www.ziyouz.com кутубхонаси
208
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishig‘a o‘z odati va xo‘yiga
muvofaqat, murosachilik ila muomala qilinglar». Bas, so‘fiylar muvofaqat qilg‘onga
shod bo‘lurlar. Muxolafat qilg‘ondan dilgir, xafa bo‘lurlarki, muvofaqat, shodlik
qilmoq sunnatdandur. Rasul alayhissalomga sahobalar tik turib, arz qilmas edilar.
Chunki hazrati rasul alayhissalom tik turib so‘z aytmoqni xohlamas edilar. Va lekin
ba’zi joylarda o‘tirib so‘z aytmoq og‘ir ko‘rilsa tik turib so‘z aytmoq yaxshidurki,
arablarning odati boshqa va ajamning odati o‘zgadur.
TO’QQIZINCHI ASL Amri ma’ruf, nahyi munkar odoblari Bas, bu islom dini ruknlaridin bir rukndurki, hamma payg‘ambarlarni bu ishga
buyuribdurlar. Vaqtiki bu ruknlarning binosiga futur yetib, xalq orasidan bartaraf bo‘lsa,
shar’i sharifning shiori botil bo‘lur. Ammo amri ma’ruf va nahyi munkar ilmini uch bobda
bayon qilurman, inshoolloh taolo.
Avvalgi bob amri ma’ruf va nahyi munkar vojiblig‘i bayonidadur. Kishi bu vojibni ado
qilmoqg‘a vaqtini topib, beuzr tark qilsa, gunohkor bo‘lur.
Xudo azza va jalla xabar berur:
«Val takun minkum ummatun yad’una ilal-xayri va ya’muruna bilma’rufi va yanxavna anil-munkar». (Oli Imron, 104). Oyatning tafsiri ulki: ma’murlar ul toifalardurki, agar biz qaror qilsak (buyursak), ular yer yuzida namoz o‘qiydilar, ro‘za tutarlar va mollaridan zakot berurlar, yaxshi- saloh lshlarga, ibodatg‘a da’vat qilib farmon qilurlar. Ma’murlar toifasi xalqni yaramas, buzuq, fahdi va zalolat ishlardan qaytarib, man’
qilurlar.
Bilgilki, Haq taolo amri ma’ruf va nahyi munkarni namoz, ro‘za va zakot qatorida
sanabdur. Hazrati rasul
;
alayhissalom aytibdurlar: «Amri ma’ruf qiling, agar amri
ma’ruf qilmasanglar Haq taolo sizlarg‘a zolimlarni musallat (g‘olib, hukmron)
qilurkim, fozil, obid va peshqadamlar duo qilsa ijobat bo‘lmas». Hazrati Oysha
roziyallohu anho rivoyat qilurlarki, Hazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech qavm
yo‘qturki, ulardan gunoh sodir bo‘lmagan bo‘lsa. Agar ul gunohga tavba qilmasalar Xudo
taolo azob yuborib hammani vayron etar». Va aytibdurlar: Yaxshi ishlarning g‘azotg‘a
nisbati, ulug‘ daryog‘a qatraning nisbaticha bordur. Va g‘azot qilmoqni amri ma’ruf, nahyi
munkarg‘a qiyos qilinsa qatrani ulug‘ daryoga nisbat qilg‘oncha bordur». Va aytibdurlar:
«Har so‘zki, odamiy so‘zlaydur, hayru sharri (yaxshi, yomoni) o‘zigadur. Magar amri
ma’ruf va naxyi munkarki, Xudoi taolog‘a zikr aytg‘ong‘a o‘xshashdur».
Va aytibdurlar: «Xudoi taolo begunoh xoslarga avomlar sababidan azob qilmas. Magar
ul van^ki, xilofi shariat ishni ko‘rib man’ qilmasalar, azob qilur». Yana aytibdurlar: «Zulm
birla kishini o‘ldiradigan va uradurg‘on yerda o‘tirmanglar». Bu ishlarni ko‘rib, ani man’
qilmoq ul kishining ajalini tezlatmas va rizqini kam qilmas. Bas, bu dalolat qilurki, zolimlarni
shariatga xilof ishlardan man’ qilolmasa, bezarurat ularning yaqiniga bormagay. Ushbu
sababdan avvalgi ulamolar go‘shanishinlikni ixtiyor qilibdurlarki, xalq orasini
munkarotdan xoli ko‘rmabdurlar. Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Birovning
x^zurida yana birov gunoh qilsa, ani karih (yomon) ko‘rsa, ul gunohni ko‘rmaganga
o‘xshash bo‘lur. Va kishi yashirin bir gunoh ish qilsa, boshqa birov ul gunohni eshitib, rozi
va xushnud bo‘lsa go‘yo o‘zi gunoh qilg‘ondek bo‘lur».