www.ziyouz.com кутубхонаси
188
azza va jalla anga rahmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Bilgilki, qo‘shnilar haqqidan ba’zisi buki,
(devordan) ani uyig‘a qaramag‘il va ayb bo‘lg‘udek ishlarini yopg‘il va sening
eshitishingni xoxdamagan so‘zlariga quloq solmagil. Haramidan ko‘zingni yumg‘il va
kanizaklarig‘a nazar solmag‘il. Ushbudur musulmonchilik huquqi, rioya qilg‘aysen.
Abu Zarr G’iforiy roziyallohu anhu aytur: «Menga rasul alayhissalom vasiyat qildilarki,
har vaqtiki osh pishirur bo‘lsang, suvni ko‘proq solsinki, toki qo‘shnilarga ham
bergaysan».
FASL Qarindosh-urug‘lar, aqrabo (yaqinlar)ning haqlari Bilgilki, hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolo aytadur: Men
rahmondurman. qarindoshlik rahimdur. Ular ismini o‘zimning ismimdan chiqarg‘ondurman.
Kishi qarindosh-urug‘lariga yaqin bo‘lsa, men ham unga yaqindurman. Kishi o‘z
qarindosh-urug‘laridan yiroq bo‘lsa, men ham undan yiroq bo‘lurman».
Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Har kishi xohlasaki, umri uzun, hayoti farahli
bo‘lsin desa, qarindoshlarig‘a yaxshiliq qilg‘ay. Va hech toat siylai rahim qilg‘on
savobidan ziyoda emasdur. Agarchi ahli bayti fisqu-fujurga mashg‘ul bo‘lsa qam, anga
siylai rahim qilsa, farzandi va davlati ziyoda, barakotli bo‘lur va hech sadaqa
savobda qarindosh-urug‘lariga siylai rahim qilg‘ondan ziyoda emasdur». Bilgilki,
siylai rahim uldurki, ular sendan yiroq bo‘lsalar, sen ularg‘a yaqiplik va yaxshilik
qilg‘il. Agar seni mahrum tutsa (hech iltifot qilmasa), s e n ularga ato qilgil (mol-
dunyoyingdan ber). Agar ular senga zulm qilsalar, sen ularni maof (afv) qilg‘il.
FASL Ota va onaning huquqlari bayonida Bilgilki, ota va onaning huquqini ado qilmoq ulug‘ toat-ibodatdur. Rasul
alayhissalom aytibdurlar: «Jannatni xushbo‘ylig‘i besh yuz yillik yerga borur. Ammo
ota, onasig‘a ozor berguvchilar, qat’i rahim qilg‘uvchilar (ota-onasidan yuz
o‘giruvchilar) hattoki jannatning hididan xam bebahra qolurlar. Alloh taolo hazrati
Muso alayhissalomga vaxiy yubordi: «Kishi ota-onasining farmonini tutsa va mani
farmonimni tutmasa, ani itoat qiluvchilar xatig‘a biturman. Kishi mani farmonimni
tutsa va ota-onasining farmonini tutmasa, ani nofarmonlar (osiylar) xatig‘a
biturman».
Bir kimsa hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Otam, onam vafot qildilar, qaysi
amalni qilsam, ularning haqqi ado bo‘lg‘ay?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar:
«Ular uchun
.. namoz o‘qib, gunohlarining kechirilishini tilagil. Vasiyatlarini bajo kelturg‘il
va do‘stlarini aziz tutg‘il va qarindosh-urug‘lariga yaxshiliq qilg‘il». Onaning haqqi
otaning, haqqidin ikki barobar ziyodadur.