www.ziyouz.com кутубхонаси
179
biri kunduzlik. Hazrati Umar aytdilarki, sen aytgan bu har ikki ishni mundan keyin
qilmag‘aymen. Mundan bo‘lak yana ham kamchiligimni angladingmu?» Salmon aytdiki,
«Yo‘q».
Oltinchi haq uzr aytmoqdur. Buzurglar aytibdurlar, agar do‘stdan bir taqsir
(kamchilik) o‘tsa, uzr aytg‘ay. Agar gunoh sodir bo‘lsa, yumshog‘liq birla uzr
aytgay. Agar uzrg‘a kelmasa sabr qilg‘il.
Sahoba roziyllohu anhum bu mas’alada ixtilof qilibdurlar. Abu Zarr r.a.
aytibdurlarki, uzr so‘ramasa, do‘stlikni uzgay. Chunki Xudo uchun do‘st tutib erdi,
yana Xudo uchun dushman tutg‘ay». Abu Dardo (jamoai sahobalardan)
aytibdurlarki, «Do‘stlikni uzmagayki, shoyad uzrg‘a kelsa kerak. Ammo
do‘stlashuvdan avval bunday kishilar birla do‘stlik ahdi-paymonini
bog‘lamagani yaxshiroqdur». Nax’a aytur: «Bir gunohbirla do‘stdan ayrilmagilki,
bugungi qilgan gunohiga ertasiga uzr aytg‘ay. Agar sening xaqingda gunohkor bo‘lsa,
afv qilmoq yaxshiroqdur».
Yettinchi haq ulki, do‘stni duoda yod qilg‘ay. Hayotlig‘ida va vafotidin keyin ham
duoda yod qilg‘ay. Andog‘ki, o‘zig‘a va axli ayolig‘a duo qilur edi, do‘stlarining
farzandlarini ham duo qilg‘ay. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar, kishi do‘stig‘a
g‘oyibona duo qilsa, farishtalar bu kishiga duo qilur. Yana bir rivoyatda kelibdurki,
Haq taolo aytur, «Duoning ijobatini sendan boshladim».
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘stlarning g‘oyibda qilg‘on duosini
Haqtaolo rad qilmas». Abu Dardo r.a. aytur: «Yetmish adad do‘stimni nom-banom
masjidda yod qilib, hammasig‘a bir-bir duo qilurmen». Va aytibdurlar, «Do‘st
tutuninglarki, vafotingizdin so‘ng ahli ayolingiz merosg‘a mashg‘ul bo‘lurlar, ammo
jon va mehribon do‘stlaringiz sizlarg‘a mashg‘ul bo‘lib, duo qilurlar, toki Haq taolo
ushbu do‘stini kag‘firat qilg‘uncha».
) Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: ' «Vafot qilgan kishining misoli
ulug‘ daryoda g‘arq bo‘lgan kishig‘a o‘xshashdur, har tarafg‘a qo‘l cho‘zib,
shoyadki bir dastgire paydo bo‘lg‘ay. Munga o‘xshash, vafot qilganlar ham o‘z
yaqinlarining duolariga muntazirdurlar. Ahli ayol, yoru-do‘stlarning duolari tog‘-tog‘
nur bo‘lib, vafot qilganlar go‘rig‘a kirar. Xabarda kelibdurki, farishtalar duo
marvaridlari tuhfasini nurdan bo‘lgan tabaqlarga solib, uni murdalarga
yetkazurlarki, «Bu faloniyning tuhfasidur». Vafot qilganlarning ruhlari andog‘ shod
bo‘lurlarki, tiriklar bu tariqa tuhfag‘a shod bo‘lg‘ondan necha bor ziyodaroq xursand
bo‘lurlar».
Sakkizinchi - do‘stlikning haqqi, vafosini saklamoqdur. Vafodorlikning bir ma’nosi ulki,
do‘stini vafotidan keyin ani ahli ayolidan ham g‘ofil bo‘lmag‘ay. Bir qari ayol Rasul
alayhissalom huzurlarig‘a keldi. Hazrati rasul akram s.a.v. ul qari ayolni ikrom qildilar.
Sahobalar taajjub qildilar. Rasul alayhissalom aytdilarki, «Xadichaning zamonida
bizning xonadonimiz bilan borib kelishi bor erdi» dedilar.
Vafoning yana bir nav’i uldurki, do‘stning hamma taalluqotig‘a, chunonchi,
do‘stning farzandlari, shogirdlari, hattoki qullari bo‘lsa, ularga qam shafqat va marhamat
izhor qilg‘ay.
Va o‘zi harchand ulug‘ va martabali bo‘lsa ham do‘stlarga tavoze’lik bo‘lg‘ay. Do‘stg‘a
takabburlik qilmag‘ay. Yana bir vafo ulki, do‘stning dushmanig‘a do‘st bo‘lmag‘ay. Balki
do‘stig‘a do‘st va dushmanig‘a dushman bo‘lg‘ay.
To‘qqizinchi haq ulki, do‘stlar o‘rtalarida sertashvish, ya’ni bir-birlarini mashaqqatga,
qiynalishga sabab bo‘ladigan ishlarni sodir qilmaslik, bil’aks do‘stlar bilan bir tandek
bo‘lgaylar. Hazrati Ali karramallohu vajhu aytibdurlar: «Do‘stning yomonrog‘i ulki, do‘st
biron bir narsaga hojati chiqib qOltan vaqtda, sekingina uzr aytib, o‘zini chetga olib,