozdur. Ammo savdoda zarar 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin