Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
174
qilmoq bayonida.
FASL
Beg‘araz, samimiy do‘stlar fazilati bayonida
Musulmonni xudo yo‘lida do‘st tutmoqliq ibodatdan fozilrokdur. Hazrati rasuli
akram s.a.v. aytibdurlar: «Xudoi taolo bir kishiga
yaxshilikni xoxlasa, ul kishig‘a
do‘stluq va yoru muvofiqni ato qilur, agar Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lsa, yodig‘a
keltirur va agar zokir bo‘lsa, yovar (yordamchi, madadkor) yetkizur. Va aytibdurlar,
kishikim, (bir) musulmonni Xudo rizosi uchun do‘st tutsa, Xudoi gaolo ul kishig‘a
jannatda bir daraja ato qilurki, mundan o‘zga hech amal
birla ul darajaga yetib
bo‘lmas».
Abu Idris Xavloniy r.a. Maoz r.a.ga dediki: «Men seni rizoyi Xudo uchun do‘st
tutdim». Maoz dedi: «Bashorat, ya’ni, xushxabar sengakim, Rasul alayxissalom
aytib edilar: «Qiyomat kuni Arshning atrofiga aylana qilib kursilar qo‘yarlar. Bir
guruh odamlar o‘ltururlarki, yuzlari to‘lgan oydek.
Hamma xalq qiyomatning haybat va shiddatida bo‘lurlar. Boshqa tamomi xalq do‘zaxning
anduh va vahshatida bo‘lurlar. Alloh yo‘lida do‘stlashganlar esa mumtain, ya’ni, tinch
oromdadurlar. Ularda na g‘am va na anduh yo‘qdur».
Saxobalar
arz qildilarki, «Yo rasulalloh, qaysi toifalardur?» Hazrati rasul
alayhissalom aytdilar: «Al-mutahabbun filloh».
Ya’ni, ular shunday toifadurlarki, bir-birlarini Alloh uchun yaxshi ko‘rib,
muhabbat bilan
do‘st tutuvchidurlar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir-birlarini Xudo uchun do‘st
tutquvchilarning Haq taolog‘a yaqinrog‘i uldurki, qaysi birining do‘stligi ziyodaroq bo‘lsa».
Yana aytibdurlar: «Xudoi taolo aytur: «Haq va rostdur mani do‘stligim ul kishilargaki, bir-
birlarini mening uchun do‘st tutarlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a o‘z mollarini
nisor qilurlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a mushkul ishlarda yordam berurlar».
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni nido qilur: «Qayondur ul
bandalarimki, maning uchun bir-birlarini do‘st tutib edilar, toki ularni o‘z rahmatim
soyasig‘a olg‘aymen».
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yetti toifadurki, Haq taolo lutfi karami
soyasida bo‘lurlar: «Avval - podshohi odil.
Ikkinchi - yoshligidan umrining oxirigacha Alloh azza va jallaning toatida o‘tibdur.
Uchinchi ul kishiki, masjiddan chiqsa, to yana masjidga kirguncha ko‘ngli masjidda
bo‘lsa.
To‘rtinchi ul kishiki, bir-birini ko‘rganda va g‘oyibda Xudo uchun do‘st tutibdur.
Beshinchi ul kishiki, xilvatda Xudoi taologa ko‘p-ko‘p zikr aytsa.
Oltinchi ul kishiki, ani davlatmand va chiroylik xotin zino qilmoqg‘a undasa, bu
kishi
Alloh taolodan qo‘rqib, o‘zini yiroq qilsa.
Yettinchi ul kishiki, o‘ng qo‘li birla sadaqa qilib, chap qo‘li ogoh bo‘lmasa».
Naql qilibdurlarki, bir odam o‘z do‘stini ziyorat qilmoqg‘a borur edi, Haqtaolo farishtani
yubordi. Farishta kelib aytdi, na yerga borursen? Ul kishi falon do‘stimni ziyorat qilg‘ali
borurmen, dedi.
So‘radikim, bir hojat uchun borurmusen? Aytdi, hech hojatim yo‘qdur. So‘radikim,
urug‘-xeshingmu? Aytdikim: «Yo‘q, qarindosh emasdur». So‘radiki, «Bir
yaxshilikni
ko‘ribmu erding?» Aytdikim: «Ko‘rmadim». Farishta aytdikim, «Nima uchun,
borursen?» Ul kishi aytdi: «Menga Xudo ato etgan do‘stimdur». Farishta aytdi,
«Xudoi taolo mani senga yubordi. Bashorat berurmen sengakim, sen ul kishini rizoyi
Xudo uchun do‘st tutgan sababdan seni Alloh taolo do‘st tutdi. Senga
jannatni vojib