Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
189
farzandlaringni yomon xulqdan saqlab, gunohkor qilmag‘aysan. Rasul
alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi taolo rahmat qilg‘ay ul otag‘aki, o‘g‘li
nofarmonliq qilsa, anga ozor bermay yo‘lga solg‘ay».
Anas ibn Molik roziyallohu anhu rasul alayhissalomdan rivoyat qiladilar: «Vaqtiki
farzand yetg‘i kunlik bo‘lsa, aqiqa qilinglar va yaxsh ot qo‘yinglar. Aqiqa ulki, o‘g‘il
farzand bo‘lsa ikki qo‘y, qiz farzand bo‘lsa bir qo‘y so‘yib, nazir osh qilib, go‘shtiTsh
yeb, ustixonini sindirmay, yerga ko‘mgay. Vaqtiki, olti yoshg‘a kirganda maktabg‘a
bergay. To‘qqiz yoshga -
:
kirganda bo‘lak o‘rinda yotqizg‘ay. O’n uch yoshga
kirganda namoz o‘tamasa, urg‘ay... o‘n olti yoshga kirganda xotin olib bergay. Undan
keyin farzandining qo‘lini ushlab turib, aytg‘ayki, «Ilm va adab o‘rgatdim va xotin
olib berdim. Xudo taologa sig‘indim, , bu olamda Aploh taoloning g‘azabig‘a va oxirat
azobig‘a giriftor bo‘lmokdan saklandim», degay.
Farzandlar huquqidan biri bukim, bir nima bermakda va marhamat qilmokda
barchasini barobar ko‘rgay. Farzandg‘a navozish qilmoq (mehribonlik, erkalash)
va bo‘sa qilmoq sunnatdur. Hazrati rasul alayhissalom hazrati imom Hasan
roziyallohu anhuni bo‘sa qildilar. Sahobalardan biri aytdiki, «Mani o‘n farzandim bor,
hech qaysini bo‘sa qilg‘onim yo‘qtsur». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Xudo taolo
rahmat qilmas ul kishig‘aki, farzandlarig‘a marhamat qilmabdur».
Hazrati rasul alayhissalom namozda edilar. Sajdaga borgan vaqtlarida imom
Hasan roziyallohu anhu bo‘yinlarig‘a minib o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom sajdada
ancha uzoq turdilarki, sahobalar vahiy keldi, deb o‘yladilar. Ersa, hazrati imom
Hasan bo‘yinlaridan tushdi. Onhazrat alayhissalom namozdan forig‘ bo‘ldilar.
Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, sajdada vahiy keldimu?» Onhazrat
alayhissalom aytdilar: «Vahiy kelmadi. Meni Hasan teva qilib minib erdi, men aning
xotirini qilib, sajdada uzoq turdim».
Bilgilki, farzand haqqidan ota-onaning haqqi ziyodadurkim, ota va onani
hurmatlash farzandg‘a vojibdur. (Ota, ona) har nav’ ishg‘a buyursa, farmonini tutmoq
vojibdur (agar yomon ishlarga buyurmasa). Hech safarg‘a ota, ona ruxsat bermaguncha
chiqish joiz emas. Agar hajg‘a bormoqdan man’ qilsa, bormaslik muboxdur (mumkin).
Ammo ilm o‘rganmak uchui beijozat safar qilsa joizdur.
Bir kishi g‘azotg‘a bormoqga onxazrat alayhissalomdan ruxsat tiladi. Aytdilar:
«Onang bormu?» Aytdikim: «Oriy (ha), bordur». Aytdilar: «Onangni xizmatida
bo‘lgilki, (jannat) onangni qadami ostidadur».
Yana bir sahoba ruxsat so‘radi g‘azotg‘a bormoq uchun. Aytdilarkim, «Ota va
onang bormu?» Ul aytdikim, «Bordur». Aytdilarki, ruxsat so‘ragil, qanday farmon
qilishsa, ularning farmonini tutg‘ilki, Xudo taoloning farmonidan keyin ota, onaning
(shar’iy) farmonini tutmoqdan ziyoda toat yo‘qtur».
Dostları ilə paylaş: