www.ziyouz.com кутубхонаси
210
Avvalg‘i daraja - pand-nasihat va Xudoi taolodan qo‘rqitmoqdur. Bas, bu hamma
musulmonlarga vojibdur. Izohga hojat yo‘kdur, balki ibodatning fozilrog‘i uldurki, podshohga
nasihat bergay. Uni Xudoi azza va jallaning g‘azabidan qo‘rqitg‘ay.
Ikkinchi daraja durusht (qo‘pol, dag‘al) qilmasdan oqilona so‘zlar, mayinlik birla ixtisob
qilmoq. Chunonchi: yo fosiq, yo zolim, yo johil, yo axmoq demay, buning o‘rniga «Xudoi azza
va jalladan qo‘rqg‘il, yomon fe’lingni tashlagil», demak kerak.
Uchinchi darajz - qo‘l birla man’ qilmoq. Chunonchi sharobni to‘kmoq, chang va rubobni
sindirmoq va abrishim dastorini (ipakli matodan o‘ralgan sallani) boshidan olmoq,
bular ibodatga o‘xshash hammaga vojibdurki, har bir mo‘‘minlarga bu ishni qilmoqga ijozat
beribdur.
To‘rtinchi daraja - ta’zir bermoq va urmoq birla ihtisob qilmoqdurkim, jamiyatni hozir
qilib, andin keyin urgay. Toki fitnadan xoli bo‘lg‘ay. Bas, bu nav’ ihtisobda podshoxdan
ijozat olmoq lozim.
Har ishki harom bo‘lsa, darqol tajassus qilmay, shoshilmay, tekshirib ko‘rib, topsa va
haromlig‘i aniq ma’lum bo‘lsa, bu vaqtda ihtisob qilmoq ravodur. Alqosil bu to‘rt shart ila
bo‘lg‘ay. Avvalg‘i shart shuki, o‘sha kishining qilur ishi harom bo‘lsa. Agarchi qilg‘uvchida gunoh
bo‘lmasa ham. Chunonchi norasida va devona chahorpoy (to‘rt oyokli hayvonlar) birla (uyatli)
suhbat qilsa va yo devona xamr (mast qiladigan ichimliklar) ichsa va go‘dak kishining molini
zoye’ qilsa. Bas, bu ishlari devona va go‘dak uchun gunoh emasdur. Chunki bular balog‘atli
emas. Va lekin shariatda haromdurki, ani man’ qilg‘ay.
Ikkinchi shart - gunoh vaqtida ta’zir berilg‘ay. Ammo kishi masalan xamr ichmakdin forig‘
bo‘lsa, ta’zir bermak loyiq emas. Nasihat qilg‘ay. Ammo had urmoq sultondan o‘zga kishiga
munosib emasdur. Kishi nomahram xotin birla xilvatda o‘tirsa, anga ixtisob lozimdurki,
nomahram xotin bilan o‘tirmoq haromdur.
Uchinchi shart - muhtasib tajassus qilmag‘ay, ruxsatsiz birovning uyiga kirmagay va
tomdan oshib tushmagay. Va quloq solmagay. Balki har ishni Olloh taolo po‘shida qilibdur
(bandalarni sirlarini) insonlar ham bekitgay, sir tutgaylar. Agar chag‘irning bo‘yi (hidi)
kelsa axtarib, olib to‘kmagi joizdur.
To‘rtinchi shart - noshoyista ishning haqiqati ma’lum bo‘lg‘ay, gumon birla ihtisob
qilmag‘ay.
Nechuk kishig‘a muhtasiblikni bermak vojibdur?
Bilgilki, gunoh qiluvchi mukallif bo‘lg‘ay. Ammo devona va go‘dakni gunohidin man’ qilmoq
lozimdur. Chunonchi zikr qilindi. Agar chahorpoy musulmonning ziroatiga (ekin ekilgan
joyga) kirsa man’ qilmoq lozimdur.
To‘rtinchi rukn. Na tariqada ihtisob qilmoq.
Bilgilki, ihtisob sakkiz darajadir. Avval-ma’siyat holini tanimoq. Ikkinchi - ma’siyat
qilg‘uvchini tanimoq. Uchinchi - nasihat bermoq. To‘rtinchi - koyimoq. Beshinchi - qo‘l birla
ta’zir bermoq Oltinchi - zahm va shikast berishdan qo‘rqitmoq. Yettinchi - qayd va
hibs bilan qo‘rqitmoq. Sakkizinchi - qayd va hibs qilmoq. Bas, bu tartibga rioya qilmoq
vojibdur.
Avvalgi darajaki, ma’siyat xolin bilmak erdi, avval ta’yini va haqiqati birla bo‘lg‘ay va
tajassus qilmag‘ay, devordan, tomdan oshib qaramag‘ay va qo‘shnisidan so‘ramag‘ay.
Agar qo‘ynida va etagida bir nimarsani pinhon qilsa, axtarib tajassus qilmagay. Agar
ikki odil kishi xabar bersaki, falon kishi uyida ma’siyatg‘a mashg‘uldur desa bas, bu ikki
odil kishining xabari birla beijozat uyig‘a kirmagi joizdur. Ammo bir odil odam xabari birla
kirib ko‘rmoq ravo emasdurkim. Luqmon alayhissalomning uzugida bu naqsh yozig‘liq
erdikim:
Ko‘z birla ko‘rgan gunohni yopmoq - Gumon birla rasvo qilg‘ondan yaxshiroq. Ikkinchi daraja - ma’siyat qilg‘uvchini bilmakdur. Kishi amalni bilmay qilsa, chunonchi