www.ziyouz.com кутубхонаси
162
«Bu nimadur?» Ul kishi aytdikim, «Suvga tushib edi». Hazrati r.a.s. aydilarki, «Har kishi
makr-firib qilsa, ul kishi mani ummatim emas».
Bir kishi yuz dirhamg‘a bir xachir sotdi, oyog‘ida aybi bor edi. Xaridor ul aybni
ko‘rmay xachirni sotib olib, yo‘lga kirdi. Sahobalardin Vosil ibn Sa’d r.a. hozir edilar.
Xaridorning orqasidan yetib, xachirning aybini aytdilar, xaridor xachirni egasiga
qaytarib berib, yuz dirhamini oldi. Xachir sotgan (odam) Vosilga dediki, «Nima uchun
o‘rtadagi bay’ni taboh qilursiz? (nima uchun savdoni buzyapsiz) Vosil r.a. dediki, «Aning
uchun taboh qilurmanki, hazrati Rasul a.s. dan eshitibdurmen, halol emas, bir kishi bir
narsani sotib, aning aybini xaridordan bekitgan bo‘lsa va halol emas aybini bilib
turib, oshkora qilmasa».
Hazrati Rasul a.s. aytibdurlar: «Haq taolo mani mundayin musulmonlarg‘a nasihat
qilmoq va shafqat qilmoq uchun bay’at (ahd-paymon) olibdur». Bas, aybni pinhon
qilmoq iymondan emasdur. Bilgilki, rostliq birla muomala qil\4oq qiyin. Ammo ikki
ishni lozim tutsa, oson bo‘lur. Biri buki, aybliq matoni sotmoq ravo emas va agar sotsa,
aybini aytib sotg‘ay. Firib qilmag‘ayki, la’natg‘a sazovor bo‘lur. Xiyonat birla jam qilg‘on molining barakati bo‘lmas. Bir kishining bir sigiri bor edi. Sutig‘a suv qo‘shib sotib, nechand sigir jam qildi. Bir kuni
sel kelib, ul sigirlarning hammasini oqizib ketdi. Ul kishining norasida bolasi bor edi,
dedikim: «Ey padar, sutg‘a qo‘shqon parokanda suvlar yig‘ilib kelib, sigirlarni olib ketdi».
Hazrati Rasul a.s. aytibdurlar: «Kishiki, olmoq va sotmoqda xiyonat qilsa, barakat ko‘tarilur.
Barakatning ma’nosi ulki, bir kishining ozgina moli bo‘lib, barakoti bo‘lsa, o‘zig‘a va ham
kishig‘a bahramandlik yetib, bisyor hayrotlar paydo bo‘lg‘ay. Bir kishi bo‘lurki, ani dunyosi
ko‘p bo‘lib, dunyo va oxiratda o‘z halokatig‘a sabab bo‘lur. O’zig‘a va boshqalarga undan
osoyish va bahramandlik nasib etmas.
Bas, bo‘lg‘ayki, Alloh taolodan barakot talab qilg‘ay. Dunyoning ziyodaligini talab
qilmag‘ay. Barakat tinchlik va ofiyatliq va rostlikdadurki, har kishi ishonchli va rostliq birla
mashhur bo‘lsa, hamma xaloyiq uning birla savdo va muomala qilmoqni istar.
Ikkinchi, bilg‘ayki, umrning muddati yuzdan ziyoda emastur va oxiratning kunlari
ko‘pdur, nihoyati yo‘kdur. Bas, necha kunlik umr uchun dunyo yig‘moqg‘a firifta bo‘lib,
oxiratning abadul-abad nihoyatsiz kunlarini o‘zini azobu uqubatg‘a sazovor qilmoq
aqldan emasdur. Bo‘lg‘ayki, bu nasihatlarni ko‘ngilda tutib, xiyonat va badniyatlig‘ni
ko‘ngil haramig‘a yo‘latmagay.
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Musulmonlar Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib, kalimai
«Lo iloha illalohu Muhammadur-rasululloh» x.imoyatig‘a kirar. Vaqtiki, dunyo muxabbati
ziyoda bo‘lib, bu kalimai sharifni aytsalar.
Haq taolo ayturkim, «Yolg‘on aytursenki, tilingda kalimai «Lo iloha illallohu
Muhammadur-rasululloh» va ko‘nglingda esa dunyo muhabbatidur».
Uchinchi narsa ulki, tarozuda tortib sotadurg‘on narsada hech makr, firib qilmag‘ay. Rost
(to‘g‘ri) tortg‘ay. Xudo azza va jalla kalomi majidda xabar berurkim:
«Vaylun lil-mutaffafin». (Mutaffifun, 1). Ya’ni: Voy ul toifaning holigakim, berur bo‘lsalar kam tortib berurlar va olur bo‘lsa ziyoda tortib olurlar». Sahoba va tobe’iynning odatlari ul ediki, bir nima olur bo‘lsa, andek yengilroq tortib
olur edilar va aytur edilarki, «Bu bir hovuch oshliq bizning va do‘zaxning orasida hijobdur».
Va aytur edilar: «Ablah ul kishidurki, bir hovuch oshliqqa jannatni do‘zaxga sotg‘ay».
Hazrati Rasul alayhissalom har vaqt bir narsa olur bo‘lsalar, aytur edilarkim: «Rost tortg‘il,