FASL Simo’ maqomlari bayonida Bilgilki, simo’da uch maqom bordur: avval fahm qilmoq, andin keyin vajdi hol
(shavqu zavq holati) undan keyin harakat qilmoq. Bas, bu uch maqomdan har birining
tafsili bordur. Avvalgi maqom-fahmdur. Kishi simo’ni sahv (yanglish) va g‘alat birla eshitsa
va yo maxluqning fikr-andishasi birla eshitsa, andin xasisroq (past) ish bo‘lmas. Ammo ul
kishiki fikru zikrida dini islom va Haqtaoloning do‘stlug‘i bo‘lsa savobdur. Va bu ikki darajadur.
Avvalg‘i daraja muridki, uning talabi va suluki, ahvoli turlicha bo‘lsa, chunonchi niyati
xursandchilik yoki osonliq va dushvorlik, rad va qabul, hajr, vasl, qurb (yaqinlik) va
bundan so‘ng rizo, g‘azab va munga o‘xshash so‘zlarni anglasa, o‘z ahvolig‘a munosib
ko‘rar va botin ahvoli jo‘sh urar va ahvoli muxtalif ro‘y berur. Bu nav’ simo’ joizdur. Agar
ilmda e’tiqodi mahkam bo‘lmasa, Haq taolo zoti va sifatida oliy nimarsaning andishasi
(shubhasi) ro‘y berurkim, kufrdur.
Bayt:
Zi avval ba minnat mayl bad on mayl kujost, Va imro‘z malul gashtan az bahri charost? Mazmuni: Avvalda minnatga mayl bo‘lgan yomon mayl qani,. Va bugun g‘amgin yurishning sababi nedur? (Turg‘un Fayziev tarjimasi). Har muridki, bidoyati (avvali) sulukda ba’zi vaqtda qabz (tanglik) va ba’zi vaqtda bast
(xursandchilik) ro‘y berib, bu baytni eshitsa fahm qilurki, Haq taoloning anga ilgari mayl va
inoyati bo‘lg‘ay. Keyin tag‘ayyur (o‘zgarish) topgay. Bas, tag‘ayyurni Xaq taoloda fahm
qilur, bu sababdan kufrdur. Balki bu tariqa e’tiqod qilg‘ayki, Haq taoloning zoti va sifotig‘a
tag‘ayyur va tabdil yo‘l topmas. Balki o‘zga mavjudotlarni o‘zgartirguvchidur.
Bayt: Lutfu ehsoning edi avvaldin-o‘q man xastag‘a. Bilmon ayo ne sababdin san bugun mendin malul. Bilgilki, Haq taoloning dargohi kushodadur (ochiq), hech kim unga mone’ va
hijob bo‘lolmas. Chunonchi oftob nuriga o‘xshashki, hammaga barobardur. Magar
kishi devor to‘siq ichida bo‘lsa, ul nur unga yetmas. Bas, tag‘ayyur o‘zidadur,