www.ziyouz.com кутубхонаси
163
andek yengilroq tortg‘il». Fuzayl Ayoz rahmatullohi alayh o‘g‘lini ko‘rdiki, kishig‘a bergali
oshliq tortgali turib, naqshning orasig‘a kirib qolg‘on kirni pok qilib tortti. Fuzayl dediki,
«Bu ishing hajdagi umradin fozilroqdur. Salaf rahmatullohi alayh aytur: «Kishikim, ikki (xil)
tarozi tutquvchi bo‘lsa, andin fosiqroq odam yo‘qdur». Ya’ni, olmoq uchun og‘ir va
sotmoq uchun yengil tutguvchidan fosiqroq kishi yo‘qdur. Bas, xamma musulmonlarga
vojibdurki, savdo va muomala ishida rostlik va adolatni lozim tutgay. Haq subhonahu va
taolo xabar berur:
«Va in minkum illo voriduho kona ala robbika hatman maqziyyan». (Maryam, 71). Oyatning mazmuni: «Hech kishi yo‘qdurki, do‘zaxga kirmagay, faqat ul kishi xalos toparki, rostlik va adlni lozim tutubdur». To‘rtinchi vajh ulki, matoning narxida hech makr va firib qilmagay. Rasul alayhissalom
nahiy qilibdurlar, ul ishniki, savdogar barchadan avval karvonning oldiga borib. shahardagi
narxni yashirib, matohni arzon narxda Oltaylar. Kishi bu tariqa ish qilsa, matoh egasiga
lozimdurki, qilingan bayni, ya’ni savdoni bekor qilgay. Va yana aytibdurlar: «Matohni
o‘z bahosidan ortiqroqqa yana birovga qimmatbahoga olib bermagay». Harchand bunday
savdolarga zohir shariatda durustligiga fatvo berurlar, va lekin haqiqatda gunohkor
bo‘lurlar.
Tobe’inlardan birlari o‘z xizmatkorini Basra shahridan Tus shahriga savdoga
yubordi. Xizmatkor xojasiga maktub bittiki, «Bu yil shakarga ofat yetti. Bu xabar
hammaga oshkor bo‘lguncha shakarni ko‘p sotib olsunlar». Esa xojasi ko‘p shakar oldi.
Bir muncha vaqtdan keyin shakarni sotib, o‘ttiz ming dirham foyda qildi. Xoja
taammul qilib (o‘ylab ko‘rib) dedikim, «Shakarga ofat yetganini xalqdan yashirib,
musulmonlarga makr va firib berib edim, bu nechuk ravo bo‘lgay?» deb, o‘ttiz ming
dirhamni olib, shakar sotguvchi qoshiga borib dedi: «Bu sening haqingdur». Shakar
sotgan dedikim: «Nima uchun?» Xoja voqeani bayon qildi. (Shakar sotuvchi) «Bay’i
savdoni o‘z ixtiyorim birla qilgan edim, senga baxsh qildim», deb olishga unamadi.
Xoja uyiga qaytib, kechasi o‘y-andisha qilib, dedikim: «Shoyad m gndan uyalib
olmag‘ondur». Ertasi (Yana shakar Oltan joyiga borib) o‘ttiz ming dirhamni zo‘r birla
berib qaytdi. Bilgilki, olmoq va sotmoq ishlarida makr va firib yoki ziyon bo‘lgudek
ishni zinhor qilmasinlar. Bas, bu bobning tafsili uzoq edi, munchalikka muxtasar
qildim.
FASL
Bay’dagi ehson bayonida
Bilgilki, Haq taolo bandalarini adl va ehson qilmoqg‘a farmon qilibdur.
Qavluxu taolo:
«Innalloha ya’muru bil-adli val-ehson», (Nahl, 90). Oyatning tafsiri: «Alloh taolo amr qiladur bandalarini adl qshgmoq va ehson qilmoqg‘a». Yuqoridagi bob adl bayonida erdi. Bu bobda .eqsrnni bayon qilurmen. Chunonchi Xudo
azza va jalla xabar berur: «Inna rahmatallohi qariybun minal-muhsiniyn” (A’rof, 56). Ya’ni: «Alloh taoloning rahmati exson qilg‘uvchilarg‘a yaqinroqdur». Bas, kishi rostliq
qilmoqg‘a qanoat qilibdur, haloldan dunyolik sarmoyasini jam’ qilibdur, ammo