Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
212
«Luqmon» surasi, 17-oyatida kelibdurki: «Ey, Muhammad, amri ma’ruf va nahiy
munkar qilg‘il. Va xalqdin yetgan ranj va alamga sabr qilg‘il. Va
yana odobi muhimlardin biri
buki, haloyiqni yomon ishdan man’ qilg‘ay. Tama’ni yo‘q qilg‘ayki, tama’ birla ihtisob
to‘g‘ri kelmas. Mashoyixlardan birlari muhtasib erdi. Mushukka bermoq uchun bir
qassobdan goh-goh bez olur erdi. Ko‘rdiki, ul qassob nomashru’ ishg‘a mashg‘uldur. Avval
uyiga bordi, mushukni quvlab chiqardi. Qaytib borib, qassobg‘a ihtisob qilmoqg‘a
mashg‘ul bo‘ldi. Qassob aytdiki, «Ey, shayx, mushukka bez kerak bo‘lmasmu?» Muhtasib
aytdi: «Mushukni men quvlab chiqardim, andin senga ihtisob bergali keldim».
Ihtisobning
asli ulkim, muhtasib osiyni gunoh qilmog‘idin g‘am yegay. Keyin shafqat
ko‘zi birla qarag‘ay. Go‘yoki xuddi o‘zining farzandini gunoxdin man’ qilganga o‘xshab,
yumshog‘liq birla man’ qilg‘ay.
Bir yigit rasul alayhissalomning huzurlariga keldi, aytdiki: «Yo rasululloh,
menga
zino qilmoqg‘a dastur bering». Sahobalar bayakbora ihtisob bermakka turdilar. Rasul
alayhissalom «Qo‘linglarni yig‘inglar», deb aytdilar. Ul yigitni chaqirib yoniga
o‘tqizdilar. Aytdilar: «Ey juvonmard, ravo ko‘rurmusen
bir kishi onang birla zino
qilg‘ay?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasmen». Aytdilarkim, xalq ham onasi birla yana
birovni zino qilmog‘ini ravo ko‘rmaslar. Yana aytdilarki: «Qizing
birla yana birovning bu
ishni qilmog‘ini ravo ko‘rarmusan?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasman». Alhosil,
ammasini va xolasini otini bir-bir tutib, bu savolni qildilar. Ul yigit ravo ko‘rmasman
dedi.
Rasul
alayhissalom aytdilarki, hech bir musulmon bu ishni ravo ko‘rmas. Andin keyin
muborak qo‘llarini ul yigitni yuragig‘a qo‘yib aytdilarkim «Ey
bor Xudoyo, muning ko‘nglini
pok qilg‘il va olatini gunohdan saqlag‘il va gunohini mag‘firat qilg‘il». Bas, ul yigit
qaytib ketdi. Shundan keyin u dilida zinodan yomonroq ish bo‘lmasligini
anglab yetdi.
Dostları ilə paylaş: