www.ziyouz.com кутубхонаси
203
yo‘q jihatidan inkor qilur. Bas, bu inkorda ma’zur bordur, o‘zi haqiqatni bilmagan
nimarsag‘a tasdiq qilmog‘ dushvordur. Chunonchi ko‘zi ko‘r odam ko‘m-ko‘k
maysazor bilan oqar suvning lazzatini inkor qilsa, ajab emaski, Haq taolo anga
ko‘z bermabdur. Kichik bola mamlakatdorliq va mutasaddiliq mansabini inkor
qilsa, ajabi yo‘qki, aning lazzatini bilmas. Ammo kishi ziyrak va donishmand bo‘lsa,
agarchi bu hol o‘zida bo‘lmasa ham, farosat ila bilurlar va inkor qilmaslar.
FASL Simoning (ba’zan) haromlig‘i bayonida Bilgilki, simo’ning mubohlig‘ini taniding. Ammo besh sabab birla harom bo‘lurki,
o‘sha vakxda hazar qilg‘aysen.
Avvalg‘i sabab er-xotun bolig‘ va shahvati g‘olib bo‘lsa anga simo’ haromdur.
Agar yodi Haq birla mustag‘raq bo‘lsa ham. Charoki shahvat asli yaratilishida
shayton ko‘nglig‘a suratini jilvagar qilur va simo’ shahvat birla eshitilur. (Va lekin)
norasidaning simo’i mubohdur. Ayol qo‘shig‘ini parda orqasida eshitmakda ham
agar fitna paydo qilsa, haromdur. Agar fitna paydo qilmasa, muboxdur.
Ikkinchi sabab. Surud va rubob va chang va barbat (o‘rdak shaklida yasalgan
qadimgi cholg‘u asbobi) va nay, aroq birla bo‘lsa haromdur. Chunki bu nimarsalar
sharobxo‘rlar odatidur. Har nimarsaki, ularga xosdur-haromdur. Chunki bular
sharobni yodig‘a keltirur va aning orzusini ziyoda qilur. Ammo tabl (katta nog‘ora)
va daf (childirma) chalmoq harom emas.
Agarchi salosil, ya’ni zanjirlari va qayrog‘i bo‘lsa ham. Chunki daf va tabl hech asrda
rad bo‘lmabdurki, o‘zga nag‘malarga muni qiyos qilib bo‘lmas. Hazrati rasul a.s.
huzurlarida daf chalibdurlar va to‘y-ma’rakada daf-doira chalmoqg‘a farmon
qilibdurlar. Tabl chalmoq g‘oziylar va hojilarning rasmidur. Uchinchi sabab. Surudda
fahsh va nosazo ma’nolar bo‘lsa va yo hajv bo‘lsa va yo musulmonlarga ta’na va
malomat bo‘lsa xaromdur. Chunonchi ravofiz la’nahullohu (ya’ni, rofiziy)ning sahobalar
haqidagi she’rig‘a o‘xshash yo ma’lum va mashhur xotinning sifatiki, xotinlar sifatini
erkaklar huzurida zikr qilmoq raso emas. Bu she’rlarning hammasini aytmak va
eshitmak haromdur. Ammo ul she’rki, aningda zulf, xol va kamolning sifati bo‘lsa,
visol va firoqning so‘zi bo‘lsaki, chunonchi ushshoqlar (oshiqlar) odatidur, bu nav’
she’rni aytmoq va eshitmoq harom emas. Ammo bu she’rni o‘qig‘anda va eshitganda
nomahoamning andishasi xotirig‘a yetsa haromdur va o‘zining xotini va kanizagi birla
simo’ qilmoq rasodur. Ammo, so‘fiylarki, Haq taoloning yodida mustag‘raq (g‘arq
bo‘lgan) bo‘lsalar, ularga simo’ ziyon -qilmaski, har bir so‘zidan bir ma’no fahm
qilurlar. Chunonchi xolidan zulmatni fahm qilur va jamoldan nuri iymonni qasd
qilurlar. Zulfidan silsilai hazratni madh etishni ilohiy maqsad qilurlar.
She’r: Guftamki shumoram sari yak halqayi zulfash, Boyadki zi tafsili sari jumla baroram. Xandid ba man bar sari zulfin, ki mushkin. Yak pech va bay pechida g‘alat kard shumoram. ya’ni: Yorning halqa (o‘ram) zulfining uchini sanay dedim. Toki barchasining shafsilini chiqarsam.