Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
193
sababdan hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yomon do‘stlar badfe’l 
temirchiga o‘xshashdurki, agarchi kiyimingni kuydirmasa ham, qora qilur. Yaxshi 
hamnishin (yaxshi ulfatlar, odobli do‘stlar) go‘yoki attorg‘a o‘xshashdurki, agarchi ifor 
bermasa ham, xushbo‘yluq yetar». 
Xabarda kelibdur: «Kimning suhbati ko‘ngilni dunyodan sovutib, Haq taolo tarafig‘a 
moyil qilsa, ul kishining suhbatini g‘animat tutg‘il va ul kishining suhbatikim ko‘ngilni 
dunyog‘a moyil qilib, Haq taolodan g‘ofil qilsa, undan hazar qilmoq kerak». Alalxusus, 
olimki, aytur so‘zi va qilur ishi muvofiq bo‘lmasa, undan qazar qilmoq yaxshidur. 
Odamlarni gunoq qilmoqva harom yemakg‘a daler (dadil) qilur. Balki gunohga daler 
qilg‘uvchi ul kishiki, olimliq birla shuhrat topg‘ay va lekin haqiqatdan hech xabari 
bo‘lmagay. 
Uchinchi foyda ulki, hech bir shaqar fitna va xusumatdan xoli bo‘lmas. Kishi 
go‘shanishin bo‘lsa fitna va xusumatdan xoli bo‘lur. Abdullox ibn Mas’ud roziyalloxu anhu 
Hazrati Rasul alayhissalomdan rivoyat qilur: «Musulmonlarga andog‘ zamona kelurkim, 
dini islomlarini salomat saklayolmaslar, Magarki, sherdan qochg‘on tulki kabi, odamlar 
yerdan yerg‘a, dala-dashtlarga qochib, dinlarini salomat saklarlar». Sahobalar arz 
qildilarki, «Yo rasulalloh, ul zamona qaysi vaqtda bo‘lur?» Aytdilar, «Ul vaqtda 
bo‘lurki, ma’ishatni (kundalik ro‘zg‘or tebratishni) ma’siyatsiz (gunohsiz) qo‘lg‘a kelturgali 
bo‘lmas. Bas, bu vaqtlarda xotin olmagan yaxshirokdur». Sahobalar aytdilarki, «Bizlarni nima 
uchun xotin olmoqg‘a farmon qilursiz?» Onhazrat alayhissalom aytdilarki, «Ul vakxda 
eranlarning halok bo‘lmog‘i ota-onasi va axli ayoli qo‘lida bo‘lur». 
Aytdilarky, «Rasulalloh, bu nechuk voqeadur?» Onhazrat alayhissalom aytdilar: 
«Tangdastlik va kambag‘allikka malomat qilurlar va toat qilmoqg‘a yetgulik ozgina 
ovqatga ko‘nmaslar. Nochor ul kishi o‘zini halokatg‘a tashlar». 
Bu hadis agarchi g‘arib hadis borasidandur va lekin go‘shanishinlikni ma’qullashga 
ochiq-oydin dalolat qilur. Bilgilki, Rasul alayhissalom va’da bergan zamonadan necha 
muddat o‘tubdurki, Sufyoni Savriy o‘z zamonlarida aytibdurlar. «Vallohi la qad hallatil 
g‘urubat, ya’ni: Qasam Xudogaki, xotin olmaslik bu vaqtda halol bo‘ldi». 
To‘rtinchi foyda ulki, xalqning sharridan (yomonligidan) emin bo‘lur va xalq orasida bo‘lsa, 
g‘iybat va badgumonlikdan va shubhali taomdan xoli bo‘lmas. Kambag‘allardan biri hamisha 
go‘ristonda yolg‘iz bo‘lur edi. So‘radilarki, nima uchun mundog‘ qilursan? Aytdiki, salomat 
bo‘lmoqg‘a tanholikdan bo‘lak chora topmadim. Go‘rdan xo‘broq va’ize (nasihatchi) 
topmadim va kitobdan yaxshiroq munis (do‘st) topmadim. 
Beshinchi foyda ulki, odamlarning tama’sidan va ham odamlar buning ta’masidan xoli 
bo‘lurlar. Bas, ta’madin nechand ranj va ma’siyat paydo bo‘lur. Chunonchi kishi axli dunyoni 
ko‘rsa, bunda ham boylik-dunyo hirsi paydo bo‘larki, tama’ hirsning tobe’idur. Xorlik esa 
ta’madan paydo bo‘lg‘usidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimning dunyoliqlari ziyoda 
bo‘lsa, aning birla hamsuhbat bo‘lmanglar, Xudo taoloni sizlarga bergan ne’mati 
ko‘zinglarga oz va haqir ko‘rinur. Bu sababdan kufroni ne’mat qilg‘on bo‘lursizlar va agar 
ulardek dunyo-boylik topmoqning sa’yida bo‘lsanglar, oxiratlikdan mahrum qolursizlar». 
Oltinchi foyda ulki, ahmoq va johillarni ko‘rmakdan, tabiatingizga og‘irlik va malollik 
yetadurg‘on toifalarning diydoridan xalos bo‘lursizlar. A’mash roziyallohu anhudan 
so‘radilar, «Ko‘zing nima sababdan kasal bo‘ldi?» U: «Ahmoklarga qaragandan bu 
kasalga giriftor bo‘ldim» deb javob berdi. Jolinus aytur: «Badan kasal bo‘lg‘ong‘a o‘xshash, 
jon ham kasal bo‘lur. Jonning kasal bo‘lgani ahmoqparni ko‘p ko‘rishdandur (Ahmoklar 
doimo asabni buzadi). 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin