www.ziyouz.com кутубхонаси
198
qilmag‘ay. Yo so‘fiylar xizmatida bo‘lg‘ay.
Bas, so‘fiyliq noni bu uch toifadan o‘zgaga halol emasdur. Bu qavmning yomonrog‘i
uldurki, so‘fiylarning so‘zidan birmuncha so‘z yod olurlar, naql va hikoya qilmoq birla
o‘zlarini hamma ilmdan bahramand bilurlar. Bu ishlarining shumlig‘i shu darajaga yeturki,
ulamolarg‘a haqorat nazari birla qararlar va balki shariatni ham haqir va muxtasar
ko‘rurlar. Ayturlarki, shariat zaiflar uchundir. Kishi rohi sulukda (tariqatda) kuchli bo‘lsa,
anga hech nima ziyon qilmas. Balki ul kishining dini ulug‘ tog‘ misllik mahkamdurki, hech
nimarsa birla iflos va oluda bo‘lmas.
FASL Zohiriy safar odobi bayonida Zohiriy safarning odoblari sakkiztadur. Avvalgi odob ulki, safar qilguvchi qarzdor
bo‘lsa, qarzini ado qilgay. Birovning omonati bo‘lsa, egasiga topshirgay. Ahli ayolining
(oila, bola chaqalarining) nafaqasini tamom bergay va haloldan zodi roh (yo‘l ozig‘i)
hosil qilg‘ayki. safarda hamroqlariga taom bermak va yaxshi so‘z birla ko‘nglini xush
qilmoq makorimi axloqdandur (ya’ni, go‘zal xislatdur).
Ikkinchi odob ulki, rafiqi shoyista (yaxshi do‘st) topg‘ay. Avval rafiq, summa
tariq (ya’ni, avval o‘rtoq, keyin yo‘l). Hazrati rasuli akram s.a.v. tanho safar qilmoqni
man’ etibdurlar. Safarga eng kami uch kishi bo‘lg‘ay, toki namozni jamoat birla
o‘qigaylar.
Hazrati rasul a.s. aytibdurlar: «Safarga chiqayotganda bir kishini safar amiri
qilinglar. Safarda bo‘ladigan har turli hodisalarni safar boshlig‘i bilan bamaslahat hal
qilgaysizlar. Andog‘ kishini amir qilinglarki, hamma tomonlama xushxulq bo‘lsun. Ul
kishi ilgari ham safar qilg‘on bo‘lsun».
Uchinchi odob ulki, (ko‘pchilik) yoru do‘stlari birla vidolashg‘ay (xayrlashgay.)
Hazrati rasul a.s.ning duolarini o‘qig‘ayki, duolari bu turur: «Astavdiulloha diynaka va
omonatuka va xavotima amalika», ya’ni «Seni va diningni olloh taologa omonat
topshirdim, amali oxir, ya’ni iymoningni ham». Rasulalloh safarga borsalar, birov
bilan ko‘rishsalar, bu duoni o‘qir edilar: «Zavvadaka alloxu at-taqvo va a’fa zanbika va
vajjahal-xayra haysu mo tavajjahta», ya’ni: «Olloh taolo senga ro‘ziy (nasib) qilg‘ay
parhezkorlikni va afu qilg‘ay gunohingni va senga yetkurg‘ay yaxshilikni har yerga
borsang». Bu duoni (safarda yurganda) muqim turganlar uchun o‘qimoq sunnatdur.
Vaqtiki, (do‘stlar, qarindosh-urug‘lar bilan) xayrlashuvda hamma yaqinlarini
xudoyi taolo panohiga topshirgay.
Hazrati Umar roziyallohu anhuning‘ qoshiga bir kishi bir go‘dakni ergashtirib keldi.
Hazrati Umar aytdilar: «Subhrnalloh, bu bolag‘a o‘xshash hech go‘dakni
ko‘rmabdurman». Boyagi kishi aytdi: «Yo amiral-mu’miniyn, bu bolaning
ajoyiblaridan xabar berayki, bir yili men safarga borur bo‘ldim. Onasi bu go‘dakka
homilador edi. Onasi aytdi: «Meni bu holda qo‘yib, safarga borurmisan?» Men aytdim:
«Astavduilloha mofi batniki», ya’ni: «Omonat topshirdim Olloh taologa qorningdagini»
Vaqtiki safardan qaytib keldim. xotunim qazo qilibdur. Aytdilarki «Har kecha xotiningni
go‘ridan bir o‘t ko‘rinadur». Aytdimki: «Namoz o‘qiydurg‘on, ro‘zador xotin edi, nechuk
voqea ekan?-deb go‘rini ochdim. Ko‘rdimki, chirog‘ yoniq. Go‘dak o‘ynab o‘tiradur.
G’oyibdan ovoz eshitdimki: «Bu go‘dakni menga topshirding, agar onasini ham
topshirganingda salomat topar erding».
To‘rtinchi odob ulki, kishi safarga chiqmoqni iroda qilsa, ikki rakaat istihora
namoz o‘qigay va safarga chiqish oldidan yana to‘rt rakaat namoz o‘qig‘ayki, Onas ibn
Molik roziyallohu anhu aytur: «Bir kishi rasul a.s. huzurlariga keldi va aytdikim: «Yo,