www.ziyouz.com кутубхонаси
209
Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi
taolo bir shaharning xalqini hammasiga azob yubordiki, ul shaharda o‘n sakkiz min!
kishi bor edi. Ularning toat va ibodati payg‘ambarlar toat va ibodatlaridek edi. Sahobalar
aytdilarki: «Yo rasululloh, solihlarg‘a nima uchun azob bo‘ldi?!» Rasul alayhissalom
aytdilarki, «Fosiqlarga ihtisob (hisob so‘roq) qilmadilar, va ularni Xudo yo‘lida
dushman tutmadilar». Abu Ubaydai Jarroh roziyallohu anhu aytur, hazrati rasuli
alayhissalomdan so‘radilarki, shaqidlardan fozilroq kimdur? Rasul alayhissalom aytdilar:
«Kim zolim podshohni qilur zulmidin man’ qilsa va podshohani o‘ldirsa hamma shuhadodan
(shahidlardan) ul fozilroqdur va agar o‘ldirmasa, harchand uzoq-uzoq umr ko‘rsa,
nomai a’molig‘a gunoh bitilmas. Xabarda kelibdurki, Haq taolo Yusha’ bin Nuh
alayhissalomg‘a vahiy yubordikim: «Sening qavmingdan yuz ming kishini halok
qilurmanki, sakson minggi nekukor (yaxshi, solih ishlar qiluvchilar)lardan va yigirma
minggi badkorlardan. Yusha’ alayhissalom aytdiki: «Ey, bor Xudoyo, solihlarni nima uchun
halok qilursen? Haq taolo aytdi: «Bu jihatdanki, fosiklarni tergamadilar. Ular birla yemak
ichmak va muomala qilmoqdin xazar qilmadilar».
FASL Ihtisob bermak shartlari Bilgilki, ihtisob (hisob, so‘roq qilmoq) hamma musulmonlarga vojibdur. Bas,
ixtisob ilmini va shartlarini bilmak vsjibdurki, inson buning ham farzini, shartlarini yaxshi
bilmasa, tanimasa, uni ado qilmoq mumkin emasdur. Ihtisobning to‘rt rukni bordur. Biri
- muhtasib (shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi). Ikkinchi - qaysi kishig‘a ixtisob
bermak. Uchinchi - qandog‘ gunohga ixtisob lozim. To‘rtinchi - na tariqada ihtisob
qilmoq kerak. Avvalgi rukn - Muhtasib kim? Muhtasiblikning sharti musulmonlarga vakil
(mas’ul) bo‘lmoqdur, islom haqqini ado qilmoqdur. Bas, har kishi ahli islomdur,
muhtasibga o‘xshashdur. Ulamolar ixtilof qilibdurlarki, muhtasib bo‘lmoqg‘a podshohning
ruxsati va adolatli bo‘lmog‘i shartdur. Mani nazdimda durustrog‘i uldurki, bu ikkisi shart
emas. Ammo adolat va porsoliq nechuk shartdurki, gunoh qilmagan hech kishi yo‘qdur.
Sa’id bin Jubayr roziyallohu anhu ayturki, agar muhtasib bo‘lmoqg‘a porsoliq shart
bo‘lsa, muhtasib bo‘lmoqg‘a hech kishi yaramas, gunoh qilmag‘on kishi yo‘qtur. Bas, bu
mas’alada insof, adolat shu bo‘lurki, ihtisob ikki tariqadur: biri pand va nasihat qilmoq. Bu
ishni fosiq dadamga topshirib bo‘lmaski, xalq ani masxara tutib kularlar, va’zning ravnaqi va
sha’ri sharif hashamatlari botil bo‘lur. Ushbu sababdin fosiq olimlarning nasihati xalqga
ziyon qilur, gunohkor bo‘lurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ul kechaki,
mani me’rojga eltgilar, qavmni ko‘rdumki, lablarini tirnoutri birla (yulib) tashlarlar.
So‘radimki, «Sizlar nechuk toifasizlar? Aytdilarki: bizlar xalqni toat va ibodatga chaqirib,
o‘zimiz ibodat qilmag‘on va xalqni gunohdin man’ qilg‘on, o‘zimiz gunoxdin qo‘l
yig‘magandurmiz».
Iso alayhissalomga vahiy keldikim, «Ey, Maryamning o‘g‘li, avval o‘zingga pand bergil!
Nasihatni o‘z nafsing qabul qilsa, andin keyin o‘zgalarga pand bergil va mendin sharm
tutg‘il?»
Va ihtisobning yana bir nav’i so‘z birla va qahr birla ihtisob qilmoqdur. Chunonchi chag‘irni
ko‘rsa to‘kmak va fisqu-fasodni qasd qilg‘uvchini qahr birla man’ qilmoq - fosiqlarni bu
nav’ ixtisob qilmoq ravodurki, har kishig‘a ikki vojibdur. Biri o‘zi gunoh qilmaslik, yana
biri, o‘zgalarni ham gunoh qilgani qo‘ymaslik. Ammo ikkinchi shart, sultonning
ijozatnoma bermoqligi shart emasdurki, buzurglar podshoxlar va xalifalarg‘a ihtisob
qilibdurlarki, hikoyati uzoqdur. Bu mas’alalarning haqiqati ihtisob darajalarini tanimoq
birla bo‘lurki, to‘rt darajadur: