Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Do‘stlar - suhbatdoshlarning haqlari va shartlari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Do‘stlar - suhbatdoshlarning haqlari va shartlari 
Bilg‘ilki har kishi suhbat qilmoq va do‘st bo‘lmoqga yaramas. Bas, ul kishi birla do‘st 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
177
va hamsuhbat bo‘lg‘ilki, aningda uch xislat bo‘lg‘ay: 
Avvalgi xislat - oqil bo‘lsinki, axmoqdan va aning suhbatidan foyda yetmas. 
Bil’aks, oxiri bu kishig‘a ham ahmoqlig‘i siroyat (ya’ni ta’sir) qilur. Axmoq uldurki, 
senga yaxshilik qilmoqni xohlar, ammo senga ziyon bo‘ladurg‘on ishni qilar. 
Axhmoqdan yiroq bo‘lmoq Haq taolog‘a yaqin bo‘lmoqdur. Axmoqni yuzig‘a qaramoq 
gunohdur. Bas, axmoq uldurki, yaxshi-yomonni, to‘g‘ri va egrilikni farqlashga farosati 
yetmas. Anga yaxshilik qilsang fahm qilmas. 
Ikkinchi xislat - xush fe’llik va chiroyli muomaladur. Buning aksi - kim yomon 
xulqni tark etmasa vaqti kelib, yomon odati, badxuyligi tutib qolsa, xaqiqatni va 
barcha yaxshi xislatlarni zoye’ qilishlikdan xor qilmas (uyalmas). 
Uchinchi xislat - salohdur. Gunoh, ma’siyatga rag‘bati bor (salohsiz) odam 
Xudoi taolodan qo‘rqmaydi va andisha qilmaydi. Kimki Xudoi taolodan qo‘rqmasa, 
anga e’tiqod qilib bo‘lmas. Chunonchi, Xudoi taolo xabar beribdur: 
«Va lo tuti’ man ag‘falno qalbahu an zikrino vattaba’a havohu». (Kahf,28). 
Oyatning tafsiri: «Itoat qilmanglar va ergashmanglar ul kishig‘aki, g‘ofil qilduq ani o‘z 
zikrimizdan va ul kishi o‘z nafsining xohishiga qarab ish qilur». 
Agar mubtadi’ (bid’atchi) bo‘lsa, aningdin yiroq bo‘lg‘ilki, aning bid’ati va shumligi 
senga yetar. Hazrati Imom Ja’far Sodiq r.a. aytibdurlar: Besh toifa suhbatidan yiroq bo‘lg‘il 
va xazar qilg‘il: 
Avvali - yolg‘onchiki, ani yolg‘oniga aldanib, mag‘rur bo‘lursen. 
Ikkinchi - axmoqki, senga manfaat yetkururman deb ziyon yetkurur. 
Uchinchi - baxil kishi senga manfaat yetar vaqtda sendan qochar. 
To‘rtinchi - tangdil (yuragi tor) odam muhtojlik vaqtida uzoqlashar. 
Beshinchi - fosiqki, seni bir luqmaga sotar. 
Bilgilki, bu xislatlarning hammasi bir kishida jam’ bo‘lmog‘i kamdur. Va lekin kishi 
birla chin do‘st, ulfat bo‘lmoqni xohlasang, xushfe’l, ya’ni insonga yoqimli, xush tabiat, 
xush xulq kishini talab qilg‘il. Va do‘stlikka ul kishini ixtiyor qilg‘ilki, din ishida ul senga 
manfaat yetkurgay va yo sen anga manfaat yetgurgaysen. Suhbat va do‘stlik huquqini 
bilgilki, aytibdurlar, ikki do‘stliqning misoli ikki qo‘lg‘a o‘xshashdur, bir-birini yuvib, pok 
qilur. 
Do‘stlik haqqi, do‘stlarning o‘zaro ado etiladigan burchlari ko‘pdir. (Do‘stlar o‘n 
burchini bilsinlar). 
Avvalo, inson o‘zida bo‘lgan barcha mol-dunyo, boyliklardan ko‘ra do‘stlikni ko‘proq 
qadrlashi va do‘stdan bor narsasini ayamasligi va darig‘ tutmasligi shartdir. O’zining 
do‘stini eng yaqin kishisidek hurmat qilib qadrlagay. Fath Mo‘siliy rahmatullohi alayh 
do‘stining uyiga bordi. Do‘sti uyda yo‘q edi. Kanizagiga dediki: «Sanduqchani olib chiq». 
Kanizak sanduqchani olib chiqdi. Ichidan xoxlag‘onini olib, uyiga qaytdi. Kechasi xoja 
uyiga kelib kanizakdan voqeani angladi. Bu ishning shodlig‘idan kanizakni ozod qildi. 
Hazrati rasul alayhissalom bir kuni sahrog‘a chiqib edilar. Sahobai kirom hamroh 
erdi. Ul sahrodan ikki misvok oldilarki, biri rost - to‘g‘ri, yana biri kaj - qiyshiq edi. 
Kaj misvokni o‘zlari olib, rostini (ya’ni, yaxshisini) sahobag‘a berdilar. Sahoba 
aytdiki: «Yo rasulalloh, janobingizg‘a to‘g‘risi loyiQookdur». Rasuli akram s.a.v. 
aytdilarki: «Ikki kishi bir soat hamsuhbat bo‘lsa qiyomat kuni aningdin savol qilurlarki, 
suhbatning haqqini rioya qilibdurmu va yo zoye’ qilmish?» Ishorat qildilarki, «Suhbat 
haqqini ado qilg‘on, rafiqig‘a manfaat yetkurgondur». Va yana aytibdurlar: «Ikki 
hamsuhbat bo‘lg‘on kishilardan Haq taolo ani do‘st tutarkim, qaysi muloyim va 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin