Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
183
Haq taolo aytibdur: 
«Lo tadxuluu buyutan g‘ayra buyutikum hatta tasta’nisuu va tusallimu-ala ahliho». (Nur, 
27). 
Ya’ni, «Ruxsatsiz va salomsiz kishining uyiga kirmanglar». Sen ruxsatsiz kirding va salom 
qilmading. 
Hazrat Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Agar tavba qilsam gunohimdan o‘tarmusizlar, agar 
sizlarni sharob ichib gunoh ishlar qilganlaringni kechirsam, sizlar ham tavba qilurmisizlar?» 
Alar aytdilar: «Tavba qilamiz, agar afvu qilsang. Mundan keyin hargiz mundog‘ gunoh 
ishlarni qilmasmiz». 
Hazrati Umar afu qildilar va u kimsalar tavba qildilar. 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishi quloq solsaki, odamlarning so‘zig‘a nima 
deydur deb va odamlar bu kishining ul so‘zni eshitmagini xohish qilmaydur, qiyomat kuni 
ul kishining qulog‘iga qo‘rg‘oshin quyilg‘ay». 
O’n uchinchi haq ulki, kishig‘a tuhmat qilmoqdan yiroq bo‘lg‘ay. To musulmonlarning dilini 
gumoni bad va g‘iybatdan saqlagay. Har kishiki, yana birovning gunoh ishlarni 
qilmog‘ig‘a sabab bo‘lsa, ul gunohga sherik bo‘lg‘ay. 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holigaki, o‘z ota va 
onasini dashnom qilsa?» Sahobalar aytdilar, «Bu qandog‘ kishidurki, mundog‘ qilg‘ay?» 
Aytdilar: «Ul kishidurki, odamlarning ota va onasini so‘kg‘ay va odamlar esa aning ota va 
onasini so‘kg‘ay». 
Bir kimsag‘a gumoni bad qilmoq shariatda haromdur. Rasul alayhissalom ramazon 
oyining oxirlarida Safiya roziyallohu anho birla masjidda gaplashib turib edilar, ikki kimsa 
rasulalloh tomonga qaradi, ularni chaqirib aytdilar, «Bu mening xotinimdur». Safiya 
roziyallohu anho aytdilar: «Agar hamma kishig‘a gumoni bad qilsalar ham sizga qilmaslar». 
Rasul alayhissalom aytdilar: «Shayton odamning trmirida qonga o‘xshash ravon yuradur». 
Hazrati Umar roziyallohu anhu bir kimsani ko‘rdilar: «Yo‘l ustida bir xotin birla so‘zlashib 
turadur. Ul kimsani darra urdilar. Ul kishi aytdi: «Bu mening xotinimdur». Hazrati Umar 
aytdilar: «Nima boisdan kishi ko‘rmaydurg‘on yerda so‘zlashmassen?» 
O’n to‘rtinchi haq ulki, agar kishi katta mansabdor bo‘lsa, odamlarga shafoat va shafqatni 
darig‘ qilmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom sahobalarga aytdilar: «Hojat va orzuyinglar 
bo‘lsa, mendan tilagaysizlar. Men bergaymen va kechiktirmagaymen har ishda bo‘lsa 
ham. Toki Sizlar ham mening sunnatimni davom ettirib, mehr-shafqat ko‘rsatgaysizlar». 
Shuning uchun fi sabililloh qilingan sadaqaning eng yaxshirog‘i odamlarga ko‘rsatilgan shafqat 
va muruvvatdur. 
Qiyomat kunida har bir qilingan yaxshi ehson va yaxshi amallar uchun albatta ajri 
azim, savobga ega bo‘lg‘ay. Bir kishiga ranj-alam yetgan bo‘lsa, uni bir mo‘‘min chorasini 
topib, daf’ qilsa ham xayrli ishlardandur. 
O’n beshinchi haq ulki, vaqtiki, bir kimsa musulmong‘a dastdarozlik (tajovuz) qilsa, yo 
molig‘a qasd qilsa, shunda insofli, diyonatli bir musulmon bu zulm ishlarni undan daf’ 
qilg‘ay. Payg‘ambar aytdilar: «Chin musulmonlar bir-birlariga yordam qo‘lini 
cho‘zmoqliklari shartdir». 
Hech bir odam komil musulmon bo‘lolmaydi toki zarur vaqtida bir-birlariga manfaatlari 
tegmaguncha. 
O’n oltinchi haq ulki, yomon odamlarning suhbatig‘a mubtalo bo‘lsa, to xalos 
bo‘lguncha sabr va tahammul qilg‘ay, toki alar bilan o‘chakishib, yomon so‘z aytmagay. 
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytibdurlar bu oyatning ma’nosidaki: 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin