www.ziyouz.com кутубхонаси
200
munavvaraning qorasi ko‘rinsa, bu duoni o‘qir edilar: «Ollohumma, aj’al-lano biho qaroran
varzuqno hasanan». Ya’ni: «Ey, bor Xudoyo, bizga ul Madinada orom va qarorni va rizqi
ro‘zni nasib qilg‘il va yaxshilikni ham». Va o‘shal yerdan xushxabar yetkazish uchun kishi
yuborar edilar.
Sakkizinchi odob - vaqtiki, safardan qaytib kelsa, kishi uydagilar bilan ko‘rishgach,
masjidga chiqib, ikki rakaat namoz o‘qig‘ay.
Mana shu sakkiz odob birla safarga borilsa. Haq taolo kishiga eson-omon, yaxshiliklar
birla qaytishni nasib etgay.
SAKKIZINCHI ASL Simo’ bilan vajd odoblari Simo’ning hukmini ikki bobda bayon qilurman, inshoalloh taolo. Avvalg‘i bob
simo’ning mubohligi (ruxsat etilganligi) bayonida. Ikkinchi bob simo’ning halol va
haromlig‘i miqdori bayonida.
Bilgilki, Haq taolo odamning ko‘nglida o‘z sirini pinhon qilibdurki, - tosh ichida olovni
ping‘on qilg‘onga o‘xshash. Chunonchi temirni toshga ursa, o‘t oshkora bo‘lg‘ondek, simo’
va xush ovoz eshitmak birla odamiy dilining asrorini harakatg‘a keltirur va simo’
vaqtida insonda shuur va ixtiyor bo‘lmas.
Bas, dil gavharining ruhlar olamiga munosabati qancha kuchli bo‘lsa zavqu-shavq
shunchalik ziyodadurki, hamma husnu jamol ruhlar olamidagi husnu jamolning
namunasidur (ko‘rinishi, tajalliysidur). Ul ko‘ngilki, ishq va muhabbatdan
bahramand va biyno (uzoqni ko‘ruvchi) dur, simo’ning asari ta’siri ziyodaroqdur.
Kimning ko‘nglida Xudoi taoloyyng do‘stlig‘i va muhabbati o‘ta g‘olibroq bo‘lsa, simo’ ul
kishig‘a muhimroqdur, muhabbat o‘tini tez qilur. Va kishiki, aning ko‘nglida Haq taolo
do‘stligi botildur, simo’ anga zahri qotildur.
Bas, simo’ning halol va haromlig‘ida ulamolar ixtilof qilibdurlar. Axli zohir haromligiga
hukm qilibdurlar.
Ammo bilgilki, simo’ning halol va haromligi ko‘ngil xoliga qarab bo‘ladur. Kishi ko‘nglida
shariatda halol nimarsaning muhabbati bo‘lib, simo’ ul muhabbatni ziyoda qilsa, savob va
haloldur. Va agar shariatda harom nimarsanikg‘ muhabbati bo‘lib, simo’ o‘shaning zavqi va
shavqini ziyoda qilsa, harom va azoblidir. Kishining ko‘ngli bu ikki muhabbatdan tashqari tab’i
lazzat olmoq uchun eshitsa, muboh (ruxsat)dur.
Bas, simo’ eshitur kishi uch qismdur: avvalkim, o‘yin va g‘aflat tariqi birla eshitur, bu
ahli g‘aflatning ishidur. Dunyo va lahv (o‘yin-kulgi) va boziy birladur, munchalig‘ simo’ni
harom deb bo‘lmas. Bu sabab birlaki, simo’ni ko‘ngil xushlar va ko‘ngil xushlaydurg‘on
nimarsa harom emas. Masalan, ba’zi nimarsalarki, ko‘ngil xushlar va lekin haromdur. Bas,
aning haromlig‘i ko‘ngil xushlagan jihatdan emas, balki aning zarari va fasodi sababdan
haromdir. Chunonchi yoqimli ovozlarni ko‘ngil xushlar, harom emas. Go‘yoki ko‘k
maysalarga va oqar suvga qaragandek xushdur, harom emas. Bas, xushovozni quloq
eshitib badan bahramand bo‘lganidek, oqar suvga, ko‘m-ko‘k maysalarga boqib ko‘z
manfaat Oltaniga o‘xshaydur. Mushki. anbardan burun hidlab bahramand bo‘lmoqg‘a va
taomdan quvvati zoiqa lazzat topganga va hikmatli so‘zlardan aql surur va behjat
(quvonch) hosil qilg‘onga o‘xshashdur.
Haq taolo bu havoslarni anvoi lazzatlar birla sarafroz qilibdur. Bas, nima uchun simo’
harom bo‘lgay? O’yin qilmoq va anga qaramoqning harom emaslig‘ig‘a dalil
ushbudurki, hazrati Oysha r.a.dan rivoyat qilurlar, iyd (hayit) kuni zangilar masjidda
o‘ynadilar. Rasul alayhissalom aytdilarki: «Ko‘rmakni xohlarmusen?» Aytdimki,
«Xohlarmen». On hazrat alayhissalom eshik yonida qo‘llarini tutib turdilar, men iyagimni