www.ziyouz.com кутубхонаси
180
do‘stini qiyinchilikka solib qo‘yg‘ay».
O’ninchi haq ulki, o‘zini hamma do‘stlaridin kam tutg‘ay. Do‘stlaridan hech nima tama’
qilmag‘ay va do‘stlik haqqini ado qilg‘ay.
Bir kishi shayx Junayd rahmatullohi alayh qoshida aytdiki, «Bu zamonada do‘sti aziz
noyobdur». Bu so‘zsh-knecha marotaba takror qildi. Shayx Junayd aytdi, «Agar anyaog‘
kishini xohlasangki, sani ranj va alamingni tortg‘ay, andog‘ kishi kam va noyobdur.
Agar andog‘ kishini izlasangki, sen ani ranj va alamini ko‘targaysen, bu qism kishilar
juda ko‘pdir. Vallohu a’lam bis-savob». (Hayot va turmush tajribasidan ma’lumdurki,
Shayx Junayd alayhi rahma aytganlaridek, agar sen o‘zing shu do‘stlikni boshlab bersang,
ya’ni do‘stlarga vafodor, meqribon, g‘amxo‘r, ularning og‘irini yeng‘il qiladigan
jonkuyar, hojatbaror bo‘lsang, senga ham do‘sti sodiq bisyor topilgay).
FASL Ahil, birodar musulmonlarning haq-huquqlari Bilgilki, har kishining haqi senga nisbatan yaqinlik miqdorig‘a qarab bo‘lurki, yaqinlik
nechand darajadur. Hammadin kuchliroq do‘stlik bu Xudo uchun samimiy do‘stlikdur,
ular haqi yuqorida zikr qilindi. Agar inson musulmonliqda (savobda va yaxshi ishlarda) do‘st
bo‘lsa, ancha huquqi bordur.
Avvalgi haq ulki. nimani o‘zig‘a ravo ko‘rmasa, hech mulsumong‘a ham ravo ko‘rmagay.
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmonning hammasi bir tang‘a o‘xshashdur.
Agar bir a’zosig‘a ranj yetsa, hamma badanga ranj bo‘lur». Va aytibdurlar: «Kishi do‘zaxdan
xalos bo‘lmoqni xohlasa va o‘lar vaqtida kalimai shahodatni tilig‘a joriy bo‘lmog‘ini xohlasa,
o‘z nafsig‘a ravo ko‘rmaganni hech musulmong‘a ravo ko‘rmagay». Muso alayhissalom
aytibdurlar: «Yo rab, bandalaringdan kim oqilroqdur?» Haq taolo aytdi: «Ul kishi
oqilroqdurki, hamma ishni insof bilan qilsa».
Ikkinchi haq ulki, hech musulmong‘a qo‘li va tilidan ranj yetmagay. Hazrati rasul
alayhissalom aytdilarki: «Bilurmisizlar musulmonlar kimdur?» Sahobalar aytdilarki: «Xudo
va rasuli Xudo yaxshiroq bilguvchidur». Aytdilarki, «Musulmonlarning tani va joni aning tili va
qo‘lidan emin bo‘lsa». Va yana aytibdurlar, «Xdlol emasdur hech musulmong‘a zarra chog‘liq
ranj va ozor yetkurmog‘liq va halol emas hech musulmong‘a zulm va taaddi (tajovuz)
qilmoq».
Mujohid r.a. aytur: «Ahli do‘zaxga xorish (qichima) kasalini musallat qilur.
Kasallarining zo‘rligidan o‘z badanlarini shunday qashirlarki, hatto go‘shtlari pora-pora
bo‘lib ustixonlari ko‘rinib qolur. Badanlarini haddan tashqari qichishganidan shunday dard-
alam, ranji chandon ziyoda bo‘lib, faryod qilurlar. Bas, munodiy (nido) qilurlarki, «Ey,
do‘zaxiylar, bu ranj nechukdur?» Faryod qilurlarki, «Parvardigoro, mundin qattig‘ ranj
ko‘rmagan bo‘lg‘aymiz». Nido kelurki, «Dunyoda musulmonlarg‘a ranj va alam yetkurur
erdinglar, aning mukofoti ushbudur».
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Jannatda bir kimsani ko‘rdimki, sayr qilur.
Amalini so‘radim, yo‘l uzasidagi daraxtning pastdagi shoxini kishiga ozor yetmagay deb
kesib erkan».
Uchinchi haq ulki, hech kishig‘a takabburliq qilmag‘ay, Xudoi azza va jalla
takabburlik qilg‘uvchilarni dushman tutar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Vahiy keldi mengaki, mutavoze’, xushmuomala bo‘lg‘il. hech bir kishig‘a takabburlig‘
qilmag‘il deb».
Ushbu sababdan hazrati rasul alayhissalom qari beva ayollar va miskinlar
eshigig‘a (alarning) hojatlarini ravo qilmoq uchun borur edilar va hech bir
musulmong‘a haqorat nazari birla qaramaganlar.