Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
187
vafot qilganingdan keyin seni go‘rdan bu dunyoga hargiz chiqarmaslar». 
Hazrati Umar roziyallohu anhu aytur: «Hazrati rasul alayhissalom qabristong‘a bordilar. 
Kechasi bir go‘r uzasida o‘tirib bisyor yig‘ladilar. Yaqin borib so‘radimki, nima uchun 
muncha yig‘laysiz?» Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki, «Bu go‘r onamning 
go‘ridur. Xudo taolodin dastur tiladim ani ziyorat qilmoqg‘a va gunohini tilamakka. 
Ziyorat qilmoqg‘a ijozat berdi. Gunohini tilamakka ijozat berdi. Farzandlik shafqati 
ko‘nglimda jo‘shg‘a keldi. Aning uchun yig‘ladim», dedilar. Ushbudur 
musulmonchilik huquqining jumlasi. 
FASL 
Qo‘shnilarning haqlari va ularning rioyasi 
Qo‘shnilarning huquqini rioya qilmoqning bayoni va xosiyati ziyodadur. Hazrati 
rasul alayhissalom aytibdurlar: «Hamsoya bordurki, uning dinidan begona dinda 
bo‘lsa, bir qaqqi bor. ya’ni faqat qo‘shnichilik haqqi. Hamsoya bordurki, aning ikki 
haqqi bordur, ul musulmon hamsoyadur. 
Endi hamsoyalar bordurki, aning bir-birlarida uch haqqi bordur: birinchisi - 
qo‘shnichilik, ikkinchisi - musulmonchilik, uchinchisi esa - qarindosh qo‘shni bo‘lgani 
uchun. 
Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Jabroil alayhissalom hamisha menga 
qo‘shnilar haqqini ado qilmoqg‘a vasiyyat qilur erdi, gumon qildimki, qo‘shnilar 
mendan meros Oltaylar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, Xudo 
taolog‘a va qiyomatning haqlig‘iga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisini aziz va muhtaram 
tutg‘ay». Aytibdurlar, mo‘‘min uldurki, qo‘shnilari undan ozor topmasinlar». Va 
aytibdurlar: «Kishi qo‘shnisiga tosh otsa, qo‘shniga ozor berganidur». 
Hazrati rasul alayhissalomg‘a aytdilarkim, «Falon xotin kunduzi ro‘za tutar, kechasi 
namoz o‘taydur. Lekin qo‘shnisiga ozor beradur». Hazrati rasul alayhissalom 
aytdilarkim, «U xotinning joyi do‘zaxdur». 
Hazrati rasul s.a.v. aytibdurlar: «Qirquy - qo‘shnidur». Hazrati Fotimai zahro 
roziyallohu anho aytibdurlarki, «Qirq uy o‘ng tarafdan va qirq uy chap tarafidan va 
qirq uy oldi tarafidan va qirq uy orqa tarafidan qo‘shnidur». 
Bilgilki, qo‘shnichilik faqat ozor bermaslikkina emasdur, balki hamma ishlarda 
yaxshiliq qilmokdur. Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni kambag‘al qo‘shnilar boy 
qo‘shnilarni tuturlar va ayturlar, «Ey, bor Xudoyo, bulardan so‘rag‘ilki, nima uchun 
bizlarga yaxshiliq qilmadi va nima uchun yuzimizg‘a eshikni yopti?!» 
Ulug‘lardan birining uyida sichqon ko‘p bo‘lib, zarar yetkurdi. Aytdilar: «Nima uchun 
mushuk saqlamassanki, sichqon yo‘qbo‘lg‘ay edi». U dediki: «Qo‘rqarmenkim, 
sichqonlar mushuk ovozini eshitib, qo‘shnilarimning uyiga tarqagay. O’zimga ravo 
ko‘rmagan ishni qo‘shnimg‘a ham ravo ko‘rmagaymen». 
Rasul alayhissalom aytdilar: «Qo‘shnilar haqqi ushbudurki, agar sendan yordam so‘rasa, 
yordam bergil. Agar qarz so‘rasa, qarz bergil. Agar kambag‘al bo‘lsalar, madad qilg‘il. 
Agar kasal bo‘lsa, chiqib ko‘rgil. Agar vafot qidsa, janoza orqasidan borg‘il. Agar shod 
bo‘lsalar, muborakbod qilg‘il. Agar g‘amgin bo‘lsalar, ko‘ngil so‘rab, dalda bergil. Uying 
tomini ularning uyidan baland qilmag‘ilki, shamolg‘a mone’ bo‘lmag‘ay. Har nimarsa 
yesang, qo‘shnig‘a ham chiqarg‘il. Agar chiqara olmasang, pinhon yegil. Ravo 
ko‘rmagilki, farzandlaring qo‘lig‘a non tutib chiqib, qo‘shnilar farzandig‘a ozor yetkurgay. 
Qo‘shnilarga oshxonang tutuni birla ozor bermagil. Tutuni ko‘rinsa ul oshdan qo‘shnig‘a 
bergaysan. Qasam qilurman Alloh taoloning azimatig‘aki, mening hayotim aning qudrati 
qo‘lidadur, qo‘shnilar haq-huquqini hech bir kishi ado qilolmas, magar ul kishiki, Xudo 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin