Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
197
ko‘rmoq ham ibodatdur, ularning duolari barakotdur. 
Bas, ulamo va buzurglarning foydasi ulki, ularga ergashmoq rag‘bati paydo bo‘lur. 
Bilgilki, ularning diydori ham ibodat va ham tuxmi ibodatdur. Vaqtiki haqoyiq 
(haqiqatlar) va maorif so‘zlardan bayon qilsa, foyda ikki hissa bo‘lur. Goho shuhado 
(shahidlar) va avliyolar mazoratig‘a bormoq ham ravodur. 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: 
«Lo tusaffur-rijolu illo ila salosati masojid». Ya’ni, masjidlarga safar qilsanglar, 
uch masjidg‘a safar qilinglar. Ya’ni, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara va 
Baytul-Muqaddasg‘a. Bu hadis o‘zga masjid va baqi’a - (joy, makon, qabr)lar 
ziyoratig‘a bormoqni man’ etmagay. 
Ikkinchi safar toat va ibodatg‘a xalal beradigan narsalardan qochmoqdur. 
Chunonchi joh va mol va mutasaddi bo‘lmoqki, dunyog‘a mashg‘ul qilib, zikr va 
fikrg‘a mone’ bo‘lsa, bu safar farzdur. Ammo hojatga kifoyat qilgunchalik dunyoliq 
ashg‘oli zarurdurki, «Vaqad najat muxaffifun» ya’ni albatta, najot topdi yuki 
yengilroklar. 
Sufyon Savriy aytur: «Andog‘ vaqt bo‘libdurki, sizlarni tanimaydurg‘on va 
bilmaydurg‘on yerga qochinglar». Sufyon Savriyni ko‘rdilarki, xurjunini yelkasiga 
solib ketib boradur. So‘radilarki, «Na yerga borursiz?» Aytdi, falon sahroda taom 
arzon ermish, anda borurman. Aytdilar: «Sendin bu ish ravomudur?» 
Aytdikim: «Har yerda hayot yengil bo‘lsa, anda bo‘linglarki, din salomat va dil 
oriqroq bo‘lur». Ibrohim Xavvos hech safardan qaytib uyida qirq kundan ziyoda 
turmagandur. 
Uchinchi safar tijorat safaridurki, dunyo talabida safar qilmoq mubog‘dur (ruxsat 
etilgan). Agar o‘zini va ahli ayolini odamlardan behojat qilmoq talabida safar qilsalar, 
toat jumlasidandur. Agar ziyoda dunyo topmoq va anga faho-nozish qilmoq niyatida 
safar qilsa, shayton yo‘lida yurgan bo‘lur. 
Bas, aksar xaloyiq umri azizlarini dunyo jam qilmoq orzusida, safar ranjida zoye’ 
qilurlar. Oxiri yo g‘urbatda o‘lar, molini g‘oratgarlar (talonchilar) olur va yo o‘z 
diyorida o‘lsa ham molini vorislari olib, havoyi nafsig‘a xarj qilurlar va ani aslo 
yod qilmaslar va hech bir vasiyatini bajo kelturmaslar. Mundin ziyoda 
ziyonkorlikbo‘lmaski, hamma ranjni bu kishi tortgay, rohatini esa o‘zgalar ko‘rgay. 
To‘rtinchi safar tamosho va tafarruj (sayr-tamosho, ko‘ngil ochish) safaridur. Bu 
niyat birla goh-goh va kam-kam safar qilmoq mubohdur. Ammo kishi shaharma-
shahar yurmak odati bo‘lsa, bu safarda ajoyib shaharlarni va g‘aroyib odamlarni 
ko‘rmakdan o‘zga niyati bo‘lmasa, ulamolar bu nav’ safarda ixtilof qilibdurlar. 
Ba’zilar aytibdurlarki, bu safar befoyda ranj va mashaqqat tortmokdan o‘zga natija 
bermas. Bas, mening nazdimda tamosho uchun safar qilmoq mumkindir (harom 
emas) Hirqapo‘shlardan ba’zilari shahardan shaharga va xonaqog‘a yurmakni odat 
qilibdur. Qasdlari piri murshid topmoq va ani xizmatida bo‘lmoqda emas va 
maqsadlari tamosho qilmoqdurki, bir yerda turib toat qilmoqg‘a toqatlari yo‘qdur, botin 
yo‘lidan nasiba topmabdurlar. Qaysi xonaqoda ne’matlari ko‘p bo‘lsa, anda bo‘lib, tugasa, 
yana bir boshqa xonaqoga borurlar. Bahonalari-avliyolar mazoratlarini ziyorat qilmoqdur. Bu 
nav’ safar agarda harom bo‘lmasa ham makruhdur. (Ibn Battuta safarlari ilm va riyozat 
uchun edi. - M.M.) 
Ammo nodon va johil bo‘lib, o‘zini so‘fiylar suratida tutib, bu tariqa birla amal 
qilsa fosiq va osiydur. Nazr va niyoz deb Oltan moli haromdur. Bas, har kishi 
muraqqa’ (darvishlar kiyadigan quroq to‘n) kiyib, besh vaqt namoz o‘tagan birla so‘fiy 
bo‘lolmas. Balki so‘fiy uldurki, hamisha safoyi botin (qalbni poklash) talabida bo‘lgay va 
yo safoyi botin hosil qilg‘on bo‘lg‘ay va yo sa’y-harakatda bo‘lg‘ayki, bezarurat taqsir 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin