Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
190
marotaba qilg‘on gunohini afu qilinglar».
Ahnaf bin Qaysdan (bir odam) so‘radi: «Kishining og‘irini muncha ko‘tarmakni
kimdan o‘rgangansiz? Aytdi: «Qays bin Omirdanki, kanizagi qizdirilgan temirni
yog‘ochda qisib ko‘tarib kelur erdi. Nogahon temir qo‘lidin tushib Qays bin Omirning
farzandining ustiga tushib, bola halok bo‘ldi.-Kanizak azbaroyi qo‘rqqanidan behush
bo‘lib yiqildi. Qays qichqirdiki, «Ey kanizak, qo‘rqmag‘ilki, sanda aslo gunoh
yo‘kdur. Man sani azbaroyi (xudo uchun) ozod qildim», - dedi.
Ulug‘lardan birlari har doim xizmatkorlari nofarmonlik qilsa aytur ediki, «Xojangni
odatini qildingki, xojang ham xojasiga senga o‘xshash osiy bo‘ladur».
Abu Mas’ud ansoriy roziyallohu anhu g‘ulomini (xizmatkorini) so‘kib (urib) turar
edi, ovoz eshitdiki, «Yo Abu.Mas’ud!» deb. Qaradi, hazrati rasul alayhissalomni
ko‘rdy. Ul zot:
«Sen bu qulg‘a azob bermog‘ing‘din ko‘ra ham kuchliroq azoo berishga Alloh
taolo qodirroqdir,» - dedilar.
Bas, xojalikni haqqi ulki, qulig‘a kiyim, non va boshqa ovqatlarni o‘z vaqtida
bergay. Va haqorat ko‘zi birla qaramagay. Bilgayki, qul ham xuddi o‘zig‘a o‘xshash
odamdur. Agar xato qilsa, Haq taolo oldida o‘zi javob bergay. Ammo xojaning o‘zi
xato qilmokdan chuqur andisha qilg‘ay. Agar g‘azabi kelsa, Haq taoloning
g‘azabidin qo‘rqg‘ay.
Rasul alayhissalom aytdilar: «Kishining xizmatkori xojasiga taom pishirsa, ul
taomni xizmatkori bilan birga o‘tirib yegay. Va goho o‘z qo‘li bilan luqma olib,
xizmatkorning og‘zig‘a solib, undan keyin o‘zi yegay. (Agar xizmatkor yeyishga
tortinsa)».
Dostları ilə paylaş: