Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
166
Avvalg‘i ehtiyot ulki, har kuni bomdoddan keyin yaxshi niyatlarni ko‘nglida toza
qilg‘ay. Bu niyat birla bozorg‘a borg‘ayki, o‘zini va ahli ayolining rizqini qo‘lg‘a
kelturgay, farog‘at birla kun o‘tkirgay va balki Xudoi taoloning ibodatini qilmoqda
betashvish bo‘lg‘ay va niyat qilg‘ayki, amri ma’rufni bajo kelturgay. Vaqtiki, bu
niyatlarni qilsa, qilg‘on ishlari oxiratlik amalig‘a hisob qilinur. Dini-iymoni qaviy
(kuchli) bo‘lur. Agar dunyolig‘dan bir bo‘lagini qo‘lig‘a keltursa barakat hosil bo‘lur.
Ikkinchi extiyot ulki, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lamagay. Bir kun farovon umr ko‘rmagini
jazm qilmag‘ay. Agar hunarmand bo‘lmoqni xoxlasa, xaloyiqg‘a manfaati yetadurg‘on
hunarni ixtiyor qilg‘ay. Shariat hukmida makruh nimarsalarni qilmoqni ixtiyor qilmagay.
Chunonchi zargarlik va abrishim (ipak) mato to‘qimoqni erkaklar iste’mol qilmagi
makruhdur. Xabarda kelibdurkim, tijoratning behroqi dehqonchilikdur
va hunarning
yaxshiroqi do‘zandalikdur (tikuvchilik). Xabarda kelibdurki, agar
tijoratmandlardan jannatga kirsa dehqon kirar va hunarmandlardan do‘zaxga
kirsa sarrof (pul almashtiruvchi) kirar.
Uchinchi ehtiyot ulki, dunyo bozorlari ani oxirat bozoridan man’ qilmag‘ay. Oxirat
bozoridan masjidlardurki, masjidda namoz o‘tamakdan va zikr tasbih aytmoqdan
g‘ofil bo‘lmag‘ay. Haq taolo xabar berur:
«Yo ayyuhallazina o’manu, lo tuhlikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh».
(Munofiqun, 9).
Xudoi taolo aytur: «Ey iymon keltirganlar, mol-dunyoingiz va avlodingiz sizni Xudo
taolo zikridan to‘xtatmag‘ayki, ziyonkor bo‘lursizlar». Hazrati Umar r.a.
savdogar va
hunarmandlarga aytur edilarki, «Avval kunda oxirat amalini qilinglar, andin keyin dunyo
ishig‘a mashg‘ul bo‘linglar». Va muqaddamlar odatlari ul erdiki, ertayu oqshom oxirat
ishig‘a mashg‘ulluq qilur edilar. Yo masjidda Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar va
yo ulamolar majlisida hozir bo‘lur edilar.
Xabar kelibdurki, har kuni farishtalar
bandaning qilg‘on amal xatini osmong‘a elturlar. Kunning avvalida va oxirida yaxshi
amal qilg‘on bo‘lsa, bu ikki vaqtning orasida qilg‘on gunohini mag‘firat qilurlar. Xabarda
kelibdurki, kecha va kunduzning farishtalari har bora navbatlarin tugatib
bo‘lganlarida Haq taolo xitob qilurki: «Farishtalarim, bandalarimni qaysi holda qo‘yib
keldinglar?» Farishtalar aytur: «Namoz o‘qib qoldilar». Haq taolo aytur: «Guvoh
bo‘linglarki, ul bandalarimni mag‘firat qildim, xar vaqtiki, azon
ovozini eshitsalar, qilur
ishdan to‘xtab, javob bergaylar».
To‘rtinchi ehtiyot ulki. bozorda zikr, tasbih aytmoq va Xaq taoloni yod qilmoqdan
g‘ofil bo‘lmag‘ay va bilgayki, hamma olamning foydasini qo‘lig‘a kiritish, Haq taolo
zikridan bir soat g‘ofil bo‘lg‘ong‘a arzimas. Xazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi
bozorg‘a kirsa va aytsakim: «Lo iloha illallohu, vaxdahu,
lo sharika lahu, lahul-mulku va
lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va
huva hayyun lo yamutu, bi-yadihil hayru va xuva ala kulli shay’in qadiyr», ul kishig‘a
ming-ming savobni biturlar. Hazrati shayx Junayd rahmatullohi alayh aytur: «Bozor ichida
bir odam borki, har kuni uch yuz rakaat namozning savobini topar, o‘ttiz mipg gasbih
aytur.
Al-hosil har kishiki, dunyo topmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsa, oxiratlik sarmoyasidan g‘ofil
bulmag‘ay va kishikim dunyo jam’ qilmoq vasvasasig‘a qolibdur, agarchi masjidda
bo‘lsa ham parokandalik va tashvishlikdin forig‘ bo‘lmas».
Beshinchi ehtiyot ulki, bozorg‘a chiqmoqqa o‘ch bo‘lmag‘ay. Andog‘ki: bozorga
kirar xalqning avvali va bozordan chiqar xalqning oxiri bo‘lmag‘ay. Dunyo galabida
uzoq, xatarnok safar ixtiyor qilmag‘ayki, harisliqniig dalilidur. Maoz Jabal r.a. aytur:
«Iblis alayhi lananing‘ bir o‘g‘li bordurkim, oti Sud(Foyda)dur. Iblis
bozor xalqini