www.ziyouz.com кутубхонаси
206
oftobda, ayb yo‘qdur. Chunonchi bayt:
Har zarrani xurshid qilur nuroniy, Bu bandaga idbor mazallat monv’. Bas, sifatki, nuqs va tag‘ayyurg‘a dalolat qiladur o‘zig‘a nisbat bergay va Haq
taoloni tag‘ayyur va nuqsdan poklik birla yod qilg‘ay.
Ikkinchi daraja ulki, muridlig‘ darajasidan o‘tub yuqori martabasiga yetgayki,
ani fano derlar va endi Haq taoloning sun’i san’ati va nuridan o‘zgani mushohada
qilmas. Balki simo’ga yetmak birla o‘zining fanosi va Haq taoloni yagonalig‘i
ko‘nglida toza bo‘lib, bilkulli o‘zidak g‘oyib, bu olamdan bexabar bo‘lur. Misol uchun
o‘tg‘a kirsa, hech xabari bo‘lmas. Bu qism simo’ hammadin komilroqdur. Ammo
muridlar simo’i odamlarning sifati (pastligi) birla omuxtadur. Ko‘pchilik o‘zlugidan
xalos bo‘lolmaslar.
Ikkinchi maqom. Vaqtiki solik fahmdan forig‘ bo‘lsa, andog‘holat ro‘y berurki, ani
vajd atarlar. Vajdning ma’nosi yuksak holatni topqonidur. (So‘fiylikda ishq va
ishtiyoq g‘alabasi natijasida behush bo‘lish, o‘zidan ketish). Ba’zi so‘fiylar andog‘
holatni topurki, ul holat ilgari yo‘q edi va ul holat haqiqatida so‘z juda ko‘pdir.
Ammo ikki nav’g‘a iktifo (kifoyalanish) qilindiki, bir nav’ hol, yana bir nav’ -
mukoshafotdur. Ammo birinchi nav’da inson sifati va holati g‘olib bo‘lurki, mast va
mustahraq (otashin) qilur. Bas, ul sifat gohi shavq va gohi xavf va gohi otashi
ishq bo‘lur va gohi talab va gohi anduh bo‘lur va gohi hasrat, ala hazal-qiyos (va
shular kabi) bo‘lur. Vaqtiki oshiqlik o‘ti dilg‘a g‘olib bo‘lsa, dudi dimog‘ni kuydirur.
Odam atrofidagi hech nimani ko‘rmas va eshitmas. Mastlardek o‘zidan g‘ofil bo‘lur.
Ikkinchi nav’ mukoshafotdurki, olami g‘aybdan biror nima oshkora bo‘lur, ba’zan
maxfiy va ba’zan sarixan (aniq, ravshan) namoyon bo‘lur. Bu jihatdan simo’ning
asari dilni andog‘ sof qilurki, oynaning gard-g‘uborini sayqal birla sof qilg‘onga
o‘xshashdur. Toki olami g‘aybning nozanin suratlari dilda jilvagar bo‘lur.
Bas, bu holni maqom martabasiga yetmagan kishilar bilmaslar va bu holdan
hech bir ibora ta’bir qilolmas. Bilgilki, takalluf (urinish) birla vajdi hol paydo qilmoq
ayni nifoq va mazmumdur. Magarki vajdi hol qiladurg‘on sabablarga takalluf qilmog‘i
joizdur. Toki haqiqiy vajdi hol hosil bo‘lg‘ay. Xabarda kelibdur, vaqtiki Qur’on
eshitsanglar va agar yig‘layolmasanglar, takalluf qilinglar. Ma’nosi ulki, takalluf
(urinish) birla girya (yig‘lamoq) va parishonlikning sababini ko‘nglinglarga keltiringlar,
butakallufningta’siri bordur, ana shu vaqtda haqiqiy yig‘i hosil bo‘ladi.
Uchinchi maqom. Simo’da raqs va harakat qilmoq va kiyim yirtmokdur. Bas, bu
ishlarni behushliq va beixtiyor qilsa muboh va ajri bo‘lg‘ay. Ammo ixtiyor birla o‘zini sohib
hollarga o‘xshatib qilmoqharom va ayni nifokdur. Abul Qosim Nasr Obodiy aytur:
«Takalluf birla simo’ qilmoqdan g‘iybat qilmoq behroqtsur». Abu Umar ibn Majd aytur:
o‘ttiz yil g‘iybat qilg‘on kishining g‘iybati, bir navbat takalluf birla simo’ qilg‘onning
fasodiga yetmas. Hammadin behroquldurki, simo’ni dildan eshitgay, ovoz qilmagay,
zohirida ta’sir qilmaganday bo‘lib, dili vajdga yetsin. Harakat qilmoq va ovoz qilmoq
va yig‘lamoq za’ifliqning nishonidur. Va lekin bu toqat va quvvat kishida kam bo‘lur.
Hazrati rasul alayhissalomning huzurlarig‘a guruhe kelib Qur’on o‘qidilar. Qur’onni
eshitib, yig‘lab parishonliq qildilar. Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu
aytdilarkim:
«Kunno kama kuntum summa qasat qulubuno». Ya’ni, biz avval sizlarg‘a o‘xshash edik, endi ko‘nglimiz qattiq, ya’ni biz sizlardek
vajdu hol bo‘lur edik. Endi Qur’onni to‘la eshitmak birla ko‘nglimizg‘a quvvat hosil