Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
192
amri ma’ruf va nahiy munkarki, agar xalqni gunohdan man’ qilmasa, osiy va fosiq bo‘lur. 
Agar man’ qilsa, xusumat paydo bo‘lur. Uchinchi, riyo va nifoq odamlarg‘a aralashgandan 
bo‘lur. Agar odamlarg‘a madoro va muloyimatlik qilmasa, ko‘ngli og‘rir va agar qilsa riyodan 
xoli qolish mushkuldur. Agar ikki dushman orasida har birini xohishiga qarab so‘zlasa, 
yolg‘onchilik bo‘lur. Agar birining so‘zini rost desa, ikkinchisining dushmanligidan xalos 
bo‘lmas. 
Fuzayl Ayoz tanqo o‘tirur edi, bir kishi uning qoshig‘a keldi. Aytdilar: «Nima uchun 
kelding?» Ul kishi aytdi: «Saning diydoring birla osoyish topmoq va do‘stlashmoq uchun 
keldim». 
Fuzayl aytdi, «Bu so‘zingdan menga begonalik zohir bo‘ladurki, nechand yolg‘onni 
menga aytursan va men senga nechand yolg‘on aytmog‘im lozim kelgay. Yo sen 
kYettil, yo men turib ketay». Har kishi bu nav’ ishlardan xazar qilolsa, odamlarg‘a 
aralashmoq zarar qilmas. Hotam Asam bir kuni Homid Laffondan so‘radi: «Nechuksan?» 
Homid aytdi: «Salomat va ofiyatdadurman». Hotam aytdiki: «Seni salomatliging Sirot 
ko‘prigidan o‘tgandan keyin va ofiyatliging jannatga kirgandan keyin ma’lum 
bo‘lg‘usidur». 
Robe’ ibn Haysamdan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdiki: «Za’if, gunohkorman. 
Haq taolo bergan kundalik rizqni yerman va ajal yetmagig‘a ko‘z tutib turarman». 
Abu Dardo’ roziyallohu anhuga aytdilarki, «Nechuksan?» Aytdiki: «Agar do‘zaxdan 
emin bo‘lsam, salomatdurman». Uvays Qaroniydan so‘radilar: «Nechuksan?» 
Aytdi: «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishiki, umri dushvorlik birla o‘tgay va gunohi damdan 
damg‘a ziyoda bo‘lg‘ay?» Hakimiydin so‘radilar: «Nechuksan?». Aytdiki: «Xudo 
taoloning bergan kundalik rizqini yerman va Iblisning farmonini tutarman.». 
Muhammad bin Vose’dan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi: «Nechuk bo‘lur ul kishiki, 
har kuni oxiratg‘a yaqin bo‘lg‘ay, gunoh qilmoqg‘a dalerroq (botirroq) bo‘lg‘ay?» 
Hamid Laffondan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi: «Bir kun ofiyat va tinch 
bo‘lmoqni xohlarman. Aytdikim, «Holo ofiyatda emasmusan?» Aytdi: «Ofiyatda ul 
kuni bo‘lurmanki, mendan gunoh o‘tmagay». 
Ulug‘larning biridin holati naz’da (vafoti oldidan) so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi, 
«Nechuk bo‘lur ul kishini holiki, uzoq safarg‘a borgay va zodi rohi (yo‘l ozig‘i) 
bo‘lmag‘ay va qorong‘u go‘rg‘a kirgay, mu’nisi bo‘lmag‘ay. Va podshohi odil 
huzurig‘a borgay, dalilu hujjati bo‘lmag‘ay». 
Ibn Sirin bir kishidan so‘radi: «Nechuksan?» Aytdiki, «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishining 
holikim, besh yuz dirham qarzi bo‘lg‘ay, ayolmand bo‘lg‘ayki, nafaqa qilmoqg‘a 
hech narsasi bo‘lmag‘ay?» Ibn Sirin uyidan ming dirham pul chiqarib berdi. 
Aytdiki, «Qasam qildim mundan keyin kishining holini so‘ramoqg‘a». Ibn Sirinni 
qasami ani uchundirki, birodari mo‘‘minning holini so‘rab, xolig‘a yetmasa 
munofiqlikning alomatidur. 
Bilgilki, odamlarga aralashmoqdan zarar kelibdurki, har kishikim ani birla o‘tirib 
hamsuhbat bo‘lsa, ani sifati suhbatdoshiga o‘zi bilmagan holda ta’sir qilur. Masalan, 
axli ma’siyatg‘a aralashsa (gunoh ish qiluvchilar birla ulfat bo‘lsa) ko‘nglida gunohning 
urug‘i paydo bo‘lur. Agar axli dunyo (boylikka o‘ch kishilar) birla o‘tirsa, dunyoning hirsi 
uning qalbida ziyoda bo‘lur. Hosili kalom, odam, gunoh, ma’siyatni ko‘p ko‘raversa, 
ko‘nglidagi ul gunoh yomon ko‘rinmay qolur. Ul gunohni qilmoqg‘a rag‘bat paydo bo‘lur. 
Chunonchi bir olim abrishim (ipakdan) kiyim kiysa, ul olimni ayb qilurlar. g‘iybat qilmoq 
esa ipak kiyim kiygandan yomonroqdur. Balki zinodan qattiqrog‘dur. 
Bilgilki, ax/sh g‘aflat ahvolini zikr qilmoq xam ziyon qilur. Andog‘ki, sahobai 
rizvonallohi alayhim zikrlari foyda va manfaat qilur. Aning uchunki, sahobalarni zikr 
qilg‘on vaqtda rahmat yog‘ar va aqli g‘aflatni zikr qilg‘on vaqtda la’nat yog‘ar. Bu 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin