www.ziyouz.com кутубхонаси
167
yolg‘on ont ichmoq, makr va xiyonat qilmoqg‘a targ‘ib qilmoq uchun o‘z o‘rnida
noib qo‘yg‘ondur. Alalxusus, bozorga ilgari kirib, keyin chiquvchilar birla to‘la
xamrohchiliq qilib, makr, firib qilur. Bas, bo‘lg‘ayki, bozorg‘a chiquvchi
kechroqchiqqay. Kundalik nasibasiga kifoyat qilg‘uncha foyda topsa, uyig‘a ertaroq
qaytg‘ay.
Xabarda kelibdurki, bozor xalqining yomonrog‘i uldurki, bozorg‘a hammadin ilgari
borgay va hammadin keyin uyiga qaytgay. Salaf rahmatullohi alayxdan bir guruh bor
edilarki, bozorg‘a haftada bir kundan ziyoda chiqmas edilar va har kuni chiqqanlar ham
namozi peshingacha bo‘lib, so‘ng uylariga qaytar edilar.
Oltinchi ehtiyot ulki, shubhali ishlardan yiroq bo‘lg‘ay. Haromg‘a yo‘llamag‘ayki,
osiy va fosiq bo‘lur va zolimlar zulmida yordam beradirgan narsalarni sotmag‘ay.
Yettinchi ehtiyot ulki, har kishi birla muomala qilsa, rostlik birla hisob qilg‘ay.
So‘zlar so‘zida va qilur ishida, olish va berishda rostliq pesha qilg‘ay. Buzurglardan
biri savdogarni tushida ko‘rdi. So‘radiki: «Xudoi taolo senga nima qildi?» Savdogar
aytdi: «Ellik ming parcha xat oldimga kelturdiki, hammasi gunox va mas’iyat bitilgan
xatlar ekan. Aytdilarkim: «Sen dunyoda ellik ming kishi birla savdo qilib eding, ul
muomalaning xatidur». Ko‘rdumki, avvalidin oxiri hammasi mening qilgan amalimning
xatidur. Bildimki, zarra chog‘lik narsada makr, firib bo‘lib o‘tsa, hammasi ma’lumdur.
Muvohaza (jazo. ta’zirini) torgmasga hech chora yo‘qtur.
Bilgilki, bu zamonada muomala amalini bilguvchilar ma’dum (yo‘q) va diyonat va rostliq
qilg‘uvchilar noma’lumdur. Bas, o‘n sunnatdan birini bajo keltursa, savobi aziym
topg‘usidur. Xabarda kelibdur, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimg‘a bir
zamona kelurki, sizlar qilg‘on ehtiyotlardan o‘ndan birini bajo keltirsalar kifoyadur».
Arz qildilarki, «Nima sababdan?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki, sizlar ehtiyot
ishlarini qilmoqda bir-birlaringiz yorsizlar, oxir zamondagi ummatlarim g‘ofillararo
g‘aribdurlar. Bilgilki, bu ehtiyotlarni bajo keltirmak oson emas. Kishining oxiratni
dunyodan sharofatlik ekanig‘a iymoni bo‘lsa, oxiratning abadul-abad rohati uchun besh
kunlik dunyoi foniy mehnatini tortmog‘i osondur.